7. Yoʻnaltiruvchi qobiliyat — motivlar va motivatsiya bilan bog’liq boʻlib, erkin fikr, qiziqish, havas, intilish va orzu bilan uyg’un holda boʻladi. - 7. Yoʻnaltiruvchi qobiliyat — motivlar va motivatsiya bilan bog’liq boʻlib, erkin fikr, qiziqish, havas, intilish va orzu bilan uyg’un holda boʻladi.
- 8. Safarbar etuvchi qobiliyat — bugungi davr rivoji va talabidan kelib chiqib, oʻqituvchini iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy va kasbiy-madaniy munosabatlarning naqadar dolzarbligi, yechimini kutayotgan muammolarni hal etishning zarurligi, nazariy-metodologik bilimlarni amaliyot darajasiga olib chiqishning oʻta muhimligini anglab yetish bilan bog’liq ravishda hal etiladi.
- 9. Rivojlantiruvchi qobiliyat — ta`lim-tarbiya rivojining uygunligida amalga oshib, bunda oʻqituvchi oʻquvchini hissiy-irodaviy, didaktiv yoʻnaltiruvchi, safarbar etuvchi, yangilikka intiluvchanlik va ilmiy-ijodkorlik qobiliyatlarini aniq sistemada maqsadli ravishda rivojlantira olish qobiliyati bilan ifodalanadi.
- 10. Kreativ qobiliyat - bu oʻqituvchining alohida oʻziga xos qobiliyati boʻlib, oʻz ongida yangi tushunchalarni oʻrganish, uni tahlil etishdan boshlanib, yangilikka intilish, oʻz sohasi boʻyicha axborotlarni toʻplash, uni alohida dastur holiga keltirib, ta`lim va tarbiya jarayoniga tatbiq eta olish bilan belgilanadi.
11. Gnostik (tadqiqotchilik) qobiliyat - oʻqituvchining izlanishga, ijodiy mehnatga, ilm-fanga qiziqishga, muammolar yechimida maqsad va vazifalar qoʻya bilishga, ahamiyatiga qarab ilmiy-amaliy faktlarni tanlay olishga, muayyan ilmiy faraz yyechimini topishga, ilmiy tadqiqotchilik ishi bilan shug’ullanishga, ilm asosida bilim berish prinsipi asosida faoliyat yuritishga undaydi. - 11. Gnostik (tadqiqotchilik) qobiliyat - oʻqituvchining izlanishga, ijodiy mehnatga, ilm-fanga qiziqishga, muammolar yechimida maqsad va vazifalar qoʻya bilishga, ahamiyatiga qarab ilmiy-amaliy faktlarni tanlay olishga, muayyan ilmiy faraz yyechimini topishga, ilmiy tadqiqotchilik ishi bilan shug’ullanishga, ilm asosida bilim berish prinsipi asosida faoliyat yuritishga undaydi.
- Ta`lim samaradorligini oshirishda sifat nazoratini tashkil etishda oʻqituvchilarning vazifalari.Uzluksiz ta`lim tizimida informatika fanini oʻqitishda ta`lim samaradorligini oshirishda ta`lim mazmuni va sifati nazoratini olib borish muhim ahamiyatga ega. Bunda ta`lim muassasasi rahbariyati va pedagoglari quyidagilarni bilishi zarur:
- - boshqaruv mexanizmini ilmiy asosda toʻg’ri tashkil etish;
- - ta`limda sifat tushunchasi;
- - ta`limda sifat nazoratini tashkil etish;
- - ta`lim sifatini belgilovchi omillar;
- - sifatni baholash mezonlari;
- - sifat nazoratini olib boruvchilar (sifat komissiyasi);
- - nazorat monitoriningi va uning yuritilishi;
- - yakuniy natijalarni baholash va qoʻshimcha tadbirlar belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |