31-chizma. Ishlab chiqaruvchilar subsidiya berilishining
Iqtisodiy oqibatlari
aynan kaysi tarmokni xalqaro raqobatdan ximoya qilishni bilish qiyin bo`ladi. Subsidiyalarni joriy qilgandan so`ng ularni bekor qilish qiyin bo`ladi, raqobat muxiti yo`qoladi xamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi kuchayib boraveradi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartibga solish, bandlik darajasini oshirish va yalpi talabni qondirish maqsadida fiskal va pul-kredit siyosatlari qo`llaniladi. Ushbu siyosatlarni qo`llashdan asosiy maqsad mamlakat ishlab chiqarishini xalqaro raqobatdan ximoya qilish, ishsizlik darajasini eng past xolatga keltirish va xalq farovonligini oshirishdan iborat.
Importni kvotalar orqali tartibga solish. Litsenziyalarni taqsimlash uslublari
Jaxon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga ko`ra, iqtisodiy, ma`muriy, me`yoriy - xuquqiy ko`rinishga ega bo`lishi mumkin.
Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani xisoblanadi.
Litsenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma`lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga maxsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti xamda moliya operatsiyalarini o`tkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. O`zbekistonda litsenziyalar faqat davlat ro`yxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan.
Maxsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq tartibga solish, ba`zi xollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi iqtisodiy taqchillik o`sishining to`xtash xamda savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi.
Umuman, import maxsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar yordamida joylashtiriladi.
1. Ochiq auktsion – davlat litsenziyalarni yuqori baxolarni taklif qilgan ishlab chiqaruvchilarga berishi.
2. Afzal ko`rish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chiqarish xajmi jixatdan yirik bo`lgan firma va kompaniyalarga xech qanday shart va talablarsiz beradi.
3. Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va resurslarga ega bo`lgan firma va kompaniyalarga beradi.
Maxsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va imortiga litsenziyalar berish xuquqiga O`zbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv tashkilotlari ega: Vazirlar Maxkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sogliqni saqlash, Xalq ta`limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank.
Moliya operatsiyalarini o`tkazishga litsenziyalar asosan Respublika Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan o`z va xorijiy banklarga, moliya muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va uning tashkarisida chet el valyutasi bilan opreatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy moliya-kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko`rsatish xuquqini beradi.
Litsenziyalash bilan bir qatorda jaxon amaliyotida maxsulotlarni, shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng qo`llaniladi.
Bu usulning moxiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot aloxida maxsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruxi bo`yicha ma`lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to`lov balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda o`zaro kelishuvga erishish uchun qo`llaniladi. O`zbekistonda kvotalash xalq iste`moli mollarini va strategik xom ashyoning muxim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qo`llanilmoqda.
Kvotalash faqat maxsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini tartibga solishda xam qo`llaniladi. Ko`pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mexnat bozorini ximoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o`rnatadi.
Xozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan ko`prok qo`llanilishiga ikkita sabab bor:
1. Tarif stavkalari xalkaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim xollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan ximoya kilish maqsadida kvotalarga e`tiborni qaratishga majbur bo`ladi.
2. Ximoyaga muxtoj tarmoqlar xam importga kvotalar joriy qilishni qo`llaydi. Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonroqdir.
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko`proq mos keladi. Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko`riladigan farovonlikdagi yo`qotishlar ikki xolatda katta bo`ladi. Birinchidan, kvotalar maxsulotlar import qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol xukumronligi darajasini oshirsa. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtirilsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |