3.Analitik tizimdagi tillar.
Analitik – grekcha analitikas – echilish, ajralish demakdir. Analitik tillarning xususiyati shundan iboratki, bu tillarda grammatik munosabatlar qo‘shimchalar orqali emas, analitik vositalar (so‘z tartibi, boғlovchi, ko‘makchi va boshqalar) yordamida ifodalanadi. Ingliz, frantsuz, fors kabi tillar mana shunday tillardir.
Analitik tillarga roman tillari, Daniya, yangi grek va boshqa tilar kiradi.
4. Sintetik tizimdagi tillar. Sintetik tillarda grammatik ma`no qo‘shimchalar orqali, ya`ni so‘zning tarkibida ifodalanadi. Masalan, rus tilida knigu so‘zi leksik ma`nodan tashqari bir necha grammatik ma`nolarni ham ifodalaydi (vinitel’niy padej, birlik va jenskiy rod).
Sintetik (grekcha sintetikos – biriktirish, birikish ma`nolarini anglatadi) tillarga qadimgi hind-evropa tillari, hozirgi Litva, slavyan, nemis tillarining ko‘pchiligi kiradi.
Sof analitik va sof sintetik tillar bo‘lmaydi. Mas., budu pisat’, budesh’ pisat’, budut pisat’, budem pisat’ – pishu, pishesh, pishet, pishut kabi.
5. Polisintetik tillar. Bu tillarga amerika hindulari tili, chukot, koryak va boshqa tillar kiradi. Bu tillarning asosiy morfologik xususiyatlari – ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holni ifodalab kelgan so‘zlar fe`l bilan birikib, murakkab tarkibli qo‘shma so‘z shakliga o‘xshash gap hosil qilishidir. Bunda gap boshida ega, oxirida kesim; to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchilar esa ega bilan kesimning o‘rtasida keladi. Mas., chukot tilida: t’mayn’valmnark’nmen – men (t’), katta (mayn), pichoqni (vala), charxlayapman (mnarkan); ti-ata-kaa-nmi-rkiin - men semiz buғularni o‘ldirayapman.
Transkripsiya va sheva materiallarini transkripsiyada yozish ko‘nikmalari to‘g‘risida
SHevalar fonetika bo‘yicha materiallar
o-lashish va a-lashishning tarqalishi:
a) bir bo‘g‘inli o‘zaklarda: ot//at, oz//az,bosh//bash kabi;
b) ikki bo‘g‘inli o‘zaklarda: bola//bala, ota//ata, bozor//bozar//bazor//bazar singari.
v) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning keyingi bo‘g‘inlarida: qaldo‘rg‘och//qaldo‘rg‘ach, yaxsho‘roq//yaxsho‘raq kabi.
. Birinchi darajali cho‘ziq unlilarning mavjud yoki mavjud emasligi: at//a:d, yaz//ya:z, ot//o:t//o:d singari.
3 Ikkinchi darajali cho‘ziqlik – ultra cho‘ziqlik borligi: shahar//sha::r kabi.
. Lab garmoniyasining mavjud yoki mavjud emasligi:
a) konglum//kongulum//kongilim//ko‘ngl’m singari;
b) turuptu//turupt’//tur’pt’ kabi;
v) ustude//utide//ustde singari.
. Kontrast juft unlilarning mavjudligi yoki mavjud emasligi: Masalan, bol/bol, qol/qol kabi.
6 Cho‘ziq hamda qisqa unlilarning mavjud yoki mavjud emasligi.
7 So‘z boshida o‘rta-tor va o‘rta-keng unlilarning diftonglashuvi /ie, uo, uo‘/:a) ie – iechki//ieshki kabi;
b) uo – uon//von, uog‘li singari;
v) uo‘ – uo‘rdak//uo‘rdek//uo‘rday kabi.
8 So‘z boshida dj/j/i hodisasining tarqalishi: /djoq-joq-yoq/, /djol-jol/yol/ singari.
9 Yumshoq va qattiq unlilarning mavjudligi. Ular so‘zlarni farqlashda ishlatiladimi?
A//YE mosligi uchraydimi? /ayyel-ayol, abir-obro‘, majoz-mijoz, palenchi-palonchi/ kabi.
.O‘//YE mosligi uchraydimi? /o‘tuk-etik, o‘chki-echki/ singari.
. O‘ unlisi U unlisi bilan almashadimi?
YE//U mosligi uchraydimi? /duvona-duvol/devol/ kabi.
1 Tursun, turg‘un, kunduz, chumchu kabi so‘zlardagi ikkinchi bo‘g‘indagi unli qanday talaffuz qilinadi?
U va A tovushlarining almashinishi.
E//I hodisasi uchraydimi? /ergash-irgash, endi-indi/ singari.
E//U hodisasi mavjudmi? /devor-devol-duvol/ kabi.
U//O‘ hodisasi uchraydimi? /uy-o‘y, kuylak-ko‘ylak/ singari.
E//O‘,O hodisasi mavjudmi? /echki-o‘chku-ochku, etik-o‘tuk/ kabi.
So‘z boshida i unlisining tushish hodisasi.
X va H mavjudmi? /hamma-xamma, mehnat-mexnat/ kabi.
F tovushining mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash.
Tor unlilardan so‘ng til orqa undoshlarining mavjudligi.
So‘z boshida /k-g/ va /t-d/ hodisalarining mavjud.
/g‘-v/ hodisasi: /tog‘-tov, og‘iz-oviz/ kabi.
/p-v/ hodisasi: /top-topaman-tovaman/ singari.
/b-p/ hodisasi: /butun-putun/ kabi.
/d-t/ hodisasi: /zavod-zavut, baland-balant/ singari.
/b-m/ hodisasi: /burun-murun, bunday-munday/ kabi.
/y-g//g‘ hodisasi yoki /g-y/ hodisasi bormi? .
/k/q-y, g/g‘-y/ hodisasi.
/ng-y/ hodisasi.
/t-ch/ hodisasi: /ch’sh-t’sh, chusht-tusht/ kabi.
/i-ye/ hodisasi: /xil-xel, tig‘-teg‘, mix-mex/ singari.
/i-u/ hodisasi.
/q/ning sirg‘alish hodisasi: /aq-ak, ax-ox, ko‘k-kok/ singari.
/q-g‘/x/ hodisasi: /toqsan-toxsan, ch’qt’-ch’g‘d’, aq’-ag‘/ kabi.
/x-q/ hodisasi: /xotin-qat’n-xat’n/ singari.
/k-v/ hodisasi: /old’k-olduv, kett’k-kettuv, tuzuk-tuzuv/ kabi.
/k-y/ hodisasi: /terek-terey, bilek-biley/ singari.
So‘z boshida /h/ tovushining orttirilish.
/k-g/ hodisasi: /yekin-yegin, yekip-yegib/ singari.
So‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda /p-b/ hodisasining hosil bo‘lishi: /qap-qap’-qap’m/ (qop) kabi.
So‘z oxirida tor unlilardan keyin /q,k/ tovushlarining o‘zgarishi: /sar’q-sar’-saru-saruv-saru:/ singari.
To‘liq progressiv assimiliyatsiya hodisasining mavjud yoki mavjud emasligi hodisasi: /qo‘shn’-qo‘shsh’, bizni-bizzi-b’z’, tem’rn’-tem’rr’, ketd’-kett’/ kabi.
To‘liq regressiv assimilyatsiyaning mavjud yoki mavjud emasligi hodisasi: /orn’m-onn’m, etles-elles, bord’m-bodd’m/ singari.
/ld-ll/ tovushlarining o‘zgarishi.
Metateza hodisasi: /deyre-daryo, ayleney-aylanay/ singari.
So‘z orasida /n/ ortishi yoki ortmasligi: /ichide-ichinde, tushide-dushinde, qol’de-qol’nde/ kabi.
So‘z boshida /q-k/ hodisasi.
/b-m/ hodisasi: /buni-muni, kesbi-kasbi/ kabi.
/s-ch/ hodisasi: /soch-choch, soch’q-choch’q-chachoq-sechoq/ singari.
/v/ tovushining tushishi natijasida ikkinchi darajali cho‘ziqlikning vujudga kelishi hodisasi: /ovqet-o:qet, hovl’-ho:l’/ singari.
SHevada quyidagi fonetik hodisalardan qaysisi uchraydi?
/bm-pp//mm/ hodisasi: /boribman-borippan-borimman/ kabi.
So‘z boshida /v,y/ hodisasi orttirilishi hodisasi.
So‘z ichida va oxirida /h/ tovushining tushirilishi hodisasi.
/g‘,q,k/ tovushlarining tushishi natijasida ikkinchi darajali cho‘zliqning vujdga kelish hodisasi.
/f-p/ hodisasi: /falonch’-pelonch’, febr’ke-pebr’ke, fot’me-pot’me, oftob-optob/ kabi.
/x-g‘/ hodisasi: /xoroz-g‘oroz, xotik-g‘otik, xəznə-g‘aznə/ singari.
/t-h/ hodisasi: /əhləs-ətləs, əhlə-xətlə/ kabi.
So‘z o‘zagida ayrim tovushlarning takror kelishi uchraydimi? /tepə-teppə, həqim-həqqim/ kabilar.
SHevalar morfologiya bo‘yicha materiallar to‘plash
SHevalarning morfologiyasiga oid bu dastur so‘z turkumlari va morfologik kategoriyalar bo‘yicha tuzildi:
Qaratqich /-ning/ va tushum kelishigi /-ni/ affikslarining farqlanishi yohud farqlanmasligi.
Qaratqich kelishigi affiksining qanday variantlari mavjud? /-ning, -n’ng, -d’ng, -ding, -t’ng, -ting, -d’n, -t’n/.
Tushum kelishigi affiksining variantlari: /-ni, -n’, -d’, -t’, -’, -i.
Jo‘nalish(-ga) va o‘rin-payt(-da) kelishiklari affikslari.
SHevada qanday qo‘shma otlar uchraydi?
SHevada turuk/duruk/dirik/tirik affikslari orqali ot yasaladimi? Bo‘yinturuq, umulduruq, umildiriq, shumulturuq, papultiriq/ kabi.
Jo‘nalish kelishigi affiksining variantlari.
O‘rin-payt kelishigi affiksining qanday variantlari mavjud?
Chiqish kelishigi affiksining qanday variantlari mavjud?
Ko‘plik affiksi (lar) ning qanday variantlari mavjud?
-lar yoki -la affikslari hurmat ma’nosida yakka shaxslarga nisbatan ham ishlatiladimi? /dədəmlə, ëkəmlə/ kabi.
SHevada egalik affikslarining qanday variantlari mavjud? /mekteb’m’z, mektep’m’z, mektap’vuz, uy’m’z, oy’vuz/ kabilar.
SHevada ëpemle-ëpemg’le, ëy’mle-ëy’mg’le, buv’mle-buv’mg’le formalari mavjudmi?
«Ko‘k» sifatining orttirma darajasining qanday variantlari uchraydi? /ko‘m-ko‘k, kom-kov, kum-kuv, kokmek/ kabi.
-rëq affiksining qanday variantlari mavjud? /-rek, -rëk, -rëg‘, -rog‘, -ro:, -lav, -tav/ kabi.
-g‘ën, -ëng‘ch, -ək kabi sifat yasovchilari?
Tartib son yasovchi affikslarning qanday variantlari mavjud?
Birdan o‘ngacha sonlar va o‘nlik, yuzlik, minglik sonlar qanday talaffuz etiladi? SHeva vakiliga sanatib yozib oling.
Shaxs va ko‘rsatish olmoshlarining quyidagi ko‘rinishlaridan qaysilari shevada ishlatiladi? Masalan: men-mən, sen-sən, u-ul-ol-vol, b’z-b’zlər-b’zər-b’zə, bu, shu, sho, oshe, sh’, həylə-həyləho, ənə-ən’, mənə-mən’, mənə bu-mənvu-mənov-m’nov, ana u-ənov kabilar.
So‘roq olmoshlarining qanday variantlari uchraydi?
Jo‘nalish kelishigidagi shaxs va ko‘rsatish olmoshlarining ifodalanishi: /mengə-məngə-mag‘an, senga-sangə-səngəe-səg‘an/ kabi.
Chegara ma’nosini bildiruvchi affikslarning qanday variantlari bor? /-gachə, -kəchə, -qacha, -devur, -chovur, -chavur, -dong/ kabi.
Konkret-aniq hozirgi zamon fe’llarining ifodalanishi: -vot, -vut, -yap, -yəp, -ut, -op, -yat’r, -djat’r/ kabilar.
SHevada kelasi zamon fe’lining ifodalanishi: -djek, -djaq, -chek, -chaq, -əd’gən, -ad’gan, -miz, -vuz, -vuzo: /bardjaqman, geldjekman, barchaq, borəd’gənmən, keləd’gənmən, borəm’z, borovuz, borovuze/ kabi.
Kelasi zamon fe’lining ketarmishman, ketarmishsan, ketarmish kabi formalari mavjudmi?
O‘tgan zamon fe’llarining ifodalanishi: -dik, -duk, -duv, -dig /bord’k, bordug, borduv, keldig/, -vuz, -vuze, -d’y’z, -m’sh, -gan, -kən, -miz /borduvuz, borduvuze, bor’m’sh, barg‘amm’z, boruvkemm’z, bord’m’z/ kabilar.
SHevada buyruq-istak maylining qanday variantlari mavjud? -g‘al’, -geli, -al’, -el’, -eyluk, ’lyluv: /baral’, boreylik, boreyluv/ kabi.
-maqchi, -mëxchi, -mëqchi, -më:chi, -mag‘chi, -maxchi affikslari.
-gudek, -g‘udek yordamida tuzilgan fe’l formalari mavjudmi?
Otvordi, yutvordi, ketvorduk, aytvur-etvur, sëtvëldi, ëpqëldi, ëbëraman, ëpke-apke tipidagi qo‘shma fe’llar uchraydimi?
Fe’lning orttirma daraja formalari (-t, -at, -it, -giz, -k’z, -q’z, -g‘z, -gaz, -kaz, -qaz, -g‘az, -i, -az, -tir, -dir, -ir).
Bor’b edi-baribed’-barivedi-boruvd’ so‘zlari.
-(a)r, -mas affikslari qatnashgan so‘zlar qo‘llanadimi?
Sifatdosh yasovchi qo‘shimchalar.
SHevada ravishdosh yasovchi qo‘shimchalar?
O‘rganilayotgan shevada munda, uyog‘də, buyog‘də, shuyog‘də, byog‘də, əg‘də, bəg‘də, əqqə, bəqqə, shəqqə, shəg‘də, o‘ttə, ottə, bo‘ttə, sho‘ttə, uyyerdə, sherdə, shettə, uyon, buyon, shuyon, boz, bo, yənə, yənəbo, tag‘n, tag‘a, tag‘ndə, song, son, sog‘n, b’ryole kayubi ravishga oid so‘zlar?
Fe’lning birgalik daraja formalari: bol’ler kel’shed’, k’tob o‘q’shed’ kabi aytiladimi yoki bol’l’r keled’ler, k’tob oq’yd’ler formasida -sh, -ish affikslari olmasdan talaffuz qilinadimi?
To‘liqsiz fe’lning quyidagi formalaridan qaysi biri ishlatiladi: edi (di), ekan (kan, akan), emish (emush, mush, mish)?
Bilan ko‘makchisining tarqalishi: kim b’len, kim minan, k’m m’nen, kimmen, kummen kabilar.
Lekin ko‘makchisining qanday dialektal variantlari uchraydi?
-m’//-mi//-ma//-me//-ne so‘roq yuklamalarining tarqalishini aniqlang: bërm//bërma//barna//keləd’m’//keləmə kabilar.
Adabiy tildagidan farq qiluvchi so‘z yasovchi affikslar.
SHevada qanday emotsional so‘zlar mavjud? .
Tovushga taqlid so‘zlarning qanday turlari mavjud?
SHevadagina uchraydigan qo‘shimchalar haqida to‘xtaling.
SHevalar leksika bo‘yicha materiallar to‘plash
Quyidagilarga talaba o‘rganayotgan shevasi materiallari asosida har biriga 20 (yigirmata) dan misollarni javoblarida yozishlari lozim:
SHevangizga oid 30ta maqtov so‘zlarini yozing.
SHevangizga oid 30ta qarg‘ish so‘zlarini yozing.
Antonimlarni qayd eting.
SHevada uchrovchi omonimlarni to‘liq yozib olishga harakat qiling.
Mazkur shevada uchragan sinonimlarni birma-bir yozib oling.
SHeva hududidagi joy nomlari – toponimlarni yozing.
SHeva hududida uchrovchi gidronimlar.
SHeva vakillari yashayotgan hududga xos tarixiy inshoot va binolarning, machitlarning nomlarini yozib, izohlang.
SHeva vakillari nutqiga xos qabriston nomlari.
SHeva mavjud bo‘lgan hududda uchrovchi etnografik nomlar.
SHevada uchrovchi qarindosh-urug‘chilik atamalari.
SHeva vakillari nutqidagi uy-ro‘zg‘or buyumlarining nomlari.
SHevaga xos kuyov salomlar.
SHevaga oid kelin salomlar.
SHevadagi tez aytishlar.
SHevada qo‘llanuvchi oziq-ovqat nomlari.
SHevada qo‘llanuvchi kiyim-kechak nomlari.
SHevada qo‘llanuvchi ish-qurollarining nomlari.
SHevada qo‘llanuvchi zeb-ziynat, taqinchoqlarning nomlari.
SHevada qo‘llanuvchi parranda nomlari.
SHeva vakillari asrovchi uy hayvonlari nomi.
SHevada qo‘llanuvchi yovvoyi hamda yirtqich hayvonlar.
SHeva vakillari ishlatuvchi ovchilik va baliqchilik atamalari.
SHeva vakillari aloqador bo‘lgan urug‘ va qabilalarning nomlari?
To‘y bilan bog‘liq so‘zlar.
/Zag‘izg‘ën, hekke, alashaqshaq /so‘zlari.
/Chug‘urchuq, qëreyeloq, yelëq/ so‘zlari.
SHevada /temene, juvold’z, yo‘g‘on igna/ so‘zlari.
Satil, paqir, chelak so‘zlarining qaysi biri qo‘llanadi?
Palos vazifasini bajaruvchi qanday so‘zlar shevada bor?
O‘limga oid sheva so‘z va ularni gaplar, marsiyalar bilan izohlang.
SHevada erkalash ma’nosini ifodalovchi so‘zlar?
O‘rganilayotgan shevada qarg‘ish (haqorat) .
Quyidagi leksik dubletlardan qaysi biri shevada aktiv qo‘llanadi? Masalan: /nervon, shot’, zeng’, norbon, ot’r, kel’, so:q’, goshenge, ch’m’ld’q, gosheyene, chimild’q, duxobe, baxmal, barq’t, chechvon, chashpant, ch’mmet, chimmet, nonpar, chek’ch/ kabilar.
Shunday qilib iborasining shevada boshqa varianti bormi?
SHevada «bo‘yniga olmadi», «rad etdi», «munkir keldi» iboralarining qaysi biri ishlatiladi?
SHevada «dedi, didi, eytt’, ett’» so‘zlari?
SHevada «piyava shorva//shorba, qore shorve//qora shorva, pyova, vag‘lama» so‘zlaridan qay biri uchraydi va qanday ma’noda ishlatiladi?
Quyidagi iboralarning qaysi biri o‘rganilayotgan shevag xos?
A) kuchuk tishladi yoki qopdi;
B) sigir suzdi yoki shoxladi.
«CH’royl’, kohl’k//kohlu, korkem, suluv» so‘zlari.
Tasdiq ma’nosini ifodalovchi «ha» so‘zi.
Adabiy tildagi «qidirmoq» so‘zining qanday variantlari mavjud?
«Suvda suzmoq» iborasi shevada qanday qo‘llanadi?
Yil fasllari shevada qanday nomlangan?
SHevada hunarmandchilikka oid qanday atamalar bor?
SHevada «etik», «kalit», «childirma» so‘zlari bormi?
SHevada palovni suzadigan idish qanday ataladi?
Kir yuvadigan tog‘oraning shevada qanday nomlari bor?
SHevada «arqon» so‘zining boshqa variantlari bormi?
SHevada qozonning qopg‘og‘i qanday nomlanadi?
Adabiy tildagi «g‘isht» so‘zining qanday variantlari mavjud?
«Bolta, oybolta, tever//teber» so‘zlari?
SHevada «do‘ppi» so‘zining boshqa variantlari bormi?
SHeva vakillari qo‘llaydigan pichoq turlarini yozing, ixohlang.
Adabiy tilda qo‘llanuvchi «toza» so‘zi bu o‘rganilayotgan shevada.
SHevada «yangi» so‘zining boshqa variantlari bormi?
«Marza, pol, taxta» so‘zlari bormi?
«Pushta, jo‘yak, chel, tirgak» so‘zlari bormi?
«Tashlama, zaykash, zaxkash, solma, zovur//zavr» so‘zlari bormi?
Adabiy tildagi «sharshara» so‘zi.
«To‘g‘on» so‘zi shevada ham qo‘llanadimi?
Uy hayvonlarini chaqiradigan so‘zlar shevada bormi?
Uy hayvonlarini haydaydigan so‘zlar ham shevada bormi?
SHevada «echki, uloq» so‘zlarining yana qanday variantlari uchraydi?
SHevada ayollar qo‘llaydigan qo‘pol so‘zlarni yozish(20ta).
SHevada o‘g‘il bolalar qo‘llaydigan qo‘pol so‘zlarni yozish(20ta).
SHevada qizlar qo‘llaydigan qo‘pol so‘zlarni yozish(20ta).
SHevada momolar qo‘llaydigan qarg‘ishlarni yozish(20ta).
SHevada ayollar qo‘llaydigan qarg‘ishlarni yozish(20ta).
SHevada erkaklar qo‘llaydigan qo‘pol so‘zlarni yozish(20ta).
SHevada eshakning bolasini qanday so‘zlar bilan atashadi?
Adabiy tildagi «ari» so‘zining bu shevada variantlari bormi?
Qo‘y va echkilarga qiron keltiradigan yirtqich hayvon nomi?
SHevada «it, mushuk» so‘zlarining qanday variantlari bor?
Adabiy tildagi «chittak» so‘zining bu shevada variantlari bormi?
«Chumoli» so‘zi shevada qanday so‘zlar bilan ataladi?
Adabiy tildagi «ninachi» so‘zining bu shevada variantlari bormi?
«Oshqovoq» so‘zi.
«Or’k, g‘ol’n, zordol’» so‘zlaridan qaysi biri shevaga xos?
«Yelp’z, p’d’ne//pidana, h’lve» so‘zlaridan qaysi biri shevaga xos?
SHevada «murch va qalampir» so‘zlari.
Adabiy tildagi «non» so‘zi.
«Rovech//ravoch, chukur’» so‘zlaridan qaysi biri shevaga xos?
«Dovuchche, davuchcha, davcha, duvche, devcho, g‘ora» so‘zlari.
«Ishkom, voyish, so‘ri» so‘zlaridan qaysi biri shevaga xos?
Adabiy tildagi «bola» so‘zining qanday variantlari.
«Mo‘ylov» so‘zining qanday ko‘rinishlari mavjud?
Adabiy tildagi «chaqaloq» so‘zining qanday variantlari bor?
O‘rganilayotgan shevada kishi a’zolari nomlari.
«Ochofat, xasis» kabi kishi xarakteridagi kamchilik-nuqsonni bildiruvchi so‘zlar shevada qo‘llanadimi? Qo‘llansa, misollar yozing.
Tegirmonchilikka oid atamalar bu shevalarda qo‘llanadimi?
Etikdo‘zlikka oid atamalar bu shevalarda qo‘llanadimi?
Temirchilikka oid atamalar bu shevalarda qo‘llanadimi?
SHevada qanday og‘irlik o‘lchovlari qo‘llaniladi?
SHevada hunarmandchilik atamalari bormi?
Ushbu shevada tovuq, xo‘rozlarning turlari?
SHevada vaqt o‘lchovlarini anglatuvchi so‘zlar.
«Dj’ger, bag‘r, bavur» so‘zlarining qaysi biri shevaga xos?
«Kiprik, kirpik, mujgon» so‘zlari?
«Bësh va kalla» so‘zlari shevada qanday ma’nolarda qo‘llanadi?
«Peshone, mengley» so‘zlari shevada qanday ma’nolarda qo‘llanadi?
/Dost//dos, ortoq, djora//djoro//djorjon, esh, yoldësh, ëg‘eyn’, boy’nse, ëshne/ so‘zlarining qaysi biri o‘rganilayotgan shevada mavjud?
SHevada «qo‘shni» so‘zining qanday variantlari mavjud?
«Xola» so‘zi shevada ishlatiladimi?
SHevada xolaning bolasini qanday so‘zlar bilan atashadi?
«Pochcha» so‘zi shevada qanday variantlarda ishlatiladi?
SHeva kishilari akasining xotinini qanday chaqiradilar?
«Boldiz, kundosh, ovsin, beka, bekach, oyim, aya, qayin, qayinsingil, qayinog‘a» so‘zlaridan qaysi biri ko‘p ishlatiladi?
Bolalarning yosh jihatdan farqlanishi shevada qanday holatda?
SHevada adabiy tildagi «ona» so‘zining qanday variantlari bor?
Imorat va uning qurilishiga oid shevaga xos bo‘lgan so‘zlar.
Chevarchilikka oid atamalarni yozib olish.
Kashtachilikka xos atamalarni qayd etish.
SHevada qanday gul nomlari tez-tez ishlatiladi?
Bug‘doy navlari sheva vakillari nutqida qo‘llanadimi?
Qovun navlari shevada qanday variantlarda saqlanib qolgan?
Tarvuz navlari?
SHevangizga oid urug‘-qabila nomlarini qayd etish.
Uzum navlari yozish.
SHevada qush oviga oid qanday so‘zlar ishlatiladi?
Arava va aravasozlikka oid qanday so‘zlar?
Uy bezatishga oid qanday so‘zlar shevada mavjud?
Dam olishga xos bo‘lgan qanday so‘zlar shevada ishlatiladi?
SHeva vakillari nutqida qanday xalq o‘yinlarining nomlari?
To‘y nomlaridan qaysi birlari shevada ko‘proq qo‘llanadi?
Beshik to‘yi qanday o‘tkaziladi?
O‘g‘il to‘y qanday holda bo‘ladi?
Qiz to‘yi qanday o‘tkazilmoqda?
SHevada «aqql’, ëdëbl’» so‘zlari.
«O‘qituvchi, muallim» so‘zlari.
SHevada «yostiq, bolish, lo‘la, lo‘lva, takya» so‘zlari.
O‘rganilayotgan shevada eskicha pul sanog‘i mavjudmi?
Uy-ro‘zg‘or nomlarini yozish.
Harakat nomlarini birima-bir qayd qilish.
Ovqat nomlarini yozish.
SHevangizga oid sutli ovqatlarning nomi yozib, izohlang.
SHevangizga xos yog‘li ovqatlarning nomlari.
SHevaga oid “Yor-yor”larni yozib, ulardagi dialektal so‘zlarning tagiga chizing.
SHevaga oid “Kuyov salom”larni yozib, dialektal so‘zlarini belgilang.
“Charlar” qanday o‘tkaziladi? Ulardagi , ulardagi dialektal so‘zlarning tagiga chizing.
Kelin salomlar yozing, ulardagi dialektal so‘zlarning tagiga chizing.
Kelinlar uy bezagi nomlarini yozing.
Ovqatlarni pishirish usulini birma-bir yozing.
To‘ylarning nomi va o‘tkazilish tartibini yozib, ulardagi dialektal so‘zlarni belgilang.
Darvishona urfini bayon eting va undagi dialektal so‘zlarning tagiga chizing.
Avodlaringizning ismlarini tug‘ilgan va o‘lgan yillari asosida yozing.
Marhumlar uchun qanday urf-odatlar o‘tkazilib turadi?
SHevangizga oid kiyim nomlarini yozing, izohlang.
SHevangizga xos erkaklarning qishki va yozgi kiyimlarining nomini yozing va izohlang.
SHevangizga xos ayollarning kiyimlarining nomlari.
SHevangizga xos bolalar kiyimlarining nomlari.
SHevangiz vakillariga xos urf-odatlarning nomi.
Bezak nomlarini qayd etish.
SHeva vakillari nutqida qo‘llanadigan toponimlarni qayd etish.
SHevangizga oid hikmatli so‘zlarni yozing.
SHevangizga xos frazeologizmlarni qayd etib, ma’nolarini yozish.
SHevangizga oid bo‘lgan maqollar.
SHevangizga oid tez aytishlarni yozib, undagi dialektal so‘zlarning tagiga chizing.
SHeva vakillari izohlagan toponimlarni yozib olish.
SHevangizga oid marsiyalarni yozib, undagi dialektal so‘zlarning tagiga chizing.
SHevalar sintaksis bo‘yicha materiallar to‘plash
SHevalar sintaksisiga (10 tadan misol) e’tibor qaratishlari maqsadga muvofiq:
SHevaga xos so‘z birikmalarini qayd etish.
SHevaga xos sodda gaplarni yozing.
Gap tuzilishida bo‘ladigan alohida holatlarni qayd qilish.
Sodda gaplarning turlarini qayd etish.
Bir sostavli (bir o‘ramli) gaplarning alohida turlari uchrasa, ularni yodlab olish.
Gap bo‘laklarining shevaga xos joylashish xususiyatlarini aniqlash.
SHeva vakillarigagina xos so‘z birikmalari bormi?
SHevada tarafi bëzër, buluti siyë, guli ra’në, mëzëri kalon kabi izofali so‘z birikmalari mavjudmi?
Tobe so‘z ko‘makchi bilan bog‘langan holda keladimi? (Bolasiychun opti-bolasi uchun opti kabilar).
Qo‘shma gapning shevaga xos xususiyatlariga e’tibor berish va ularni yozib olish.
Qo‘shma gapning shevaga xos qanday turlari uchradi?
SHevadagi gaplarda gap bo‘laklari.
SHevangizda sodda gapdan ko‘p foydalanadimi?
SHevangizda qo‘shma gapdan ko‘p foydalanadimi?
SHevangizdagi gaplarda kiritma bo‘laklar ham qo‘llanadimi?
O‘zga gapning alohida turlari uchrasa, ularni qayd qilish.
SHevada bir so‘zdan iborat gaplar uchradimi?
SHevangizda ajratilgan gap bo‘laklari.
SHevaga xos bo‘lgan har qanday sintaktik oborot va konstruksiyalar.
Murakkab konstruksiyali gap(matn)lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |