investitsiyalarning roli
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha turdagi resurslar mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun faoliyat sohasini tanlashiga imkoniyatlar eshigini ochadi. Mustaqillik yillarida jalb qilingan investitsiyalar hajmi 14 mlrd. dollardan ortiq bo‘lsada, O‘zbekiston bozorlarining investitsion sig‘imida bir necha marta ko‘p sur’atlar qo‘lga kiritildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda xorijiy investitsiyalar bilan birga korxonalarning faoliyati sohalari tuzilishi ham o‘zgarmoqda. Hozirgi vaqtda 80% qo‘shma korxonalar ishlab chiqarish sohasida band. Bunda qo‘shma faoliyat bo‘yicha xorijiy hamkorlik bo‘lib, «Bursel» (Turkiya), «Marubenti» (Yaponiya), BRI (AQSH), «Goldteks», «Vimateks», «Djaminolla» (Italiya, to‘qimachilik va ipakchilik sanoati), «Knauf» (Germaniya), «Semar Interneshnl» (Italiya, qurilish materiallari), «Bi Es Ay Industriz Ink», «ABB Lummus global», «Beyker xyuz» (AQSH), «Lukoyl», «Gazprom», «Nuritex» «Dimm Bill Donn» (Rossiya), «Safregaz» (uglevodorod qazib olish va razvedka, Fransiya), «Nyumond Mayning» (AQSH), «Okus» (Buyuk Britaniya), «Multipleks» (Avstraliya), «Beytman» (Isroil, oltinkon qidiruv), «Lyuftganza» (Germaniya havo kemalari ta’miri), «Nestle» (Shveysariya), «Manzini» (Italiya, oziq-ovqat sanoati), «Keys Nyu Xolland» (AQSH, mashinasozlik) va boshqa kompaniyalar hisoblanadi.
2003 yilda investitsiya doirasida 2 mlrd. dollar hajmida loyihalar amalga oshirildi, ularning 80 % to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va loyihalarni shartli moliyalashtirishga jalb etilgan mablag‘larga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda ko‘p ukladli iqtisodiyot yaratilishi ko‘p jihatdan davlat mulkini bosqichma-bosqich xususiylashtirishga imkon berdi. Natijada keyingi 10 yillar ichida 130 ming davlat korxonalari mulkchilik shakllarini o‘zgartirdilar. Mulkda davlat monopoliyasiga barham berish «Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish to‘g‘risida» gi qonunda o‘z aksini topdi. Nodavlat korxonalarini keyingi shakllantirish masalalari «Xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida» gi qonunda belgilab qo‘yildi.
Keyingi yillarda respublika iqtisodiyotning strategik muhim sohalarida yirik loyihalar amalga oshirildi. «Sho‘rtan» gazkondensati konida kompressor stansiyasi qurildi. «Shimoliy O‘rtabuloq» konida yangi quvvat ishga tushirildi. Farg‘onada «Azot» kimyo zavodida yangi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. «Murintov» karerida tog‘ ishlarini tezlashtirish loyihasi, ko‘mir sanoatini texnik qurollantirish birinchi bosqichi, Samarqandda, «Prezident Otel» qurilish nihoyasiga yetkazildi. Toshkentda 4 ta mehmonxona kompleks rekonstruksiya qilinib, ishga tushirildi. «O‘zDEU avto» zavodida yangi modeldagi avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Qo‘qon superfosfat zavodi rekonstruksiyasi to‘gallandi. «Surxontekstil» qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Tayyor ipak buyumlar va ipak ip ishlab chiqarish bo‘yicha «Velaysilk» ko‘shma korxonasi, «Ishonch» AJ qayta texnik jihozlandi. «Besteks», «Baliqchi» va «Oyim Tekstil» qo‘shma korxonalarida paxtadan gazlama va ip yigirish ishlab chiqarish yangi quvvatlari ishga tushirildi. 2005 yilda lokalizatsiya dasturi doirasida 158 ta loyiha amalga oshirildi, 145 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish lokalizatsiyalashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |