3.§. O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhit va shart-sharoitlar
O‘zbekistonda xorijiy investorlar va investitsiyalarga teng huquqli shart-sharoitlar yaratilgan. Ularning doimiy ravishda to‘lik xavfsizligi himoya qilinmoqda. Xorijiy investitsiyalar uchun huquqiy rejim O‘zbekiston yuridik va jismoniy shaxslari amalga oshirilayotgan investitsiyalar huquqiy rejimnikidan kam bo‘lmasligi kerak. Ular asosiylaridan biri shuki, huquqiy rejim xorijiy investorlarni mamlakat qonunchiligida o‘zgarishlar ro‘y berganda ham zarar ko‘rmasligini kafolatlaydi va huquqini himoya qiladi. Buning ma’nosi shuki, qonunchilik aktlari o‘zgargan taqdirda ham xorijiy investorlarning manfaatlariga zarar yetishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Investitsiya amalga kirgan momentdan boshlab, shartlarga 10 yil davomida o‘sha vaqtdagi qonun saqlanib qoladi. Xorijiy investor agar yangi qonun uning shartlarini bajarilishiga monelik qilmasa, sarmoyasini ko‘payishiga yordam bersa uni qo‘llanish huquqiga ega.
Xorijiy investorlar uchun qulay rejim qonunlarda va me’yoriy-huquqiy hujjatlar tartibida mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekistonda investitsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun taraqqiy etgan institututsional infratuzilma yaratilgan. Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar Deportamenti, O‘zbekiston Prizidenti islohatlar va investitsiyalar bo‘yicha Mahkamalararo kengash uning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 maydagi 205-son «To‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi quyidagi huquqlar berilgan:
jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarni asoslangani va xorijiy investitsiyalar bilan korxonalarni zarur xo‘jjatlar orqali nechog‘lik ma’suliyat bilan tan olishganligini o‘rganish, jumladan, jinoiy materiallar, xo‘jalik, ma’muriy va fuqarolik ishlari;
aniqlangan qonunchilik buzilishlari buzilish sabablari va ularni keltirib chiqargan sharoitni bartaraf etish yuzasidan vazirliklar rahbarlariga, muassasa va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mahalliy hokimiyat organlari va boshqaruvlariga belgilangan muddatda albatta bajarish sharti bilan taqdim etadi;
xorijiy investorlarning qonuniy manfaatlari va huquqlari buzilishi faktlari aniqlanganda tegishli organlar oldiga aybdor mansabdor shaxslar javobgarlika tortish shuningdek adliya organlari qonuniy talablarini bajarmagan mansabdor shaxslar masalasini qo‘ydi;
xorijiy investitsiyali korxonalar va xorijiy investorlar huquqlarini buzgan mahalliy hokimiyat organlari va boshqaruvlari, nazorat organlari qarorlari, harakatlarini to‘xtatish;
xorijiy investitsiyali korxonalar va xorijiy investorlar qonuniy manfaatlari va huquqlari buzilgan hollarda davlat poshlinasi to‘lamasdan jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik va ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarga taklif bilan murojat qilish;
xorijiy investitsiyali korxonalar va xorijiy investorlar qonuniy manfaatlari va huquqlari buzilganligi haqida murojaat qilinganda tekshiruvga tegishli mutaxassislarni jalb etish;
Shu bilan birga Adliya vazirligi tarkibida xorijiy investitsiyali korxonalar va xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Boshqarma tashkil qilindi.
Xorijiy investorlar bilan yaqin aloqada bo‘lish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistonda ixtisoslashgan tashkilotlar tarmog‘i ishlab turibdi: Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, «O‘zbekinvest» eksport–import milliy sug‘urta kompaniyasi shtabi Londonda bo‘lgan siyosiy tavakalchilikni sug‘urta qilish bo‘yicha «O‘zbekinvest Interneshnl» qo‘shma kompaniyasi kabilar ishlab turibdi, yirik ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish uchun lizing kompaniyasi tuzilgan. Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YEBRR), «Maloy Benk Berkard» (Malayziya) va O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki uning ta’sischilaridan.
Do'stlaringiz bilan baham: |