Najmiddin Kubro:
U dunyo-bu dunyo Vatan bizga or,
Dunyolarga sotmadik nomusimizni.
Aziz vatandoshim,ayladik yodgor,
Erksevarlik,yurtsevarlik qomusimizni.
Amir Temur:
Men yarim dunyoni darbadar kezdim,
Bitta yurak bilan,bir qilich bilan.
Dushmanni yurtimdan badarg`a etdim,
Bitta oyoq bilan,bitta o`ch bilan.
Taajjub noo`rin,gumonlar xato,
Tavallo qilurman,amr qilurman.
Ostimda bir zamin,tepamda Xudo,
Yakka-yu yagona Amir Temurman.
Jaloliddin Manguberdi:
Nomus uchun nomni emas,ruhni o`stir,
Og`ir kunda yovdan qochgan yovga do`stdir.
Yurt chorlasa,suvlarni kech,o`tlarga kir,
Fidoyi bo`l,yurting uchun fidoyi bo`l.
Mirzo Ulug`bek:
Bag`rimda bo`y yetgan bo`z bolam,
Mergan bolam,lochin ko`z bolam ,
Bo`g`zimga tig` urgan o`z bolam,
Men dardimni kimga aytaman?
Cho`lpon:
G`ururi bo`g`ilib,erki yanchilgan,
Xalqim taqdirini o`ylagan edim.
Mustabid tuzimning tig`i sanchilgan,
Ozodlik va erkni kuylagan edim.
Ozod bo`larmikan o`zbegim,armon.
Haqsizlik qurboni bo`lganman,Cho`lpon.
Do'stlaringiz bilan baham: |