OTLARNING EGALIK VA KELISHIK QO’SHIMCHALARI BILAN O’ZGARISHINI O’RGANISH.
Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan turlanishini o’rgatish. Egalik qo’shimchalari bilan tanishtirish. Otlarning egalik qo’shimchalari bilan turlanishida tovush o’zgarishlar haqida ma’lumot berish. Egalik qo’shimchalarining yozilishi haqida ma’lumot berish. Otlarda kelishik qo’shimchalarining ishlatilishi.
Kelishiklarni bilib olish maqsadida so‘roqlardan foydalaniladi. Buning uchun o‘quvchilar, birinchidan, so‘roqni otning yakka o‘ziga emas, balki gapda ot ma’no tomondan bog‘langan so‘zdan shu otga berishni o‘rganishlari, ikkinchidan, kelishiklarning so‘roqlarini yaxshi bilishlari zarur.
Kelishiklarning xususiyatlarini o‘rganishga qulaylik yaratish uchun har bir kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o‘rganish maqsadga muvofiq:
- Kelishiklarning grammatik asosi.
- So‘roqlari.
- Qo‘shimchasi.
- Gapdagi vazifasi. Kelishiklarni shu tarzda o‘rganish ularni o‘zaro taqqoslashni yengillashtiradi va ongli o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |