Koʼrsatkichlar nomi
|
2018 y
(fakt)
|
2019 y.
|
2020 y.
|
2021 y.
|
2022 y.
|
O’sish
|
1.
|
Koʼrsatkichlar nomiSugʼurta xizmatlarining YaIMdagi ulushi (foiz)
|
0,4
|
0,5
|
0,6
|
0,7
|
0,8
|
2,0 baravar
|
2.
|
Аholi jon boshiga sugʼurta mukofotining miqdori (ming soʼm)
|
50,0
|
65,0
|
88,0
|
114,0
|
148,0
|
3,0 baravar
|
3.
|
Jami sugʼurta mukofotlarining hajmi (trln soʼm)
|
1,6
|
2,1
|
2,9
|
3,8
|
5,2
|
3,3 baravar
|
4.
|
Sugʼurta tashkilotlarining jami ustav kapitali (trln soʼm)
|
0,5
|
0,8
|
0,9
|
1,0
|
1,2
|
2,4 baravar
|
5.
|
Sugʼurta tashkilotlarining jami aktivlari (trln soʼm)
|
2,5
|
3,0
|
3,6
|
4,3
|
5,2
|
2,1 baravar
|
6.
|
Sugʼurta tashkilotlarining jami investitsiyalari (trln soʼm)
|
2,0
|
2,5
|
3,3
|
4,1
|
5,3
|
2,7 baravar
|
7.
|
Sugʼurta xizmatlari turlarining soni (birlik)
|
105
|
115
|
135
|
155
|
175
|
1,7 baravar
|
8.
|
Hududiy boʼlinmalar soni (birlik)
|
1 450
|
1 500
|
1 580
|
1 660
|
1 740
|
1,2 baravar
|
Izoh: maqsadli koʼrsatkichlarga sugʼurtani rivojlantirish davlat va hududiy dasturlarini amalga oshirish natijalaridan kelib chiqqan holda oʼzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son qaroriga. 3-ILOVА
Sugʼurtalovchilar (qayta sugʼurtalovchilar) uchun ustav kapitalining
MINIMАL MIQDORLАRI
№
|
Sug’urta faolioyatinig turlari
|
2020 yil 1 iyuldan
|
2022 yil 1 iyuldan
|
1.
|
Umumiy sugʼurta yoki hayotni
sugʼurta qilish tarmogʼida
ixtiyoriy sugʼurta
|
15000
|
20000
|
2.
|
Umumiy sugʼurta yoki hayotni
sugʼurta qilish tarmogʼida
majburiy sugʼurta
|
25000
|
35000
|
3.
|
Faqat qayta sugʼurta
|
35000
|
45000
|
O’zbekistonda sug’urta bozoring hozirgi holati
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkalash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlarini saqlab qolishda sug‘urta sohasini rivojlantirish.
O‘zbekistonning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini belgilash va xalqimizga farovon turmush tarzini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17 fevraldaga farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, jahon bozori kon'yukturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutloqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Shularni e'tiborga olgan holda, Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlarini saqlab qolishda bir necha vazifalar belgilanib olindi. Shulardan biri sug‘urta va lizing hamda boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirishdir.
Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish iqtisodiy o‘sishning muhim omili bo‘lib, bozor munosabatlari rivojlanishini rag‘batlantiradi va investision iqlimni yaxshilaydi. Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tizimi ishlashining samaradorligi davlatning iqtisodiy salohiyatini aks ettiradi. “Sohaga nazoratchi emas, ilg‘or va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barcha ishtirokchilar o‘rtasida chinakam raqobat muhitini yaratib, sug‘urta bozorini rivojlantiradigan tuzilma kerak”3. Shundan kelib chiqib “...sug‘urta sohasini o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022 yilgacha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘urta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 baravar oshirish” ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Mazkur vazifalarning bajarilishini ta'minlashda milliy sug‘urta kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqishini ta'minlash, ilg‘or korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish orqali xalqaro reytinglar olish taqozo etiladi.
Ma'lumki, hozirgi kunda dunyo miqyosida sug‘urta tizimi jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari singari O‘zbekistonda ham sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga o‘tilishi sug‘urta tizimining inson hayotiy faoliyatida muhim o‘rin egallashidan darak beradi. Bugungi kunda mamlakatda sug‘urta tizimining amal qilish holati sug‘urtalanuvchilar manfaatlariga mos keladi. Fan va texnika rivojlanayotgan bir paytda sug‘urta kompaniyalari xizmat sohasini raqamlashtirish tizimiga o‘tib bormoqda. Onlayn sug‘urta polislarini sotish va sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda onlayn arizalarni qabul qilish xizmatlari kengayib bormoqda. Shu bilan birga respublikada moliya bozorini yanada rivojlantirish, aholini sifatli moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish ko‘lamini kengaytirish, sug‘urta tashkilotlari faoliyatini qo‘llab quvvatlash, shuningdek, ushbu sohada iste'molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay shart sharoitlar yaratish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.
Milliy sug‘urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash, sug‘urta xizmatlarining talab yuqori bo‘lgan yangi turlarini joriy etish, iste'molchilarning sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturiga muvofiq sug‘urta sohasida normativ huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan, xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini hamda ushbu sohadagi eng yaxshi jahon tajribalarini izchil joriy etish, tartibga solish va prudensial nazoratning samarali mexanizmlarini joriy etish orqali sug‘urta bozorining ishonchliligi va barqarorligini ta'minlashga qaratilgan sug‘urta faoliyatini tartibga solish tizimini institusional rivojlantirish, sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirish, sug‘urta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish, yangi innovasion sug‘urta mahsulotlarini joriy etish va talab yuqori bo‘lgan an'anaviy mahsulotlarni rivojlantirish orqali ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari hajmlarini, turlarini kengaytirish va sifatini oshirish ustuvor vazifalar etib belgilangan. Mazkur vazifalarning bajarilishini ta'minlashda sug‘urta xizmatlari samaradorligini oshirishga asoslangan sifat ko‘rsatkichlari tizimini zamon talablari asosida shakllantirish va samaradorligini oshirishni taqozo etadi. Bu esa ushbu mavzuni yanada tadqiq etish zarurligini anglatadi.
Sugʼurta xizmatlarini amalga oshirishning tahlili bizga sugʼurta xizmatlarining umumiy tendentsiyalari va rivojlanishning ustuvor yoʼnalishlari, sugʼurta bozorining rivojlanishi, uning tuzilishi, sugʼurta xizmatlarining samaradorligini baholash imkonini beradi. Shu bilan birga sugʼurta bozorining rivojlanishi miqdoriy va sifat koʼrsatkichlarini tahlil qilish, sugʼurta munosabatlarini iqtisodiy va huquqiy tartibga solish darajasini baholash, sugʼurta xizmatlarining umumiy rivojlanishiga taʼsiri darajasini baholash muhim hisoblanadi.
Maʼlumki, bugungi kunda Oʼzbekiston sugʼurta bozorida jami 40 ta sugʼurta tashkiloti faoliyat koʼrsatmoqda. Ularning 32 tasi umumiy sugʼurta sohasida, qolgan 8 tasi esa hayot sugʼurtasi sohasida oʼz xizmatlarini koʼrsatib kelmoqda.
2019 yil natijalariga eʼtibor qaratsak, sugʼurta tashkilotlari tomonidan jami 2 318,9 mlrd.soʼm sugʼurta mukofotlari yigʼilganligini koʼrishimiz mumkin. Shundan, umumiy sugʼurta sohasida 1 727,6 mlrd.soʼm sugʼurta mukofoti yigʼilgan boʼlsa, hayot sugʼurtasi sohasida 586,4 mlrd.soʼm sugʼurta mukofotlari yigʼilgan.
Oʼz navbatida, jami 813,5 mlrd.soʼm miqdorida sugʼurta tovonlari toʼlangan boʼlsa, shundan 284,1 mlrd.soʼm qismi umumiy sugʼurta sohasida yuz bergan hodisalar tufayli toʼlangan boʼlsa, 529,4 mlrd.soʼm qismi esa hayot sugʼurtasi sohasi boʼyicha amalga oshirilgan.
Sugʼurta mukofotlari va qoplamalari, 2019y. (mlrd.soʼm)
Jahon amaliyotiga qaraydigan boʼlsak, sugʼurta yigʼimlarining 45-46 foizi umumiy sugʼurta sohasiga toʼgʼri kelsa, hayot sugʼurtasidagi yigʼimlar esa 54-55 foizni tashkil etadi. Oʼzbekistonda esa bu tendentsiya biroz boshqacharoq, yaʼni 2016-2017 yillarda umumiy sugʼurta sohasidagi yigʼimlar 87-91 foizni tashkil etgan boʼlsa, 2018 yildan beri 75 foizni tashkil etmoqda.
Hayot sugʼurtasi esa, 2016-2017 yillarda 9-13 foiz oraligʼida boʼlgan boʼlsa, 2018 yildan bu koʼrsatkich 25 foizni tashkil etmoqda, yaʼni insonlarning hayot sugʼurtasiga boʼlgan qiziqishi ortib bormoqda.
Dunyoda Oʼzbekistonda
Yigʼilgan sugʼurta mukofotlari hamda sugʼurta hodisalari boʼyicha toʼlangan sugʼurta tovonlari miqdorini avvalgi yillar bilan taqqoslaydigan boʼlsak, ijobiy oʼzgarishlarni kuzatishimiz mumkin.
Koʼrib turganingizdek, sugʼurta mukofotlari 2019 yilda 2016 yilga nisbatan 3,3 martaga koʼpaygan boʼlib, sugʼurta qoplamalari esa 6,2 martaga koʼpaygan.
Sugʼurta tashkilotlarining ustav kapitallariga qoʼyilgan talablar ham oshirib borilganligi sababli, ularning umumiy hajmi ham oʼsib bormoqda. 2016 yilda sugʼurta tashkilotlari ustav kapitallarining umumiy hajmi 248,3 mlrd.soʼm boʼlgan boʼlsa, 2019 yilda bu koʼrsatkich 755,0 mlrd.soʼmni tashkil etib, 3 martaga koʼpaygan.
Sugʼurta tashkilotlari ustav kapitallarining umumiy hajmi (mlrd.soʼm)
Sugʼurta tashkilotlarining sugʼurta zaxiralari, oʼzlik mablagʼlari va aktivlari ham yildan-yilga oʼsib bormoqda. Quyidagi diagrammadan sugʼurta tashkilotlarining soʼnggi 4 yil ichida sugʼurta zaxiralari va oʼzlik mablagʼlari 2,5 barobarga, aktivlari esa 2,7 barobarga oʼsganligini koʼrishimiz mumkin.
Sugʼurta tashkilotlarining investitsiya faoliyatiga nazar tashlaydigan boʼlsak, bank depozitlariga joylashtirilgan mablagʼlar salmoqli hissani tashkil etadi.
Qimmatli qogʼozlarga yoʼnaltirilgan investitsiyalar esa 30-35 foiz atrofida boʼlsa, koʼchmas mulklarga qilingan investitsiyalar 6-8 foizni tashkil etali. Shuningdek, boshqa xoʼjalik jamiyatlarining ustav fondlari ishtirok etish orqali sugʼurta tashkilotlari tomonidan 6-7 foiz miqdordagi mablagʼ investitsiya qilingan.
Sugʼurta tashkilotlari investitsiyasining strukturasi (2019y.)
Sugʼurta tashkilotlari investitsiyalarining oʼsib borish tendentsiyasiga qaraydigan boʼlsak, oxirgi 4 yil davomida 3 barobarga oshganligini koʼrishimiz mumkin.
Sugʼurta tashkilotlari investitsiyalarining oʼsish dinamikasi (mlrd.soʼm)
Sugʼurta daʼvolarini sifatli koʼrib chiqilishi va qoplamalarni toʼlab berilishi mijozlarning sugʼurta tashkilotlariga boʼlgan ishonchini oshirishining eng asosiy omillari boʼlib xizmat qiladi. Yuqorida taʼkidlab oʼtilganidek, sugʼurta mukofotlarining oxirgi 4 yil davomida 3,3 marotabaga oshganligining ham asosiy omili sugʼurta qoplamalarining 6 marotaba oshganligida deb hisoblash mumkin. Ixtiyoriy sugʼurta turlari boʼyicha sugʼurta qoplamalarining toʼlab berilishi esa 7,5 marotabaga oshgan.
Sugʼurta qoplamalarining toʼlab berilishi (mlrd.soʼm)
Sugʼurta bozorida yildan-yilga davlat ulushi ishtirokidagi sugʼurta tashkilotlarining soni va ulushi kamayib borayotgan boʼlsa, xususiy kapital evaziga tashkil etilayotgan sugʼurta tashkilotlarining soni va ulushi esa oʼsib bormoqda.
2019 yil yakunlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozoridagi zararlilik darajasi umumiy xisobda 15,6 foizni tashkil etadi. Majburiy sug’urta turlari bo’yicha zararlilik darajasi 30,1 foiz va ixtiyoriy sug’urta turlari bo’yicha esa 12,6 foizni tashkil etishi respublika sug’urta bozorida rivojlanish istiqbollari kata ekanligini ko’rsatadi.
Sugʼurta bozori boʼyicha zararlilik darajasi, 2019y. (%) (sugʼurta qoplamalarining sugʼurta mukofotlariga nisbati)
Ixtiyoriy turlar boʼyicha
|
Majburiy turlar boʼyicha
|
Umumiy zararlilik
|
|
|
|
|
|
|
Yuridik shaxslar
|
Jismoniy shaxslar
|
Jami
|
Yuridik shaxslar
|
Jismoniy shaxslar
|
Jami
|
|
13,7
|
7,7
|
12,6
|
27,6
|
33,7
|
30,1
|
15,6
|
Sugʼurta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʼyicha ularning ustav fondlariga minimal talablar qoʼyilgan boʼlib, bu talablar 2020-2022 yillar davomida 2 martagacha oshirilishi belgilangan. Quyidagi jadvalda ustav fondlariga qoʼyilgan talablar koʼrsatilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |