3.Tarbiya berish vazifalari. Jismoniy madaniyat bilan Shug’ullanish tanda, bolalarda joriy qilingan tartibga rioya qilish odatini hamda xalq o’yinlari bilan iloji bo’lsa xar kuni muntazam ravishda Shug’ullanish ishtiyoqini uyg’otish, ularda maktab va uyda Shu o’yinni bilan mustaqil shug’ullana olish layoqatini rivojlantirish, ularni o’z tengqurlari va o’zlaridan kichik bo’lgan bolalar jamoasida o’yinlarni tashkil qilish, ularni birgalikda bajarishga o’rgatish lozim.
O’quvchilarda xalq milliy o’yinlariga mehr bilan, Shu o’yin natijalariga qiziqish bilan va sportchilar erishadigan g’alabalariga havas bilan qarash tuyg’usini tarbiyalash lozim.
Milliy xalq o’yinlarini o’rganish jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mexnat tarbiyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Xalq o’yinlarini bajarish chog’ida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik, intizomlik, kamtarinlik, mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik, do’slik tuyg’usi hamkorlik, zamon bilan hamnafas bo’lib ishlay olish qobiliyati, topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish) ni tarbiyalash, Shuningdek, irodaviy xususiyatlar (jasorat, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan yengish, chidamlik va hakozolar ) ni namoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va imkoniyatlar vujudga keladi.
To’g’ri tashkil qilingan milliy halq o’yinlari bolalar aqlining rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratadi, zero, bunday vaziyatda asab tizimining ham, boshqa barcha a’zolar tizimlarning ham faoliyat ko’rsatishi uchun qulay sharoitlar paydo bo’lishi, Shubhasiz.
Xalq milliy o’yinlarini o’rgatish jarayonida o’quvchilar xalqona an’analariga sodiq holda yaxshi tarbiya ko’radi, o’rgangan narsalarini puxta eslab qoladi. Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) ning, Shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish va hakozolar) ning, barchasi rivojlana boshlaydi.
Milliy o’yinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o’zlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar. Bolalarda ijobiy hissiyotlarni, odamlar bilan samimiy va quvnoq munosabatda bo’lish tuyg’ularini tarbiyalash, Shuningdek, yuz bergan salbiy ruhiy holatlarni tez bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Buning zarurligi ijobiy hissiyotlar organizmdagi barcha a’zolarga foydali ta’sir ko’rsatishida, harakat malakalarining jadal va mustahkam shakllanishini ta’minlashida ko’rinadi.
Milliy xalq o’yinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xalq o’yinlarini bajarish jarayonida estetik zavqni idrok qilish va o’ziga singdirishni, go’zallik, nafosat, ma’nodorlik, qad-qomat, liboslar bejirimligi, o’z atrofidagi barcha narsalarni tuShunish, to’g’ri qadrlashni rivojlantirish, estetikaga va o’z xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikka bo’lgan moillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va barcha hatti-harakatida qo’rslik, dag’allikka aslo yo’l qo’yilmaslikni rivojlantirish lozim bo’ladi.
Milliy o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari shakllanadi, mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalarni mehnatga tayyorlashda jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy o’yinlarining tutgan o’rnini ularga tuShuntirish va bu tuShunchani ularning ongida shakllantirish g’oyat muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilar jismoniy tarbiyasining vazifalari doimo, jumladan, milliy xalq o’yinlarini o’rganish va o’rgatish jarayonida ham uyg’un holda hal etiladi. Bu vazifalar butun jismoniy madaniyat tizimining bolalarga ta’sir etishi tufayligina muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin. buning uchun maktabning butun pedagogika jamoasi birgalikda ahil xarakat qilishi, maktabda mashg’ulotlarni tashkil etishning turli shakl va usullaridan, ayniqsa, milliy xalq o’yinlarida, barcha vositalari yaxlitligi (kompleksi) dan foydalanish talab etiladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda barcha qadriyatlar ta’limiy, tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular,yosh avlod ongi, dunyoqarashining shakllanishiga, ichki ruhiy dunyosining, aqliy faoliyatining kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Kopgina qadriyatlar jarayon xususiyatiga ega bo’lib, ushbu jarayonni amalga oshirishida bo’lgusi shaxs bola ishtirok etadi, uning xususiyatlarini o’zida aks ettiradi, ba’zi qoidalarini o’rganib ongiga singdirib boradi. Bular jumlasiga an’analar, urf-odatlar, o’gitlar, nasihatlar,yonalishidagi qadriyatlarni misol keltirish mumkin. Ba’zi qadriyatlar esa, namoyon bo’lishi natijasida turli xil buyumlar, asarlar, jihozlar, qurilmalar, moddiy boyliklar ko’rinishida yaratiladi hamda moddiy borliqning o’zligiga nisbatan ushbu tasvir uzoq vaqt saqlanib qoladi. Borliq yaratilishiga sabab bo’ladigan qadriyatlar shartli ravshda moddiy qadriyatlar deb belgilandi.
O’quv muassasa, mikromuhitidagi odatlanmagan vaziyat, shaxslararo munosabatlar va muomala ko’lamining kengayishi o’ziga xos topologik aqliy, axliqiy, irodaviy, xissiy xususiyatlarini oqilona baholash, qo’yilayotgan talablarga javob berish tariqasida yondashish, o’zini o’zi anglashini jadallashtiradi, o’spirin o’quvchilarning o’z-o’zini anglashga aloqador o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular dastavval o’zlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va kamchiliklarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
O’spirin o’quvchining o’smirlik davridagi boladan o’zgacharoq yana bir xususiyati –bu,murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon hissini anglash, o’z qadr qimmatini e’zozlashi, sezish va faxmlashga ko’proq moyilligidir.O’spirin o’quvchida o’zini anglashi negizida o’zini tarbiyalash istagi tug’iladi. Natijada unda o’z-o’zini tarbiyalash vositalarini saralash, ularni kundalik turmushga tadbiq qilib ko’rish ehtiyoji vujudga keladi. Lekin, o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni o’spirin ruhidagi mavjud nuqsonlarga barham besh. Ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki voyaga yetgan kishilarga xos ko’pqirrali umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi. O’quvchilar o’zida shaxsning eng qimmatli fazilatlarini, o’quv va mehnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam ravishda egallab borishga, shaxsning yana bir fazilatlari va xislatlarini hosil qilishga harakat qiladilar; o’z-o’zini tarbiyalash muammolarini, yaxlit ma’naviy- ruxiy qiyofalash shakllantirishga intiladilar. O’spirin o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni. O’quv massasa, jamoat tashkilotlari, pedagoglar jamoasining ta’siri doirasida bo’lmog’I shart. Toki o’z-ozini tarbiyalashning takomillashtirishi jamoada munosib o’rin egallashga, ijtimoiy burjni anglash, foydali mehnatga jalb etish ishiga xizmat qilsin. O’z-o’zini tarbiyalashni to’g’ri izga solib yuborish uchun uyg’un birlikni tashkil etgan tarbiyaviy chora tadbirlar majmuasi tarzida ta’sir jamoa majburiyati, o’zaro yordam va nazorat qilish, o’zaro va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir.
Odamzodning eng muhum ehtiyojlaridan biri shu ki, u hamisha komillikka intilib yashaydi. “Avestoda o’zbek xalqi ajdodlari dunyodagi eng qadimgi va qudratli, manaviyatli inson sifatida tilga olinadi. Zardusht ta’limoti odamzotni yer yuzida farovon yashashga tinchligi va inson manfaatlariga alohida ahamiyat beradi, tirik hayot tamoyillariga chuqur ehtirom ko’rsatadi.
Baxt-saodat kaliti insonning o’z qo’lidadir. Bu maqsadga odamlar fazilatli ishlari va yaxshi axloqiy sifatlari sohiblari bo’lish orqali yetishadilar.Adolat tushunchasi, kishilarning bir-biriga bo’lgan muhabbatiga asoslanadi.Muhabbat esa fozil shahar odamlarining fazilati ishlariga moyilligidan kelib chiqadi hamda ularning baxtiga erishish uchun nimalarni bilish va qanday vositalardan foydalanish mumkinligi to’g’risida hamfikrligi va umumiy intilishlariga asos bo’ladi.
Foydalangan adabiyotlar
1. R.A. Mavlonova, O.T.Turaev, O.Xasanbaeva, K.M. Xalikberdiev “Pedagogika” T. “O’qituvchi” 1998-yil.
2. R.A. Mavlanova, B.Normuradova “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, O’quv qollanma .Toshkent “Fan” 2008-yil.
3. Milliy maktab poydevorini yaratish yo’lida . Jamoa –Toshkent 1990-yil.
4. Abu Xikmat gazzoli.Yanglishuvlaridan qutqaruvchi shaxs mash’ali. Turkiston 1992-yil.2-son.
5. M.Xaydarov “Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan foydalanish”. Toshkent “Yozuvchi”1995-yil.
6. U. Mahkamov “Ahloq-odob saboqlari.Toshkent “Fan” 1994-yil.
7. K.O.Matnazarova “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” darslik Toshkent 2014-yil.
8. A.Jo’rayev “Tarbiyaviy darslarni o’tish” Toshkent “O’qituvchi” 1994-yil.
9. www.Ziyonet.uz
10. www.pedagog.uz
|