Instrumental muhit - Ekspert tizimining dasturlash tili va uni qo‘llab quvvatlovchi muhit (u orqali foydalanuvchi ekspert tizim bilan o‘zaro ta’sirlashadi) dan iborat.
8. Exspert tizimni loyihalashda va ishlab chiqish jarayonidagi qatnashuvchilar. Exspert tizimi. Ekspert tzimini loyihalashda va ishlab chiqish jarayonida quyidagi qatnashuvchilarni aytib o‘tish mumkin:
1. Ekspert tizimni loyihalash instrumental muhitini ishlab chiquvchilar;
2. Ekspert tizimni yaratishdagi instrumental muhit;
3. Ekspert tizimning o‘zi;
4. Ekspert;
5. Bilimlar injeneri va bilimlar bazasi administratori;
6. Foydalanuvchi.
Ta’rif. Ma’lum fan sohasidagi Sun’iy intelekt tizimi ekspert deb ataladi.
Ekspert tizim – bu aniq fan sohasidagi mutaxassislarning bilimlarini to‘plovchi va kam ixtisoslashgan foydalanuvchilarga konsultatsiya uchun empirik tajribasini tirajlashtirvchi (nusxalovchi) murakkab dasturlar kompleksi.
Ekspert tizim uchun bilimlarni qabul qilishda shu fan sohasidagi ekspertlar xizmat qiladi.
9. Exspert tizimni loyihalashda va ishlab chiqish jarayonidagi qatnashuvchilar. Bilimlar injeneri va bilimlar bazasi(BB) administratori; Ekspert tzimini loyihalashda va ishlab chiqish jarayonida quyidagi qatnashuvchilarni aytib o‘tish mumkin:
1. Ekspert tizimni loyihalash instrumental muhitini ishlab chiquvchilar;
2. Ekspert tizimni yaratishdagi instrumental muhit;
3. Ekspert tizimning o‘zi;
4. Ekspert;
5. Bilimlar injeneri va bilimlar bazasi administratori;
6. Foydalanuvchi.
Bilimlar injeneri – bu Sun’iy intelekt tizimini ishlab chiqishdagi ko‘nikmaga ega va Ekspert tizimni qanday tuzishni biladigan odam. U ekspertdan so‘raydi va bilimlar bazasidagi bilimlarni tashkillashtiradi.
10. Inson tafakkurini va Sun’iy intelekt tizimlarining o’xshashliklari va farqalari Inson intellekti - bu turli hodisalar va o'tmishdagi tajribalardan o'rganishdir. Bu hayot davomida xato va xato yondashuvi orqali qilingan xatolardan o'rganish haqida. Aqlli fikr va aqlli xatti-harakatlar Inson aql-idrokining asosini tashkil etadi. Biroq, Sun'iy intellekt bu jihatdan orqada qolmoqda - mashinalar o'yla olmaydi.
Ular ma'lumotlardan va doimiy mashg'ulotlar orqali o'rganishlari mumkin, ammo ular hech qachon odamlarga xos fikrlash jarayoniga erisha olmaydilar. Sun'iy intellekt bilan ishlaydigan tizimlar aniq vazifalarni juda yaxshi bajara olsalar-da, ular yangi dastur maydoni uchun butunlay boshqa funktsiyalar to'plamini o'rganishlari uchun bir necha yil vaqt talab etiladi.