1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar



Download 0,56 Mb.
bet11/12
Sana18.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#455485
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
umitjon

2 - rasm. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida o‘sish dinamikasi, foizda.

Rasmdan ko‘rinadiki, mamlakatimizda YAIMning o‘sish sur’atlari barqaror tarzda bormoqda. Agar o‘rtacha o‘sish sur’atlari 2007-2009 yillarda 4 foizdan, 2010-2012 yillarda 7,3 foizdan, 2013-2016 yillarda esa 9,2 foizdan yuqori darajada kuzatilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich keyingi besh yil davomida 8,2 foizdan yuqori bo‘lmoqda. Albatta, bu o‘rinda dunѐdagi murakkab vaziyat – jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ro‘y berishi, uning jahondagi barcha mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiѐtiga ham salbiy ta’sirini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. CHunki, mamlakatimizda chuqur o‘ylangan holda ishlab chiqilgan hamda izchil ravishda olib borilaѐtgan samarali iqtisodiy siѐsat global inqirozning iqtisodiѐtimizga salbiy ta’sirini ahamiyatli darajada “yumshatib”, shunday murakkab sharoitda ham YAIMning yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini saqlanib qolishini ta’minladi. SHunga ko‘ra, agar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ro‘y bermaganida O‘zbekistondagi o‘sish sur’atlari yanada yuksakroq bo‘lardi, deyishga etarli asos


bor. Demak, yuqoridagi holatlar O‘zbekistonda talab va taklif mutanosibligi negizida yuzaga kelganligini ko‘rish mumkin.
2020 yil yakuni bo‘yicha iste’mol baholari indeksi asosida hisoblanadigan inflyasiya darajasi 2019 yilga nisbatan 0,2 foiz bandga pasayib, 6,8 foizni tashkil etdi. Bunda iste’mol baholari indeksining o‘sishi asosan nomonetar omillar hisobiga yuz berdi.
Jumladan, o‘tgan yilda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi 3,9 foizga o‘sib, uning inflyasiyaga ta’siri 2,0 foizni, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 7,4 foizga o‘sib, inflyasiya darajasiga ta’siri 2,1 foizni tashkil etdi. Xizmatlar narxi esa 13,8 foizga o‘sib, iste’mol baholari indeksiga ta’siri 2,6 foizni tashkil qildi (3-rasm).



3 -rasm. O‘zbekistonda 2020 yilda narxlar o‘zgarishining inflyasiyaga ta’siri, foiz.

YUqoridagilardan ko‘rinadiki, o‘tgan yilda mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash borasidagi muhim chora- tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi mutanosiblik kuchayib, iqtisodiѐtimiz modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlanishiga erishildi.


Birinchidan, bozor iqtisodiѐtining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o‘rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi.
Ikkinchidan, talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiѐjdir. Ehtiѐj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi.
Uchinchidan, talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: iste’molchining didi; bozordagi iste’molchilar soni; iste’molchining daromadlari; bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi; kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli.
To‘rtinchidan, narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.
Beshinchidan, taklifga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat: resurslarning narxi, ishlab chiqarish texnologiyasi, soliqlar va subsidiyalar darajasi, boshqa tovar narxi, narx o‘zgarishining kutilishi, ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni.
Oltinchidan, talab va taklif o‘rtasida muvozanat yuzaga kelsa, bozor muvozanati ta’minlanadi va bu holat sotuvchi va iste’molchini qanoatlantiradi.
«Kadrlar tayѐrlash milliy dasturi»ning ikkinchi sifat bosqichi amalga oshirilaѐtgan hozirgi tub o‘zgarishlar davrida oliy ta’limda chuqur izlanishlar, islohatlar, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish hamda bu sohalarda tadqiqotlar keng ko‘lamda olib borilmoqda.
O‘qitish jaraѐnida ta’lim sifatini oshirishda darslarni savol-javob tarzida o‘tkazish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish, yuqori ilmiy pedagogik saviyada darsni tashkil etish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, mustaqil
ishlashga, ijodiy fikrlashga, ilmiy izlanishga jalb etish kabi tadbirlar alohida o‘rinni egallaydi.
Mazkur mavzuni tushuintirish davomida quyidagi ko‘rgazmali materiallardan, Klaster texnologiyasidan foydalanildi:

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish