1. Statik noaniq sistemalar to’g’risida tushuncha. Statik noaniq sistemalarni hisoblash usullari. Kuchlar usuli



Download 48,17 Kb.
bet1/3
Sana06.04.2022
Hajmi48,17 Kb.
#532027
  1   2   3
Bog'liq
Qurilish mexanikasi 16-ma\'ruza


16-Ma’ruza


16-mavzu. STATIK NOANIQ SISTEMALAR. KUCHLAR USULI. STATIK NOANIQ SISTEMALAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI. KUCH USULINING MOXIYATI. RAMALARNI KUCH USULIDA HISOBLASH.


Reja:


1. Statik noaniq sistemalar to’g’risida tushuncha.
2. Statik noaniq sistemalarni hisoblash usullari. Kuchlar usuli.
3. Ramalarni kuch usulida hisoblash.


Tayanch iboralar: statik noaniq sistemalar, statik noaniq sistemalarning afzalliklari va kamchiliklari, ichki, tashqi, ham ichki, ham tashqi statik noaniq sistemalar, statik noaniq sistemalarni hisoblash usullari, statik aniqmaslik darajasi.


1. Statik noaniq sistemalar to’g’risida tushuncha.

Qurilishda asosan statik noaniq sistemalar ishlatiladi. Statik noaniq sistemalar statik aniq sistemalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:


1) Statik noaniq sistemalar o’ziga mos bo’lgan statik aniq sistemalarga nisbatan tejamli hisoblanadi (16.1-rasm a va b).
2) Statik noaniq sistemalarda birorta bog’lanishning ishdan chiqishi inshootning butunlay ishdan chiqishga olib kelmaydi. Bu hol statik aniq sistemalarning butunlay ishdan chiqishga olib keladi
(16.1-rasm, a va b);

3) Statik noaniq sistemalar tarkibida ortiqcha bog’lanishlarning mavjudligi ularning mustahkamligini oshiradi (16.1-rasm, a).
Statik noaniq sistemalarning asosiy kamchiligi ularning statik aniqmasligi hisoblanadi.
Masalan, 16.1-rasmda ko’rsatilgan ikki oraliqli AB balkani Shunday uzunlikdagi oddiy AB balka bilan solishtirsak, bu balka statik aniq balkaga nisbatan bitta ortiqcha tayanch bog’lovchiga ega ekanligi ko’rinadi. Bu tayanchlardagi reaktsiya kuchlarini statika muvozanat tenglamalari orqali aniqlash mumkin emas. Shuning uchun bu balka statik aniqmas balka deyiladi.
Demak, elementlarida tashqi kuchlardan hosil bo’ladigan zo’riqish va tayanch reaktsiya kuchlarini statikaning muvozanat tenglama-lari yordamida aniqlab bo’lmaydigan sistemalar statik noaniq sistemalar deyiladi.
S
tatik noaniq sistemaning «ortiqcha» bog’lovchilari soni Shu sistemaning statik aniqmaslik darajasi deyiladi. Masalan: Yuqoridagi balka (16.1-rasm, a) bitta «ortiqcha» tayanch bog’lovchisiga ega bo’lgani uchun, bir marta statik aniqmasdir.
Statik noaniq sistemalar ichki, tashqi, ham ichki, ham tashqi statik noaniq sistemalarga bo’linadi (16.2-rasm). Ichki statik noaniq sistema deb, uchta tayanch bog’lovchisiga ega bo’lgan (yopiq kontur) statik noaniq sistemaga aytiladi (16.2-rasm, a). Uchtadan ortiq tayanch bog’lovchisiga ega bo’lgan, ochiq sharnirsiz sistemalar tashqi statik noaniq sistemalar deyiladi (16.2-rasm, v). Agar sistema yopiq konturdan iborat bo’lib, uchtadan ortiq tayanch bog’lovchisiga ega bo’lsa, bunday sistemalar ichki ham tashqi statik noaniq sistemalar deyiladi (16.2-rasm, b).
Statik noaniq sistemalarni hisoblash statik aniq sistemalarga nisbatan murakkab hisoblanadi. Statik noaniq sistemalarda temperaturaning o’zgarishi va tayanchlar cho’kishi qo’shimcha zo’riqishlarni paydo qiladi. Sistema elementlarining uzunliklari va ko’ndalang kesimlari hisoblashdan oldin belgilangan va aniq bo’lishi kerak. Bu o’lchamlardagi farqlar va elementlarini yig’ishida yo’l qo’yilgan ba’zi noaniqliklar ham sistemada qo’shimcha zo’riqishlar hosil qiladi.



Download 48,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish