1. tabiat va inson



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/54
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#707807
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
Bog'liq
7-sinf (fizika)

 
23. KUCH 
Ilgari ko’rilgan inertsiya va jismlarning o’zaro ta’sir 
hodisasi biror jismning harakat tezligini unga boshqa 
jismni ta’sir ettiribgina o’zgartirish mumkin ekanligini 
ko’rsatdi. 
Jism boshqa jismning ta’siri ostida harakatga keladi, 
to’xtaydi yoki o’zining harakat yo’nalishini o’zgartiradi. 
Boshqacha aytganda, bu misollarning hammasida 
jismning tezligi unga boshqa jismlar ta’sir etganda 
o’zgaradi.
Ko’pincha fizikada qanday jism va u mazkur jismga 
qanday ta’sir etishi ko’rsatilmay, balki to’g’ridan-to’g’ri 
jismga kuch ta’sir qiladi yoki jismga kuch qo’yilgan deb 
gapiriladi. Kuch — harakat tezligini o’zgartiruvchi sabab.
Kuch ta’siri ostida butun jismning tezligi emas, balki 
uning ayrim qismlarining tezligi o’zgarishi mumkin. 
Masalan, rezina koptokni raketa bilan urganda shunday 
bo’ladi. Ayrim qismlari bir xilda siljimaganligi uchun 
koptok siqiladi, deformastiya-lanadi (o’z shaklini 
o’zgartiradi) (quyidagi rasm). 
Odam taxtaga o’tirganda ( yuqoridagi rasm) taxtaning 
o’rtasi chetlariga qaraganda ko’proq masofaga siljigani 
uchun u deformastiyalanadi. 
Turli jismlarning harakat tezligini bir xil kattalikda 
o’zgartirish uchun turli kattalikdagi kuchlar kerak bo’ladi. 
Motostiklga qaraganda avtomobilni joyidan qo’zgatish 
qiyinroq. Boshqacha qilib aytganda, avtomobilni 
harakatga keltirishda mototsiklni harakatga 
keltirishdagiga qaraganda ko’proq kuch kerak. Demak 
kuch katta yoki kichik son qiymatga ega 
1.Bir jismning boshqa jismga ta’siri nimada namoyon 
bo’ladi? 2. Jismning tezligi unga boshqa jism ta’sir qilishi 
natijasida o’zgarishini ko’rsatadigan misollar keltiring. 3. 
Kuch deganda nima tushuniladi? 4. Jismga kuch ta’sir 
etganda nima uchun uning shakli o’zgaradi? 
24. TORTISHISH HODISASI. 
 OG’IRLIK KUCHI 
Gorizontal otilgan koptokning uchishini qarab chiqamiz 
(quyidagi rasm). Koptok to’g’ri chiziqli va tekis harakat 
qilib uchmaydi, uning trayektoriya-si egri chiziq bo’ladi.


14 
Yerdan uchirilgan sun’iy yo’ldosh to’g’ri chiziq bo’yicha 
uchmasdan balki Yer atrofida harakatlanadi (yuqoridagi 
rasm). Binobarin, bu jismlarga kuch ta’sir qiladi — bu 
Yerga tortilish kuchi. Yerga tortilish tufayli Yerdan 
ko’tarib va so’ngra quyib yuborilgan jismlar pastga 
to’shadi, daryodagi suv pastga oqadi. Yerdan sacra-gan 
odam qaytib Yerga to’shadi, chunki uni Yer tortadi. 
Yer sirtidagi va yaqinidagi hamma jismlarni: odamlar, 
daryo, dengiz va okeanlardagi suv, uylar, Oy, yo’ldoshlar 
va boshqalarni Yer o’ziga tortadi. Biroq bu jismlar ham 
o’z navbatida Yerni o’ziga tortadi. Masalan, Yerning 
Oyga tortilishi okeandagi juda katta massali suvlarni 
sutkasiga ikki marta ko’tarilishga (ko’p metrga) va 
pasayishga majbur etadi. Quyosh atrofida 
harakatlanadigan Yer va boshqa hamma planetalar 
Quyoshga va bir-biriga tortiladi. Yerdagi hamma jismlar 
ham bir-biriga tortiladi. Shuning uchun Koinotdagi hamma 
jismlarning bir-biriga tortishishi butun olam tortishishi deb 
atalgan.
Biz uchun jismlarning biz yashayotgan planetaga — 
Yerga tortilishi muhim ahamiyatga ega. Jismni Yerga 
tortadigan kuch og’irlik kuchi deyiladi. 
Jismning og’irlik kuchi shu jismning massasiga to’g’ri 
proporsional ekanligi tajribalarda aniqlangan. Bir 
jismning massasi ikkinchi jismning massasidan necha 
marta katta bo’lsa, birinchi jismga ta’sir qilayotgan 
og’irlik kuchi ikkinchi jismga ta’sir qilayotgan og’irlik 
kuchidan shuncha marta katta bo’ladi. Shuning uchun 
massasi katta bo’lgan jismni og’ir deb aytamiz. Massasi 
turlicha bo’lgan jismlarni biri og’ir, ikkinchisi yengil 
deymiz. Bu bilan biz og’irlik kuchi jismning massasiga 
bog’liq deb gapiramiz. Agar jismlarning massasi bir xil 
bo’lsa, ularga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchlari ham bir xil 
bo’ladi. 
1. Gorizontal otilgan tosh nima uchun to’g’ri chiziq 
bo’yicha uchmaydi? 2. Jismni Yer sirtida qanday kuch 
tutib turadi? 3. Qanday kuch og’irlik kuchi deyiladi? 4. 
Jismning og’irlik kuchi uning massasiga qanday 
bog’langan? 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish