Taqlid so‘zlar
Taqlid so‘zlar sharpa, tovush, sho‘la, harakatlarning obrazi bo‘lgan so‘zlardir. Taqlid so‘zlar ikki guruhni tashkil qiladi: 1) tovushga taqlid so‘zlar. Tovushga taqlid so‘zlar tabat va jamiyatda uchraydigan xilma-xil tovushlarni nutqqa ko‘chirilishi asosida yuzaga keladi: inga-inga, pix-pix, vov, uv, qag‘-qag‘, taq, gurs, gumbur kabilar; 2) harakat va holatga taqlid so‘zlar. Harakat va holatga taqlid so‘zlar tabiatda uchraydigan turli narsa va hodisalarning harakat va holatlarni so‘zlar vositasida ifodalanishi asosida vujudga keladi: yalt, lip, lik - lik, yalp - yalp, bij - bij kabilar.
Taqlid so‘zlar yakka va takror holda ishlatiladi. Takroriy taqlid so‘zlar asosida davomiylik, takrorlanish kabi ma’nolarni ifodalanadi. Qiyoslang: U piq etib kuldi. U piq-piq ko‘ldi. Tovushga taqlid so‘zlarga, ba’zan –ir, -ur kabi unsurlar qo‘shilib takror shaklda ishlatilganda, ularning ma’nolari kuchaytiriladi: taq+ir-tuq+ur, tas+ur-tus+ur, dup+ur-dup+ur.
Taqlid so‘zlar boshqa turkumlardan yasalmasa ham, biroq ular asosida ot va fe’l turkumiga doir so‘zlarni yasash mumkin: qars+ak, bizbiz+ak, sharshar+a, g‘arg‘ar+a, jizz+a kabi otlar, taq+illa, duk+illa, lapang+la, milt+illa, taq etmoq, lik etmoq kabi fe’llar shular jumlasidandir.
Taqlid so‘zlar gapda, asosan hol va sifatlovchi aniqlovchi vazifalarini bajaradi. Bunda ular etgan va etib kabi so‘zlar bilan birikib kelishi ham mumkin. Masalan: Sobir yaxna ko‘k choyni qult-qult yutdi. O‘rmon bo‘ylab boltaning taq-taq etgan tovushi taralib sokinlikni buzardi. Simyog‘ochga ilingan chiroq shamolda taq-taq etib ovoz chiqarardi.
Taqlid so‘zlar otlashganda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi kabi vazifalar bajaradi. Masalan, ega: Bu yerdan to‘plarning gumbur-gumburi eshitilib turardi; to‘ldiruvch: Senlar bu yerda vag‘ir-vug‘ur bilan ovvorasanlar; qaratqich aniqlovchi: Xolmurodning kirib kelishi quvnoq qiy-chuvning bosilishiga sabab bo‘ldi.
Xulosa
Taqlidiy so’zlar o’zbek tilida, shuningdek boshqa turkiy tillarda ham o’zining barcha xususiyatlari bilan boshqa so’z turkumlaridan farq qiladigan so’zlar kategoriyasidir. Taqlidiy so’zlarning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ular o’z qurilishiga ko’ra aniq bir xillikka ega va shu tufayli bu kotegoriyadagi so’zlarni osonlikcha ma’lum bir formula asosida joylash hamda aniq shakllangan guruhlarga ajratish mumkin1 . Taqlidiy so‘zlarning qurilishidagi bu o‘ziga xoslik dastlab N.I.Ashmarin tomonidan o‘rganilgan. Uning “О морфологических котегориях подражаний в чувашском языке” nomli asri Chuvosh tilidagi taqlidiy so‘zlarning formant razryatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, bu asarda chuvosh tilidagi taqlidiy so‘zlarning 115 formasi mavjudligi aytiladi. N.I.Ashmarin bu asarida taqlidiy so‘zlar o‘zagiga qo‘shiladigan struktura elementlari yangi ma’nodagi so‘zlar o‘zagiga qo‘shiladigan struktura elementlari yangi ma’nodagi so‘zlar yasamasdan, balki faqat oldingi ma’noga qo‘shimcha semantik ottenka berishini aytadi va shuning uchun u bunday struktura elementlariga nisbatan affiks terminini qo‘llamasdan, ularni “Отличителлар2 ”, deb nomlaydi.
Taqlid so'zlar lug'aviy ma’no anglatmasligi, maxsus sintaktik shakllarga ega emasligiga ko’ra mustaqil so'z turkumlaridan, so'zlar o'rtasidagi munosabatni bildirmasligiga ko‘ra yordamchi so'zlardan, emotsional-ekspressiv xususiyatlarga ega emasligiga ko‘ra undovlardan farq qiladi. Taqlid so‘zlami o‘rganuvchi soha mimologiya deb ataladi. N.I. Ashmarin 1918- yilda Qozonda “Основы чувашской мимологии” asarini e'lon qildi. Bu asarda taqlid so‘z ma'nosidagi "mimema” terminining mohiyati birinchilardan bo’lib izohlab berilgan. N.K.Dmitriyev turkiy tillardagi taqlid so'zlarni o’rganar ekan, N.I.Ashmarin klassifikatsiyasi va meminologiyasidan foydalandi. N.K.Dmitriyev taqlid so'zlar ma'nosida “mimema" terminini ishlatdi va uning mohiyatini yoritib berdi. N.K.Dmitriyev taqlid so'zlarni to'rt guruhga ajratgan: 1) tovushga taqlidni bildiruvclii so’zlar:pit-pit - qadam tovushi. tiraq - zarb tovushi, lup-lup - yengil jismning tushishidagi tovush. tingir - quruq va tartibsiz tovush, jing’ir - qo’ng’iroq tovushi. tiqir - sanalayotgan tangalar tovushi; 2) yorug’lik holati va harakatini bildiruvchi taqlid so'zlar: aput-aput - tebranib bormoq, pir-pir - uchish holati, efil-efil - yengil tebranish, pir- pir - yonishga nisbatan, parit-parit - yorug’Iik holatiga nisbatan; 3) tirik organizm holati bilan bog'liq taqlid so'zlar: hisit- shamollashda, tomoq bo’g’ilishida eshitiladigan tovush, ipitipit - quvonchdan qiyqirish, tirit-tirit- sovuqdan qaltirash, zangirdamaq - tishlarning takillashi; 4) bolalar nutqiga taqlidni bildiruvchi so'zlar yoki bolalar nutqi shakllari: buva - suv, nine - ona, ninni - alla. Turkologiyada taqlidiy so’zlarni o’rganishga bag’ishlangan maxsus ishlar o’tgan asrning yigirmanchi yillaridan keyin yuzaga kelgan va turkiy tillarning ko’pchiligida taqlidiy so’zlar kategoriyasi u yoki bu darajada ishlangan. O’zbek tilshunosligida esa bu masala 60- yillargacha alohida tadqiqot obyekti sifatida o’rganilgan emas. O’sha paytgacha o’zbek tili bo’yicha yozilgan grammatikalarda va qo’llanmalarda taqlidiy so’zlarga juda kam o’rin berilgan va ularning ko’pchiligida taqlidiy so’zlar undov so’zlarning ajralmas qismi sifatida ko’rsatilar edi. O’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab taqlidiy so’zlar masalasi olimlarimiz e’tiborini o’ziga tortdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Н.И.Ашмарин. О морфологическихкатегориях подражений в чувашском языке, Казань, 1928, 9-бет.
2. Н.И.Ашмарин. О морфологическихкатегориях подражений в чувашском языке, Казань, 1928, 9-бет
3. Дмитриев H.K. К изучению турецкой мимаюгии. В книге. -Строй пиоркских языков. -М., 1962. -С. 59-109
4. X.A.Dadaboyev, Z.T. Xolmanova—“TURKIY TILLARNING QIYOSIY-TARIXIY GRAMMATIKASI”--- “Tafakkur bo‘stoni” Toshkent —2015.142-144-B.
Do'stlaringiz bilan baham: |