1. tabiat va inson


 FIZIK KATTALIKLAR. FIZIK



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/54
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#707807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
7-sinf (fizika)

 5. FIZIK KATTALIKLAR. FIZIK
KATTALIKLARNI O’lCHASH 
 
Fizik hodisalar haqida iloji boricha aniqroq bilim-lar 
olish uchun tajriba paytida o’lchash ishlarini bajarish 
kerak. Masalan, suvning hajmi uning temperaturasiga 
qanday bog’liqligini bilish uchun suvni isitib, bu ikkala 
kattalikni o’lchash kerak. 
Hajm va temperatura — fizik kattalikka misol bo’la 
oladi. 
Shuningdek uzunlik, yuz, vaqt, tezlik massa, kuch va 
boshqalar fizik kattaliklardir. 
Fizik kattalikni hamma vaqt o’lchash mumkin. Biror 
kattalikni o’lchash — uni o’lchov birligi qilib qabul 
qilingan bir jinsli kattalik bilan taqqoslash demakdir. 
Masalan, stolning uzunligini o’lchash — uni uzunlik 
birligi qilib qabul qilingan birlik masalan, metr bilan 
taqqoslash demakdir. Kattalikni o’lchash natijasida 
uning qabul qilingan birliklarda ifodalangan son 
qiymatini olamiz. 
Har bir fizik kattalikning o’z birligi qabul qilingan. 
Masalan, yuzni o’lchash uchun yuz birligi (1m
2
), vaqtni 
o’lchash uchun vaqt birligi (1s), hajmni o’lchash uchun 
hajm birligi (1 m
3
) qabul qilingan. 
Qulay bo’lsin uchun dunyodagi barcha mamlakatlar bir 
xil birlikdagi fizik kattaliklardan foydalanishga Harakat 
qiladilar. 
1. Biror kattalikni o’lchash degani nima? 2. Fizik 
kattaliklarga misollar keltiring. 3. Siz uzunlik yuz va 
hajmning qanday birliklarini bilasiz? 
MODDA TUZILISHI HAQIDA BOSHLAN-G’ICH 
MA’LUMOTLAR 
 
6. MODDANING TUZILISHI 
Fizikada hodisalar va jismlarning xossalarini kuzatib va 
bayon qilibgina qolmasdan, balki ularni tushuntirishga 
ham harakat qilinadi. Masalan, silliq polga to’kilgan suv 
bir joyda to’planmasdan polga yoyilishi qanday 
tushuntiriladi? Nima uchun gazni siqish oson-u, qattiq 
jism va suyuqlikni siqish juda qiyin? Nima uchun 
qizdirilgan po’lat parchasini sovuq holatdagisiga 
qaraganda bo’qish yoki yassilash oson bo’ladi? Bu va 
boshqa ko’pgina savollarga javob berish mumkin, lekin 
buning uchun modda tuzilishini bilish kerak. 
Modda tuzilishi haqidagi bilimlar ko’pgina fizik 
hodisalarni tushuntiribgina qolmasdan, balki hodisaning 
qanday ro’y berishini oldindan aytishga, uni tezlashtirish 
yoki sekinlashtirish uchun nima qilish kerakligiga, ya’ni 
hodisalarni boshqarishga ham yordam beradi. 
Jismlarning ichki tuzilishini bilgan holda, ularning xossa-
larini tushuntirish, shuningdek kerakli xossaga ega 
bo’lgan yangi modda — qattiq va mustahkam 
qotishmalar, issiqbardosh materiallar yaratish mumkin. 
Fan yordamida plastmassalar, sun’iy kaucho’q kapron, 
neylon va shunga o’xshash materiallar yaratildi. Bu 
materiallar texnikada, meditsinada va turmushda keng 
qo’llanilmoqda. 
Quyidagi ba’zi hodisalar va tajribalar moddalar-ning 
tuzilishi haqida fikr yuritishga imkon beradi. 
Agar koptokni qissak koptok ichidagi havoning hajmi 
kichrayadi. Rezinka, mum bo’lagini siqib uning hajmini 
kamaytirish mumkin. 
Jismni isitganda va sovutganda ham uning hajmi 
o’zgaradi. Quyidagi rasmda og’zi suvga botirilgan 
shisha kolba tasvirlangan. Kolba qizdirilganda uning 
ichidagi qizigan havo kolba og’zidan suvni siqib 
chiqaradi, havo pufakchalari kolbadan chiqa boshlaydi, 
demak qizdirilganda havoning hajmi ortadi. Kolba 
sovitilganda uning ichiga suv kiradi va kolbada qolgan 
havoning hajmi kichrayadi. 
Halqadan bemalol o’tayotgan po’lat sharcha
qizdirilgandan so’ng kengayadi va halqaga tiqilib qoladi. 
Sharcha sovigandan so’ng uning hajmi yana kichrayadi 
va u halqadan o’tadi. 
Suyuqlikni isitganda kengayishini naychada uning 
sathi ortishiga qarab tajribada ko’rish mumkin. 



Demak suyuqlik isiganda kengayadi. 
Demak tajribalar jism hajmining kichrayishi yoki 
ortishi mumkin ekanligini ko’rsatadi. Nima uchun 
shunday bo’ladi? 
Bu hodisani moddalar bir-biridan qochiq turgan ayrim 
zarrachalardan tuzilgan deb faraz qilib tushuntirish 
mumkin. Zarrachalar bir-biridan uzoqlashganda 
jismning hajmi ortadi. Zarrachalar yaqinlashganda hajm 
kichrayadi Bunday faraz fanda g i p o t e z a deb 
ataladi, ularning to’g’ri-ligi tajribalarda tekshriladi. 
Nima uchun, suv, po’lat, yog’och kabi moddalar bizga 
yaxlitdek bo’lib tuyuladi? Gap shundaki, moddalarni 
tashkil qilgan zarrachalar shunchalik kichikki, biz ularni 
ko’rmaymiz. 
Oxirgi idishdagi eritmani tekshiramiz. 
U juda kuchsiz bo’lishiga qaramay, lekin tekis 
bo’yalgan, binobarin, uning har bir tomchisida bo’yoq 
zarrachasi bo’ladi. Suvda juda kichkina boyoq zarrasi 
eritilgan edi va bu zarraning bir qismigina oxirgi 
eritmaga tushdi. Demak zarra juda ko’p mayda 
zarrachalardan tashkil topgan bo’lib, ularning 
o’lchamlari juda kichkina ekan. 
Bu va bundan keyin o’tkaziladigan boshqa ko’pgina 
kuzatish va tajribalar hamma jismlar mayda 
zarrachalardan iborat ekanligini ko’rsatadi. 
Moddalar yaxlit bo’lmay ayrim zarrachalardan tashkil 
topganligi to’g’risidagi gipoteza t a j r i b a l a r d a
tasdiqlandi. 
1. Modda tuzilishini bilishdan maqsad nima? 2. Inson 
yaratgan qanday materiallarni bilasiz. 3. Moddalarning 
bir-biridan qochiq turgan zarrachalardan tuzilganligini 
qanday hodisalar ko’rsatadi? 4. Jismning zarrachalari 
orasidagi oraliq kamayganda yoki ortganda uning hajmi 
qanday o’zgaradi? 5. Bu zarrachalarning juda
kichikligi qanday ko’rsatiladi? 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish