1. O’rinbosar tovarlarning mavjudligi. Odatda muayyan turdagi ehtiyojni bir qator tovarlar bilan qondirish imkoniyati mavjud bo’ladi. Masalan, qishda sovuqdan saqlanish uchun palto bilan bir qatorda kurtka, plashch va boshqa issiq kiyimlardan foydalanish mumkin. YOki biror joyga sayohatga borish uchun samolyot bilan bir qatorda tezyurar poezd, avtomobildan foydalanish mumkin. Bu o’rinda kurtka, plashch va boshqa issiq kiyimlar paltoning, tezyurar poezd, avtomobil samolyotning o’rinbosar tovarlari hisoblanadi. Agar biror tovarning boshqa o’rinbosar tovarlari qanchalik ko’p bo’lsa, unga bo’lgan talab shunchalik ko’p egiluvchan bo’ladi. Jumladan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan tovarlarning o’rinbosar tovarlari juda ko’p bo’lib, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |