2. Tovar qiymatining iste’molchi daromadidagi salmog’i. Iste’molchi daromadida tovar qiymati qanchalik katta o’rinni egallasa, unga talab shunchalik yuqori egiluvchan bo’ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o’sishi bir necha so’mni tashkil qiladi va bu talab qilinayotgan tovar miqdorida juda kam o’zgarish bo’lishiga olib keladi. SHu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 foizga o’sishi bir necha million so’mni tashkil qilishi mumkin. Narxlarning bunday oshishi juda ko’p oilalar bir necha yillik daromadining katta qismini tashkil qiladi va, aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |