1. Sug’urtaning rivojlanishi va paydo bo’lishi


Sug’urta faoliyati turlari



Download 0,52 Mb.
bet5/6
Sana14.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#799377
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sug\'urta ishi \'\'Kurs ishi\'\' (2) (3)

Sug’urta faoliyati turlari

Xozirgi kunda

2020 yil 1iyuldan

2022 yil 1iyuldan

1

Umumiy sug’urta soxasida

7,5

15,0

20,0

2

Xayot sug’urtasi soxasida

10,0

3

Majburiy sug’urta bo’yicha

15,0

25,0

35,0

4

Faqat qayta sug’urta uchun

30,0

35,0

45,0

Sugʼurta yigʼimlarining yildan-yilga oʼsib borishiga qaramay, hozirgi kunda sugʼurta yigʼimlarining hajmi respublika yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 0,4 foizni, yaʼni 5 yevroni tashkil etadi. Dunyo boʼyicha ushbu koʼrsatkich oʼrtacha 6,1 foizni, yaʼni 847 yevroni tashkil etadi.


Milliy sugʼurta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash, sugʼurta xizmatlarining talab yuqori boʼlgan yangi turlarini joriy etish, isteʼmolchilarning sugʼurta bozoriga boʼlgan ishonchini oshirish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasining sugʼurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4412-sonli Qarori qabul qilingan.


Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “2019-2020 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining sugʼurta bozorini jadal rivojlantirish boʼyicha «Yoʼl xaritasi»ga asosan 8 ta muhim yoʼnalishlar boʼyicha chora-tadbirlar belgilangan.
Jumladan, Sugʼurta sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan «Sugʼurta faoliyati toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri va «Majburiy sugʼurta turlari toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni loyihalarini ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, sugʼurta sohasini tartibga solish va takomillashtirish boʼyicha Vazirlar Mahkamasining 3 ta qarori va 11 ta normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Sugʼurta faoliyatini tartibga solish tizimini institutsional rivojlantirish yoʼnalishi boʼyicha sugʼurtalovchilar (qayta sugʼurtalovchilar)ning toʼlov qobiliyati normativlari hamda sugʼurtalovchilar tomonidan sugʼurta zaxiralarini hisoblash metodikasi, ularni shakllantirish va joylashtirish tartiblari qayta koʼrib chiqilib, Sugʼurta nazorati xalqaro assotsiatsiyasining asosiy sugʼurta tamoyillari va standartlarini inobatga olgan holda yangi tahrirda qabul qilish koʼzda tutilgan.
Shuningdek, sugʼurta bozori uchun yangilik sifatida sugʼurtalovchilarning yuqori turuvchi boshqaruv organlariga toʼgʼridan- toʼgʼri boʼysunadigan, shuningdek, sugʼurtalovchi toʼlov qobiliyatining yoʼqligi alomatlari va normativlarning buzilganligi aniqlangan taqdirda vakolatli davlat organiga bevosita murojaat qilish huquqiga ega boʼlgan, sugʼurta tashkilotlarida alohida aktuariy shtatini tashkil qilishni nazarda tutuvchi “tayinlangan aktuariy” institutini joriy etish belgilangan.
Sugʼurta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish yoʼnalishi boʼyicha esa, “Sugʼurta agentlari toʼgʼrisida”gi nizomning yangi tahririni hamda “Аdjester, syurveyer va assistans xizmatlarini koʼrsatish tartibi toʼgʼrisida”gi nizomlarni ishlab chiqish maqsad qilingan. Shuningdek, Oʼzbekiston sugʼurta bozori professional ishtirokchilari uyushmasining faoliyatini samaradorligini oshirish va faollashtirish boʼyicha zarur choralar koʼrish orqali uning sugʼurta faoliyatini rivojlantirishdagi rolini kuchaytirish belgilangan.
Sugʼurta bozori professional ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini, toʼlov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirish yoʼnalishi boʼyicha sugʼurta tashkilotlari 2020 yilning oxiriga qadar xalqaro reytinglarni olishi belgilab qoʼyilgan hamda ularning ustav kapitallarini oshirish boʼyicha ham amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish koʼzda tutilgan.
Sugʼurta xizmatlarining isteʼmolchilari va sugʼurta faoliyatining boshqa subʼektlari huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, sugʼurtani ommalashtirish va sugʼurta madaniyatini rivojlantirish yoʼnalishi boʼyicha sugʼurta bozorini va umuman sugʼurta toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni internet tarmogʼida eʼlon qilish amaliyoti joriy etildi.
Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalarida sugʼurtaning afzalliklari, zamonaviy sugʼurta xizmatlari haqidagi maʼlumotlar, sugʼurta shartnomalarini tuzish va sugʼurta qoplamalarini (sugʼurta summalari) toʼlash tartibi, shuningdek, sugʼurta xizmatlari isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish mexanizmlari keng yoritiladi.
Sugʼurta xizmatlari hajmi, koʼlamini kengaytirish va sugʼurta xizmatlari sifatini oshirish yoʼnalishi boʼyicha sugʼurta xizmatlarining, ayniqsa bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda tadbirkorlik faoliyatini sugʼurtalashning, mikrosugʼurtalash, shuningdek, hayotni sugʼurtalash xizmatlarining yangi innovatsion turlari ishlab chiqiladi va joriy etiladi.
Shuningdek, yangi va zamonaviy sotish instrumentlarini joriy etish yoʼli orqali sugʼurta mahsulotlarini sotish kanallarini kengaytirish hamda eksport qilinayotgan tovarlarni bir vaqtning oʼzida yuk sifatida sugʼurtalash mexanizmini joriy etish va milliy eksport qiluvchilarning kafolatlangan sugʼurta himoyasi bilan taʼminlashni inobatga olgan holda, kapitallar, tovarlar va xizmatlarni eksport qiluvchilarga sugʼurta qoplamasini taqdim etish tartiblari takomillashtirilmoqda.
Sugʼurta faoliyatini tashkil etish va tartibga solish sohasida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish yoʼnalishi boʼyicha elektron polislarni sotish va rasmiylashtirish tartibini joriy qilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, internet tarmogʼida Oʼzbekistonning yagona sugʼurta portalini yaratildi.
Sugʼurta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yoʼnalishi boʼyicha maxsus taʼlim kurslari va amaliy treninglar tashkil etish, shuningdek, ularning ishlab chiqarish amaliyotini chet elda oʼtkazish uchun xalqaro dasturlar va jamgʼarmalarning grantlarini jalb qilish boʼyicha chora-tadbirlar koʼrilmoqda.
Shu bilan birga, oliy taʼlim sohasida xorijiy davlatlar hukumatlari, shuningdek, chet el oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish doirasida respublikada sugʼurta ishi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan ilgʼor xorijiy oliy taʼlim muassasalarining filiallarini (fakulьtetlarini) tashkil etish ham koʼzda tutilgan.
Yuqorida taʼkidlab oʼtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2019-2022 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining sugʼurta bozorini jadal rivojlantirishning quyidagi maqsadli koʼrsatkichlariga erishish rejalashtirilgan:




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish