4.O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdo siyosati takomillashtirish bo’yicha istiqboldagi rejalar
2017–2021 yillar davomida O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha «Harakatlar strategiyasi» doirasida mamlakatimizda izchil amalga oshirilgan islohotlar o'z samarasini ko'rsatib, erishilgan natijalar «Yangi O'zbekistonning 2022–2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi»ga mustahkam poydevor bo'ldi. Qolaversa, amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatdagi ijobiy o'zgarishlar O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini ham ortishiga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston va YeOII: Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari
O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlik qilishining sezilarli faollashishi, jumladan, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi maqomini olishi har tomonlama mamlakatimizning milliy manfaatlariga javob beradi hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ustuvor va dolzarb vazifalarni amalga oshirishda xizmat qiladi.
29 dekabr mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yilning eng muhim tadbiri - Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbarining ichki va tashqi siyosatimizning dolzarb masalalari yuzasidan bildirgan fikrlari, taklif va tashabbuslari siyosiy doira vakillari va keng jamoatchilik tomonidan yuksak baholanmoqda.
Murojaatnomada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan muhim islohotlar, erishilayotgan natijalar va oldimizda turgan ustuvor vazifalar chuqur tahlil etildi.
Xususan, mamlakatimizning tashqi siyosatini rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash masalalariga ham urg‘u berildi. Prezidentimiz bu haqda to‘xtalar ekan, jumladan, O‘zbekiston yaqinda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olgani, ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me’yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini aytib o‘tdi.
Aytish kerakki, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish va iqtisodiy modernizatsiyani jadallashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekiston fuqarolari manfaatlari va huquqlarini har tomonlama himoya qilish, xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimida mamlakatimizning o‘rni va rolini hamda jahon hamjamiyatidagi obro‘sini mustahkamlash maqsadida faol ishlar olib borildi.
Xususan, O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi tashkilotiga raislik qildi hamda belgilangan reja va maqsadlarni muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga a’zo bo‘ldi. Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati doirasida O‘zbekistonning ishtiroki sezilarli ravishda faollashdi. Pandemiyaga qaramasdan yaqin va uzoq xorijdagi barcha mamlakatlar hamda tashkilotlar bilan sheriklik aloqalari yanada mustahkamlandi.
Shu bilan birga, yakunlanayotgan yilning muhim voqealardan biri – 11 dekabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashida, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo-mamlakat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilingani bo‘ldi.
Qayd etib o‘tish lozimki, YeOII tomonidan O‘zbekistonga ushbu tashkilot huzurida kuzatuvchi davlat maqomining berilishi, bu shubhasiz so‘nggi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati oshayotganligi, mamlakatimiz tashqi savdo-investitsion munosabatlarda faol ishtirokchiga aylanib, mintaqada muhim rol o‘ynab kelayotganligini yaqqol namoyon qildi. Bundan tashqari, kuzatuvchi davlat maqomining berilishi – tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan O‘zbekistonga ishonchli va mas’uliyatli hamkor sifatida qaralishidan dalolatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev YeOII sammitidagi nutqida ta’kidlaganidek, bugungi kunga kelib Ittifoqning xalqaro nufuzi tobora ortib, tashkilotning xorijiy mamlakatlar bilan amaliy hamkorlik geografiyasi kengayib bormoqda. Shu o‘rinda o‘tgan sammitda O‘zbekiston bilan bir qatorda Kuba davlatiga ham tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berilganligi YeOII rivojlanib borayotgan salohiyatli va keng qamrovli iqtisodiy hamkorlikni izchillik bilan olib borayotgan tashkilot ekanligi namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlik qilishining sezilarli faollashishi, jumladan, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi maqomini olishi har tomonlama mamlakatimizning milliy manfaatlariga javob beradi hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ustuvor va dolzarb vazifalarni amalga oshirishda xizmat qiladi. Buni qo‘yidagi omillar orqali ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |