2. Darslik. Maktab darsligi va unga qo’yiladigan talablar. Darslik- o’quv fani dasturiga mos bilimlarning mustaxkam bayoniga ega bo’lgan va rasman tasdiqlangan o’quv kitobi. Darsliklar o’quvchilarning bilim va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi.
O’qitishning maqsadi va vazifalariga, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga, tayyorgarlik darajasiga qarab darslik xajmi va bilimlar sistemasi belgilanadi.
Maktab darsligiga qo’yilgan asosiy talablar.
1. maktab darsligi ilmiy bo’lishi, ya’ni fanning rivojlanishini, so’nga yutuklarini o’zida ifoda etmoгi;
2. u o’quvchilar uchun tushunarli, ya’ni ularning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bo’lishi;
3. darslik o’quvchi uchun qiziqarli bo’lishi, unda har bir mavzuga mos rangli rasmlar, sxemalar, jadvallar, qo’shimcha qiziqarli ma’lumotlar, topshiriqlar, savollar o’rin olmoгi;
4. darslik o’quvchilarning mustaqil bilim olishiga, ijodiy rivojlanishiga, mantiqiy tafakkurini o’stirishga qaratilgan bo’lishi;
5. darslik milliy istiqlol mafkurasini o’quvchilar ongiga singdirish uchun yo’naltirilgan bo’lishi;
6. darslik mahalliy sharoitda keng tarqalgan o’simliklar, hayvonlar, odamlarning tashqi va ichki tuzilishi, hayot faoliyati yoritishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |