1. Tadbirkorlikning rivojlanish tarixi va mohiyati Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy


Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi



Download 72,66 Kb.
bet5/8
Sana07.03.2021
Hajmi72,66 Kb.
#61075
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1403241142 43791zoha

4. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi

va vazifalari



O’zbekistonda keng ko’lamli bozor o’zgarishlarini amatga oshirish jarayonida mulkdor shaxslar doirasi kengayib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «... amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy, eng katta maqsadi, ustuvor yo’nalishi O’zbekistonda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Bizning qabul qilgan barcha farmonu qarorlarimiz, qonunlarimiz, hamma ishimiz ana shu maqsadga qaratilgandir. Bu vazifalarni hal etmasdan kutilgan natijaga, xayotimizda, iqtisodiyotimizda istalgan o’zgarishlarga erishib bo’lmaydi»10. Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g’oyat muhim vazifa, eng avvalo, ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va ular negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qo’llab-quvvatlash orqali mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Jamiyatimiz uchun yangi bo’lgan mana shu ijtimoiy turni, uning faoliyat sohalari shakllarini o’rganishni nazariya extiyojlarigina emas, balki amaliy zaruriyat ham shart qilib qo’ymoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 76 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizidan ortig’i, qishloq xo’jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektori ulushiga to’g’ri kelmoqda.

O’rta sinf davlatning asosi va jamiyatning eng barqaror qismidir. Bu sinfni vujudga keltirish vazifasini hal qilish, turmush darajasini oshirish va har bir insonning tadbirkorlik imkoniyatlarini ochish muammosini hal qilib beradi.

Ushbu masalaning iqtisodiy jihati shundan iboratki, mulkdor-lar real, ularning faoliyati esa samarali bo’lishi kerak. Umuman olganda, korxonaning barcha ishlovchilarini rasman aktsiyadorlarga aylantirish uncha qiyin emas. Lekin ular haqiqatda boshqaruvda qatnashmasalar, dividendlar ololmasalar va hatto, o’z aktsiyalarini korxonadan tashqariga sota olmasalar, ularni real mulkdorlar deb bo’lmaydi. Aholi mana shunday vaziyatni ko’rar ekan, bunday korxonaning aktsiyalarini erkin bozordan ham sotib olmaydi, chunki korxona bi­lan bevosita bog’langan odamlar uning ishiga ta’sir ko’rsata olmasalar va qonunga muvofiq o’zlariga tegishli daromadni ololmasalar, bu ish tashqaridagi mayda investorlar uchun yanada mushkul kechadi. Xulosa aniq: mulkdorlar huquqlarini amalga oshirish va ularni himoya qilishning real mexanizmlari bo’lmog’i kerak. Busiz mulk nomigagina mavjud bo’ladi. Bu mol-mulkning esa egasi bo’lmaydi. Bunday vaziyat iqtisodiyot uchun ham juda xavflidir. Chunki bu hozirgi paytda mol-mulkdan amalda foydalanib turgan yoki xatto, undan foydalanish imkoniyatiga ega kishilarning qonunsiz ravishda boyishi uchun keng imkoniyat yaratib beradi.

Xaqiqiy mulkdor o’z tabiatiga ko’ra oqilona ish olib borishi va o’ziga qarashli mulkni ko’paytirishga harakat qilishi kerak. Bordi-yu, shunday bo’lmasa, demak, mol-mulkni tasarruf qiluvchi sub’ekt yo o’zini mulkdor deb hisoblamaydi, yoki o’zining huquqlarini zarur kafolatlarga ega emas deb hisoblaydi, yoki mol-mulk yangi egasiga saqlash va ko’paytirish tamoyillariga mutlaqo yordam bermaydigan shartlar bilan tekkan bo’ladi. Shu sababli, mulk huquqi qonun bilan himoyalangan bo’libgina qolmasdan, u jamiyatdagi barcha munosabatlar tizimi bilan amalda ta’minlangan bo’lishi kerak. Faoliyati o’ziga qarashli mulkni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga va ana shu asosda yangi moddiy boyliklar yaratishga qaratilgan shaxslarni har tomonlama rag’batlantirish zarur. Mulkdorlar sinfi mavjud mol-mulk va daromadlar asosida, shu jumladan:

  • jamg’armalarni qimmatli qog’ozlarga solish, shuningdek, xususiy shaxslarga qarashli ko’chmas mulkdan va boshqa mol-mulklardan foydala-nish yo’li bilan;

  • davlatga qarashli mol-mulkni (auktsionlarda va tanlov asosida), shuningdek xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarini sotib olish orqali mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida;

  • yuridik shaxs tashkil etmagan holda va korxonalar ochmagan holda yakka tartibdagi mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali shakllantiriladi.

Mulkdorlar ixtiyoridagi barcha ob’ektlarni daromad olish maqsadi-da foydalanilmaydigan ob’ektlarga va ishlab chiqarish resurslariga ajratish mumkin.

Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • mehnat;

  • er;

  • sarmoya:

a) moddiy aktivlar,

b) moliyaviy aktivlar, shu jumladan: pul mablag’lari; qimmatli qog’ozlar;

v) nomoddiy aktivlar – intellektual mulk ob’ektlari.

Ishlab chiqarish resurslaridan daromad olish va mulkni ko’paytirish uchun foydalaniladi. Biron bir mol-mulkka ega shaxs mulkdordir.

Mulkdor – moddiy va intellektual mulk ob’ektlariga ega bo’lgan, ularni tasarruf etish va ulardan o’z xohishiga qaratib, shu jumladan daromad olish maqsadida foydalanish huquqiga ega jismoniy shaxsdir.

Mulkdorlar sinfi uch guruhdan iborat:

  • daromad keltirmaydigan va shaxsiy maqsadlarda foydalanishga mo’ljallangan mol-mulkka ega mulkdorlar;

  • shaxsiy iste’molga mo’ljallangan mol-mulk bilan bir qatorda, qo’shimcha tadbirkorlik daromadi yoki kiritilgan sarmoyadan daromad olish uchun foydalaniladigan aktivlar (sarmoya)ga ega o’rta mulkdorlar;

  • yirik xususiy korxonalar, firmalarga ega va ularning faoliyatidan katta daromad oladigan yirik mulkdorlar.

Ushbu guruhlarning shakllanishiga qanday omillar ta’sir etadi? Birinchi navbatda, psixologik xususiyatlar ta’sir ko’rsatadi. Odamni zo’rlab mulkdorga aylantirib bo’lmaydi. U bunga ruhan tayyor bo’lishi kerak. Bu esa juda qiyin narsa. Chunki odamlarga xaddan tashqari uzoq vaqt mobaynida xususiy mulkni va uning sohiblarini boshqalarga qaraganda tashabbuskorroq va tadbirkorroq bo’lganligi tufayli moddiy jihatdan yaxshiroq yashaganlarni yomon ko’rish va ularga ishonmaslik xissi singdirib kelindi. Endi esa zamon o’zgardi, xususiy mulkka bo’lgan munosabat ham o’zgarmoqda, lekin eski tasavvurlar hali ham mavjud. Ko’pchilik davlatning g’amxo’rlik qilishiga umid bog’lab o’tirmasdan, o’z farovonligi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga xali tayyor emas. Ijtimoiy passivlik mulkdorlar sinfini shakllantirish yo’lidagi jiddiy to’siqdir.

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar jarayonida mulkdor­lar sinfini shakllantirish uchun bir qator ob’ektiv shart sharoitlar yaratildi. Buni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ko’rsatkich-laridan bilib olish mumkin. 1992-2004 yillar mobaynida 60630 ta davlat korxonasiga qarashli mulkning shakli o’zgartirildi. Bu jarayon mahalliy, engil, mebel, mashinasozlik va avtomobil sanoatida batamom tugallandi. Qariyb 95 mingta kichik va 55 mingtadan ortiq xususiy korxona tashkil etildi. Davlatga qarashli uy-joy batamom xususiylashtirilib, uning natijasida 1,4 mln. ga yaqin kvartira o’z egalarini topdi. 3 mln. oila tomorqa va yordamchi xo’jaliklarga ega bo’ldi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish transport, sog’liqni saqlash va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida ham jadal rivojlanmoqda.

Mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosiy yo’llaridan biri – bu tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakli rivojini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Aktsiyalashtirish keng aholi ommasini mulkka egalik qilishga jalb etishning eng samarali vositasidir. Biroq, bu jarayon murakkab, ko’p qirrali bo’lib, u bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining manfaatlariga daxldordir. Xozir respublika iqtisodiyotida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari juda keng yoyilgan.

Bu jamiyatlarning ustav sarmoyasini tashkil qilishda ishtirok etuvchi ulushlar odatda, quyidagicha taqsimlanadi:

  • davlat ulushi;

  • mehnat jamoasi ulushi;

  • xorijiy sherik ulushi;

  • fond birjalari va qimmatli qog’ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet elda ham erkin sotish uchun ajratilgan ulushi.

Davlat va mehnat jamoalariga qarashli akiiyalar paketlari hajmini Davlat mulk qo’mitasi belgilaydi. Fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan yoki bepul olingan har qanday aktsiyalar ularning mulkdorlari tomonidan qonun doirasida hech bir cheklovsiz sotilishi mumkin. Akiiyalarning qo’shimcha (ikkilamchi) emissiyasi va ularni joylashtirish aktsiyadorlik jamiyati tomonidan amaldagi qonun-larga muvofiq olib boriladi.

Korxonani xususiylashtirishning yana bir shakli uni tanlov asosida yoki auktsionda jismoniy yoki yuridik shaxslarga xususiy mulk qilib sotishdan iborat. Bunda haridor sotib olingan ob’ektlarga nisbatan ma’lum talablarni bajaradi. Tanlov shartlari O’zbekiston Respublikasi mulkni davlat ta­sarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasidagi tartiblariga muvofiq belgilanadi va u quyidagi majburiy bandlarga ega bo’ladi:

  • auktsionda xususiylashtirilgan davlat korxonalarining mulk-dorlariga aylangan jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu korxonalar tasarrufida bo’lgan, sotib olin­gan mol-mulk tarkibiga kirmagan, turar joy bo’lmagan dav­latga qarashli binolarni, inshootlarni, qurilishlarni ijaraga olish haqida uzoq muddatli (10 yilgacha) shartnomalar tuzish huquqi beriladi. Ijara shartlarini ilgari tuzilgan shartnomalarga nisbatan o’zgartirishga (agar shartnomaning o’zida boshqacha tartib belgi-langan bo’lmasa) faqat taraflarning kelishuviga muvofiq yo’l qo’yiladi. Xususiylashtirilgan savdo va xizmat ko’rsatish sohasi ob’ektlarining mulkdorlari shu korxonalar egallab turgan er uchastkalarini mulk qilib sotib olish huquqiga egadirlar;

  • korxonalar va tashkilotlarning, shu jumladan, tugatilayotgan va tugatilgan korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki Respublika ko’chmas mulk birjasi va uning filiallarida auktsion savdoda Davlat mulk qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq sotiladi;

  • davlatga qarashli ishlab turgan korxona tashkilotlarning mol-mulki (aktivlari) faqat Davlat mulk qo’mitasi ruxsati bilan va belgilangan tartibda sotiladi.

Respublikada mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish asta-sekin, biridan ikkinchisiga o’tiladigan uch bosqichda amalga oshiriladi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida ijara korxonalari, kichik, xususiy korxona­lar, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar, fermer xo’jaliklari, kooperativlar va dehqon xo’jaliklari kabi tashkiliy-huquqiy shakllari tashkil topdi.

Erishilgan natijalar bilan birga, jiddiy yondashish va tez hal etishni talab qiladigan bir qancha muammolar ham mavjud:

  • birinchidan, xususiylashtirishni amalga oshirishning past sur’at-lari uning samaradorligini kamaytirmoqda. Jahon amaliyoti islohotlar bir vaqtda va muntazam amalga oshirilganida ijobiy samara berishini ko’rsatmoqda. Xususiylashtirish sustlashsa, odamlarning mos ravishda fikr yuritish jarayoni sekinlashadi, iklisodiy xulq-atvorning eski stereotiplari uzoqroq saqlanib turadi;

  • ikkinchidan, bir tarmoq. (yoki soha)da xususiylashtirish amalga oshirilib, u bilan bog’liq bo’lgan boshqa sohada davlat mulki yoki uning monopoliyasi saqlanib qolishi xususiylashtirilgan korxonalarning manfaat-larini kamsitadi. Bu hol, eng avvalo, turli tarmoqlardagi narxlarning pariteti buzilishida namoyon bo’ladi. Masalan, agrar sektorda nisbatan tez amalga oshirilgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qishloq xo’jaligi manfaatlariga zarar keltiradi. Chunki, qishloq xo’jaligiga texnika, o’g’itlar, elektr energiyasi, yoqilg’i etkazib beruvchi korxonalar ancha kech xususiylashtirildi va ular monopolistlar (yoki oligopolistlar) mavqeini saqlab qolib, o’z mahsulotlari narxini oshirdilar. Buning natijasida agrar sektor katta-katta iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi;

  • uchinchidan, Jahon banki ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda erkin-lashtirish darajasi 2001 yilda 0,5 ni tashkil etdi;

  • to’rtinchidan, xususiylashtirishning pulli bo’lishi xususiylashti-rilayotgan ob’ektlar bozoriga munosib baholanishini taqozo etadi. Biroq mol-mulkni baholashning ilmiy usullari va islohotlarning dastlabki bosqichida tegishli mutaxassislarning bo’lmaganligi ko’pdan-ko’p tartibbuzarliklarni keltirib chiqaradi. Buning natijasida, mulk tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni istagan va shug’ullana oladigan odamlar qo’liga emas, balki tasodifiy odamlar qo’liga o’tib qoladi.

Umuman olganda, keltirilgan muammollar murakkab bo’lishiga qaramasdan, O’zbekistonda mulkdorlar sinfini shakllantirish va tadbirkorlikni rivoj-lantirish uchun qulay vaziyat vujudga keldi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz tarkibida real mulkka ega bo’lgan, uni qadrlayotgan va ularni o’z moddiy farovonliklari uchun asos qilib olayotgan kishilarning katta guruhi shakllandi. Ushbu ijtimoiy qatlamni yanada mustahkamlash davlatning iqtisodiy qudrati oshishiga, uning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi ta’minlanishiga, demokratik qadriyatlar qaror topishiga olib keladi.


Download 72,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish