1. Tarbiyaning milliy va umuminsoniy qadryatlar qamrovida bo’lishi



Download 67,51 Kb.
bet4/9
Sana11.02.2022
Hajmi67,51 Kb.
#442976
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Inshoni yozishga tayyorlash. Og’zaki yoki yozma inshoning turi va vazifasiga qarab unga tayyorgarlik ko’riladi. Inshoga tayyorgarlikni o’qituvchi boshqaradi, bunga o’quvchilarni ishtirok ettiradi,ularning o’ta faolligi va mustaqilligiga erishadi. Tayyorlik deganda, birinchi dan, o’quvchilarda nimanidir tasvirlashga, hikoya qilishga talab uyg’otadigan vaziyat yaratish; ikkinchidan, insho uchun yetarli bo’lgan zarur material yig’ish; uchinchidan, mavzuga oid, uni yoritishga mos bo’lgan til vositalarini tanlash tushuniladi. Inshoga tayyorlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi. Og’zaki yoki yozma insho ustida ishlash uch bosqichga bo’linadi: 
1) material yig‟ish, ya‟ni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni ko’rib chiqish, kinofilm, spektaklni ko‟rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o’qish; 
2) mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish, 
joylashtirish, ya‟ni suhbat, muhokama qilish, zarur materialni ajratish, reja tuzish, lug’at ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorlash va hokazo; 
3) inshoni nutqiy shakllantirish, ya‟ni insho matnini tuzish, uni yozish, tako millashtirish, xatolarni to’g’rilash va uni tekshirish. Birinchi va ikkinchi bosqichdagi ishlar, odatda, darsdan tashqari vaqtda bajariladi. Masalan, ekskursiya asosidagi insho uchun material yig’ish uni yozishdan ancha ilgari boshlanadi; tabiat hodisalarini kuzatish bir hafta, hatto undan ko’proq davom etadi; rasmlar esa insho yozishdan oldin ko’riladi. Shunday qilib, insho yozish yoki og‟zaki hikoya qilish darsi ilgari bajarilgan ishlarning yakunidir. Insho darsining umumlashtiruvchilik roli bog’lanishli nutq sohasidagi ko’nikmalarni egallash me’yoriga qarab ortib boradi. Insho darsining qurilishi tayyorlov bosqichining xarakteriga bog’liq. Tayyorlov bosqichida qancha ko’p ishlansa, insho darsida matn ustida shun cha chuqur ishlash imkoniyati yaratiladi. Insho yozishdan oldin yoki og‟zaki hikoyalashda yig’ilgan materiallarni o’quvchilar yodiga tushirish, ularda qizi qish uyg’otish, yozishga yoki hikoya qilishga xohish uyg’otish zarur. Insho yozish uchun 2- sinfda odatda bir dars, zarur bo‟lib qolsa, ikkinchi darsdan 15-20 minut, 3-sinfda bir yoki bir yarim dars, ayrim vaqtlarda ikki darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlili va xatolar ustida ishlash uchun 25 minut vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi, imloviy, punktuastion, nutqiy, logik xatolar va mazmundagi yetishmovchilik lar ustida ishlanadi. Insho yozish darsida quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi: 1) mavzuni, inshoning vazifasini e’lon qilish (yoki yodga tushirish), uni o‟quvchilar bilan muhokama qilish; 2) kuzatish davrida to‟plangan materialni tartibga solish yoki material yig’ish (masalan, rasmga qarab insho yozish uchun rasmni ko’rish) maqsadida suhbat o’tkazish;
3) reja tuzish yoki avval tuzilgan rejaga aniqlik kiritish; 4) matnni nutqiy tayyorlash, ya‟ni zarur so’zlarni yozish; so’z birikmasi gap yoki bog‟lanishli matnning ayrim qismini tuzish; imlosiqiyin so’zlarning yozilishini tushuntirish va boshqalar; 5) darsning asosiy qismi bo’lgan inshoni yozish; o’quvchilar inshoni yozayotganlarida, o’qituvchi ular ishini kuzatadi, ayrim oquvchilarga (boshqalarga xalaqit bermay, ular e’tiborini chalg’itmay) individual yordam beradi; 6) o’quvchilar yozgan insholarini tekshiradilar, kamchiliklarini to‟ldirib, xatolarini to‟g‟rilaydilar. Boshlang’ich sinflarda bolalar inshoni oqqa ko’chirmaydi lar, kerakli tuzatishlani ehtiyotlik bilan kiritadilar, bunday tuzatishlar uchun insho bahosi pasaytirilmaydi, aksincha, matnni yaxshi to‟g‟rilagan o‟quvchi rag’batlantiriladi; 7) bolalar inshoni o‟qituvchiga tekshirish uchun topshiradilar; o‟qituvchi ikki kun ichida tekshiradi.
Keyingi ona tili darsining ikkinchi qismidan 15-25 minut vaqt ajratib, tekshirilgan insholar yuzasidan yakuniy mashg‟ulot o‟tkaziladi (insho tahlil qilinib, xatolar ustida ishlanadi). 
O´qituvchi har bir insho turi uchun o‟quv vazifasini belgilab oladi.Masalan, rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidagi vazifalar belgilab olinadi:
1. O´quvchilarni inshoning yangi turi bo‟lgan rasmlar seriyasi asosidagi insho bilan tanishtirish. 
2. Rasmli reja asosida matn rejasini tuzish. 
3. Reja qismlariga mos ravishda matnni abzastlarga bo‟lish va har birini xat boshi dan yozish. 
4. Insho matnini mustaqil tekshirish va takomillashtirish. 
O´quvchilarning mustaqillik darajasi o‟sib borgani sayin, inshoga talab ham ortaboradi. Boshlang‟ich sinflarda tabiat tasviri bilan bog‟liq insholarni tashkil etish usullari. 
Insho ijodiy ish bo‟lib, u o‟quvchilardan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o‟ylash, mantiqiy bog‟lanishni belgilash, so‟z, so‟z birikmasini tanlash, mantiqiy bog‟lanishni gap tuzish va uni o‟zaro bog‟lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o‟quvchidan aqliy kuchini to‟la ishga solish bilan birga, o‟z ma‟naviy faoliyatini boshqarish ko‟nikmasini ham talab etadi. 
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo‟lib, maktabda alohida o‟rin tutadi; barcha nutqqa oid mashqlar ma‟lum mazmunda inshoga buysunadi. 
Insho 1-sinfda kichik og‟zaki axborot va ehtirosli hikoyadan boshlanib, o‟z fikrini ifodalashga, o‟quvchi shaxsining tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta‟lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‟lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi. Insho o‟quv chi shaxsini shakllantirishda foydali vosita bo‟lib, his-hayajon uyg‟otadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko‟rgan-kechirganlari va o‟zlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o‟rtasidagi sabab-natija bog‟lanishni topishga, ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishgfa orgatadi. 
Insho fikrini tartibga soladi, o‟quvchilarda o‟ziga, o‟z kuchi va imkoniyatiga ishonch to‟g‟diradi. 
“Insho” asli arabcha so‟z bo‟lib, ma‟nosi “yaratish”, “bino qilish”, “baholash” demakdir. Bu so‟zning ma‟nosi hozirda ancha torayib, asosa, o‟quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma‟nosida qo‟llaniladi. 
Inshoga tayyorgarlikni o‟qituvchi boshqaradi, bunga o‟quvchilarni ishtirok ettiradi, ularning o‟ta faolligi va mustaqilligiga erishadi. Tayyorgarlik deganda, birinchidan, o‟quvchilarda nimadir tasvirlashga, hikoya qilishga talab uyg‟otadigan vaziyat yaratish; ikinchidan, insho uchun yetarli bo‟lgan zarur material yig‟ish; uchunchidan, mavzuga oid, uni yoritishga xos bo‟lgan til vositalarini tanlash tushuniladi. 
Inshoga tayyorgarlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi. 
Insho yozish uchun 2-sinfda odatda bir dars, zarur bo‟lib qolsa, ikkinchi darsdan 15-20 daqiqa, 3-4 sinflarda bir yoki bir yarim dars, ayrim vaqtlarda ikki darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlili va xatolar ustida ishlash uchun 20-25 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi, imloviy, punktuatsion, nutqiy, mantiqiy xatolar va mazmundagi yetishmovchiliklar ustida ishlanadi. 
Insho yozish darsida quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi: 
1) Mavzuni, inshoning vazifasini e‟lon qilish (yoki yodga tushurish) uni o‟quvchilar bilan muhokama qilish; 
2) Kuzatish davrida to‟plangan materialni trtibga solish yoki material yig‟ish (masalan, rasmga qarab insho yozish uchun rasmni ko‟rish) maqsadida suhbat o‟tkazish; 
3) reja tuzish yoki avval tuzilgan rejaga aniqlik kiritish; 
4) Matnni nutqiy tayyorlash, ya‟ni zarur so‟zlarni yozish, so‟z birikmasi, gap yoki bog‟lanishli matnning ayrim qismini tuzish, imlosi qiyin so‟zlarning yozilishini tushuntirish va boshqalar; 
5) O‟quvchilar inshoni o‟qituvchiga tekshirish uchun topshiradilar, o‟qituvchi ikkikun ichida tekshiradi.
Ma‟lumki, turli mavzularda ishlangan mazmunli rasmlar bolalarning narsa va voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash ko‟nikmalarini hosil qiladi va zehnlarini o‟tkirlashga yordam beradi. O‟quvchilar o‟qituvchi rahbarligida rasm mazmunini hikoya qilishga o‟rganadilar. Shuningdek, bu tadbir o‟quvchilar lug‟atini boyitadi, ifodali nutq malakalarini egallashlarida yordam beradi. Rasm asosida og‟zaki insho birinchi sinfda ko‟p o‟tkaziladi. O‟quvchilarga dastlab rasm ko‟rsatilib, umumiy tushunchalari aniqlanadi. Keyin esa rasm mazmuni yuzasidan savollar berib, o‟quvchilar javobi eshitiladi va o‟qituvchi tomonidan to‟ldirilib, qayta hikoya qildiriladi. Rasm asosidagi ishlar ata-sekin murakkablashtirilib, o‟quvchilar rasm asosida mustaqil hikoya tuzishga o‟rgatiladi. Demak rasm asosidagi ishlarning quyidagi turlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir: 
1) Rasm asosida og‟zaki hikoya tuzish; 
2) Oqituvchining savoli asosida og‟zaki hikoya tuzish; 
3) O‟qituvchining savoli asosida jamoa bo‟lib insho tuzish, tuzilgan inshoni avval to‟liq bayon etish, so‟ngra insho matnini doskaga yozib, uni daftarga ko‟chirib olish; 
4) Berilgan so‟zlardan foydalanib, insho yozish. 3-4 sinflarda bu ish turi birmun cha murakkablashadi: 
a) O‟qituvchining savoli asosida mustaqil ravishda ikki-uch gapdan iborat insho yozish; 
b) Berilgan reja asosida mustaqil insho yozish; 
d) O‟qituvchi yordamida jamoa bo‟lib tuzilgan reja asosida insho yozish singari. 
Rasm asosida o‟tkaziladigan suhbat quyidagi tartibda olib boriladi: 
1) Dastlabki suhbat. O’rganilayotgan mavzuning mazmuni va xarakteriga qarab dastlabki suhbat o’quvchilar o‟yini va faoliyatlariga bog’lab tashkil etiladi. Rasmda tasvirlangan narsalar va voqea-hodisalarga o’quvchilar tajribasi taqqoslana di. Aloqador bo‟lgan she‟r va ertaklar yoki hikoya eslatiladi; 
2) Rasmni o‟quvchilar mustaqil ko‟rib chiqishlari. Rasm o‟quvchilarga ko‟rinarli qilib osib quyiladi. Ular mustaqil kuzatib, o‟zaro fikr yuritadilar. O‟quvchilar ko‟proq nimalarga qiziqayotganliklariga qarab savol- javob o‟tkazi ladi; 
3) Rasm mazmunini o‟qituvchi yordamida tahlil qilish. Tahlil qilish uchun o‟quvchilarga beriladigan savollar oldindan belgilab quyilishi lozim. Belgilangan savollar rasmdagi narsalar nomi, nima uchun kerakligi, sodir bo‟layotgan voqea qaysi davrga oidligi singari masalalarni ochishga yordam berishi kerak; 
4) Rasm mazmunini og‟zaki hikoya qilish. Savol-javoblardan keyin o‟quv chilarga rasm mazmuni gapirtiriladi. Unda o‟quvchilarning talaffuz normalariga rioya qilishlariga, gap qurilishiga e‟tibor berishlariga ham ahamiyat beriladi. O‟quvchilar nutqidagi xatolar o‟z o‟rnida izohlab, tuzatib boriladi; 
5) Insho va uni yozish. O‟quvchilarning og‟zaki hikoyalari eshitilib, muhokama qilingandan kryin, uni yozma ifodalash tushuntiriladi. O‟quvchilar insho yozishga kirishganlaridan oldin qo‟llash qiyin bo‟lgan imlosi qiyin va notanish so‟zlar ma‟nosi izohlanadi. So‟ng o‟quvchilar mustaqil yozishga kirishadilar. 
Rasm asosidagi insho maktablarda tez-tez o‟tkaziladi, chunki rasm bolalar nutqiy ijodini, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Rasm bolalar sezgisiga ta‟sir etadi, hayotning bola tajribasida hali uchramagan tomonlarini ochadi. Rasm o‟quvchilarga tanish bo‟lgan hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi.
Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor: 
1) Rasmlar seriyasi yoki rasmli reja asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 
2) Syujetli, o‟quvchini o‟ylashga, faraz qilishga undaydigan bir rasm asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 
3) Rasmni tasvirlash (tasviriy). 
Boshlang‟ich sinflarda insho ta‟limiy xarakterda bo‟ladi, 3-sinfdagina tekshiruv insho o‟tkazish mumkin. Rag‟batlantirish maqsadida ta‟limiy insholar ham baholanadi.
Boshlang‟ich sinflarda rasm asosida insholar yozdirish mening darsimda bo‟ladigan bo‟lsa, birinchi navbatda, mavzuni bola tarbiyasiga va Vatanga muhabbatini uyg‟otadigan mavzulardan tanlsh lozim. Unda o‟quvchilar Vatan haqida bilimlarga ega bo‟lishadi. Bu esa ularda odob-axloqning shakllanishiga zamin 
hozirlaydi. Men bu borada inshoning mavzusini “9-may Xotira va qadrlash kuni” deb tanlab olaman. Bunda o‟quvchilar nega endi 9-may? Nima uchun bunday nomlangan? va yana shu kunga atalgan she‟rlar, rivoyatlar borligi aytib o‟tiladi. Bu esa bola ongiga tarbiyaviy ta‟sir ko‟rsatadi va chuqur mulohaza yurutishiga undaydi. Bu borada “To‟maris”, “Shiroq” afsonalari aytib berilib, ualrdagi Vataniga bo‟lgan muhabbati uchun hech narsadan hattoki o‟limdan qo‟rqmasligi aytib o‟tiladi. To‟marisda erkaklarga xos bo‟lgan mardlik hissi, Shiroqning esa qiyinchiliklarga dosh bergani aytilib o‟tiladi. Bunig barchasi mana shu Ona Vatanimiz uchun ko‟rsatgan jasoratlaridir.
Yana Xurshid Davronning “Xotira” haqida yozilgan she‟rini ham o‟qib berishim mumkin. Bu she‟rda quyidagi misralar mavjud: 
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g‟urur. 
Xotira- elni xalq qiluvchi qudrat 
Xotira – ertani yoritguchi nur. 
Hatto maysaning ham xotirasi bor 
Maysa xotirasi – nurga intilmoq 
Ko‟karsa ikkiga bo‟lib tashlaydi, 
Yo‟lining ustida hatto tursa tog‟. 
To quyosh osmonda porlab turarkan, 
Osmonday mangusan, ey Ona xalqim! 
Har bir fojiaga, har bir sharafga 
Baho bermoqqa ham yolg‟iz sen haqlim. 
Prezidentimiz aytib o‟tganidek, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‟q” iborasi ham keltirib o‟tiladi. She‟r tahlil qilinib, rasmlar o‟quvchilarga ko‟rsatiladi, inshoning rejalari tuzilib yoziladi.
5. O’quvchilar tarbiyasida jismoniy madaniyatning o’rni.
Jismoniy madaniyat jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: a) sog’liqni mustahkamlash organizmni chiniqtirish va jismoniy rivojlanish darajasini hamda ish qobiliyatini oshirish; b) hayotga zarur bo’ladigan, jumladan, amaliy xarakterga ega bo’lgan harakat malaka va ko’nikmani egallash; v) kishining ma’naviy va irodali sifatini tarbiyalash; g) jismoniy sifat (tezkorlik, kuch, epchillik, chidamlik ) ni o’stirish; d) maxsus sport mashqini bajarish texnikasini egallash.
Shu bilan birga o’zbek xalq milliy o’yinlarini to’plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga ham katta ma’suliyat yukladi.
Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, o’quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab o’quvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog’lab kelgan uzviylikda ko’rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda milliy xalq o’yinlarining roli katta ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o’tmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga o’tib kelayotgan milliy o’yinlarini avaylab-asrab keyingi avlodga yetkazish yo’llarini izlash, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.
Milliy xalq o’yinlarini xalqimzning bir necha yillik madaniy boyliklari haqidagi tasavvurlarini ma’lum darajada kengaytiradi, hozirgi hayotga singdirish yo’llarini boyitishga yordam beradi.
Milliy harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo’lib, o’quvchilarda aqliy, ahloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy madaniyatini qiziqarli va foydali o’tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi milliy o’yinlardan foydalanishda ham xuddi Shu xususiyatlarga e’tibor berish kerak.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida qadriyatlarga muhabbat uyg’otish, xalq an’analarini avaylab-asrashga o’rgatish ko’p jihatdn o’zbek xalq milliy o’yinlpridan unumli foydalanib bilishga bog’liq. CHunki milliy o’yinlar orqali bola bir tomondan jismoniy bilimlarni egallasa, ikkinchi tomondan, jismoniy madaniyaga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarning jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish masalalari ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan. Olimlarning tadqiqotlarida bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi, harakat faolligi sustligi aniqlangan.
Xalq milliy o’yinlarining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini o’rganish borasida talay ishlar qilindi.. Bir qancha olimlar o’z tadqiqotlarida xalq milliy harakatli o’yinlarida foydalanish haqida u yoki bu darajada fikr yuritganlar.
Bolalar va o’smirlarning harakat faolligini oshirishga yordam beradigan omillar: milliy harakatli o’yinlar, milliy mashqlar elementlari, bellaShuvlar va sport turlari, jismoniy tarbiyaning an’anaviy vositalaridan foydalanish yo’llari ko’rsatilgan.
So’nggi yillarda professor F.N.Nasriddinov boshchiligida bir guruh mutaxasisliklar, yosh tadqiqotchilar milliy o’yinlarni o’rganish, ularni xalq o’rtasida ommalashtirish maqsadida bir qator ilmiy-amaliy ishlarni, nashrlarni amalga oshirishga muvaffaq bo’ldilar.
Bu sohada proffesor A.Q.Atoyevning ilmiy ishlarini ham aytib o’tish o’rinlidir. Uning xalq o’yinlaridan maktabda, oilada, darsdan tashqarida, jamoat joylarida foydalanish haqidagi bolalarni tarbiyalashda chaqqonlik, epchillik darkor, kuch-quvvat kabi xususiyatlarining takomili to’g’risidagi tadqiqotlari qiziqish uyg’otadi.
Bulardan tashqari har yili o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlar va Shu munosabat bilan nashr etilayotgan to’plamlarda ham xalq milliy o’yinlariga e’tibor kuchaygani, ularni o’rganish, to’plash borasida tadqiqotlar yaratilmoqda (21).
Shu bilan birga pedagogika fani ham yoshlarning jismoniy tarbiyasi, ularda harakatli sifatlarni rivojlantirish, muntazam olib boriladigan mashg’ulotlar orqali jismoniy madaniyatga extiyoj va qiziqishni uyg’otish muammolariga xamisha diqqat qilib keldi va kelmoqda.
Ko’rinadiki, bir qator ishlarda u yoki bu tarzda mazkur muammo haqida fikrlar yuritilgan bo’lsa-da, o’zbek halq milliy o’yinlari vositasida 7-8 yoshli o’quvchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash muammosi jismoniy madaniyat tizimida hamda, xalq pedagogikasida to’liq holda maxsus tadqiqod predmeti bo’lgan emas.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur ish bu muammoni ilmiy yo’nalishda yechishga qaratilganligi bilan muhimdir. Bu esa eng avvalo Respublikamizning mustaqilligi, qolaversa, hayot talablari asosida o’zbek xalq milliy o’yinlarini tashkil etish bilan bog’liq masalalarni to’liq yaxlit holda ilmiy-pedagogik asoslash va ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.

Download 67,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish