1. Taqlidiy so’zlarning barcha xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirish


Ergash so’zning bosh so’zga birikish usullari



Download 56,82 Kb.
bet5/10
Sana30.04.2022
Hajmi56,82 Kb.
#595175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Taqlid so`zlar

Ergash so’zning bosh so’zga birikish usullari
Ergash so’z bosh so’zga quyidagi usullar orqali birikadi: boshqaruv, moslashuv, bitishuv.
1. Boshqaruv. Bosh so’zning talabi bilan ergash so’zning ma’lum grammatik vositani olishi boshqaruv deyiladi. Boshqaruv ikki xil bo’ladi: a) kelishik yordamidagi boshqaruv:
Bosh kelishik - ( bitishuv)
Qaratqich kelishik -ning ( moslashuv)
Tushum kelishik -ni (boshqaruv )
Jo’nalish kelishigi -ga-ka,-qa ( boshqaruv)
O’rin-payt kelishigi -da (boshqaruv)
Chiqish kelishigi -dan (boshqaruv)
Boshqaruv: olmani terish, ko’chaga chiqmoq, maktabda o’qimoq, ishdan qaytmoq;
b) ko’makchi yordamidagi boshqaruvda ergash so’z bosh so’zga ko’makchi yordamida birikadi: kasb haqida insho, ko’prik orqali o’tish. Boshqaruvda ayrim hollarda grammatik vosita ifodalanmasligi mumkin: kitob o’qish.
2. Moslashuv. Bosh so’z bilan ergash so’zning shaxs-sonda mosligi moslashuv deyiladi. Moslashuvda bosh so’z bilan ergash so’z qaratqich kelishigi qo’shimchasi yordamida birikadi: dalaning fayzi.
3. Bitishuv. Ergash so’zning bosh so’z bilan grammatik vositasiz, faqat ma’no jihatdan birikishi bitishuv deyiladi. Bitishuvda so’zlar tartib va ohang yordamida birikadi. Bunda ergash so’z avval, bosh so’z keyin keladi; go’zal bog’lar. Bitishuvli birikmada so’zlar o’rni o’zgartirilsa, gap hosil bo’ladi: go’zal bog’lar-bog’lar go’zal.
Birga ishlamoq, tezda kelmoq, to’satdan baqirmoq, zimdan kuzatmoq, qo’qqisdan boshlamoq kabi birikmalar ham bitishuv munosabatiga asoslangan. Ulardagi qo’shimchalar kelishik ma’nosini yo’qotgan.
Tadqiqotchi tovushga taqlid so’zlar morfologik yasalish xususiyatiga ega deb ta’kidlaydi-yu, lekin ko’proq ishda taqlidiy so’zlardan fe’l, ot, sifat kabi boshqa so’z turkumlarining yasalishi to’g’risida gapiradi.
S.Mutallibov taqlidiy so’zlarning turlari haqida gapirib shunday yozadi: «Tovushga taqlidiy so’zlar tuzilishi asosiga ko’ra ham ikkiga ayriladi:
a) eshitgan tovushga shartlicha taqlid qilib yasalgan so’zlar: pish-pish uxlamoq, taq-taq yurmoq;
b) narsalar va hodisalar ko’rinishiga shartlicha taqlid qilib yasalgan so’zlar: yalt-yult, lim-lim.23
Tasnifdan obrazli so’zlar tovushga taqlid so’zlarning bir turi, uning bir ko’rinishi ekan, degan xulosaga kelish mumkin. Bu yerda termin qo’llashdagi yanglishlik sezilib turibdi.
So’ngra muallif taqlidiy so’zlarning semantik guruhlarini nima uchundir tuzilishiga ko’ra deb hisoblaydi. Turkologlardan N.A.Kononov, N.A.Baskakov, L.N.Xaritonovlar taqlidiy so’zlarni anglatgan ma’nolariga qarabgina yuqoridagi kabi ikki guruhga ajratadilar.
S.Mutallibov taqlidiy so’zlarning takrorlanishini, juftlashgan shakllarini «qo’shma taqlidiy so’zlar» sifatida talqin qiladi. Bu o’rinda ham yanglishlik mavjud. Aslida takror, juft so’zlar bilan qo’shma so’zlar orasidagi farq bularni bir terminga birlashtira olmaydi.
«Hozirgi zamon o’zbek tili»24 asarida taqlidiy so’zlar «mimemalar» termini ostida, qisqa bo’lsa-da, alohida kategoriya sifatida ajratilib ko’rsatiladi. Ammo asarning ba’zi boblarida u undovlar sifatida qarayverilgan.
U.Tursunov, J.Muxtorovlarning «Hozirgi zamon o’zbek tili. Morfologiya»25 qo’llanmasida taqlidiy so’zlar qisqa bo’lsa-da, alohida kategoriya sifatida o’rganilgan. Mualliflar taqlidiy so’zlarga quyidagicha ta’rif beradilar: «Taqlidiy so’zlar shaxs, predmet va turli jonivorlar tovushining, harakat va holat obrazining tashqi olamdan olgan taqlidi-kopiyasidir. Taqlidiy so’zlar turli xildagi ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz tovush va qichqiriqlarni, harakat va holat obrazini bildiradi» 26.
Mualliflar taqlidiy so’zlarni ikkiga: tovushga taqlidiy so’zlar va obrazli so’zlarga bo’lib, ularga ta’rif beradilar va misollar bilan izohlaydilar.
Taqlidiy so’zlarni tuzilishi jihatidan esa yakka va juft taqlidiy so’zlarga bo’ladilar. Bu o’rinda taqlidiy so’zlarning takroriy shakli ham juft shakli ichida ko’rib o’tilgan, ya’ni juft va takroriy taqlidiy so’zlar aralash holda izohlangan.


Download 56,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish