1. Sotsial psixologiyada shaxs muammosi. ―Men ‖ konsepsiyasi. ―Men‖ obrazi Ijtimoiy tafakkur Ijtimoiy ong. Shaxslararo munosabatlarning emotsional asosi Sotsial ustanovka tushunchasi. Adabiyotlar



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana03.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#631604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
6-mavzu.Sotsial va shaxslararo munosabatlar

psixodinamik, ijtimoiydinamik
va 
interaksion 
nazariyalarga 
bo‗lish mumkin

Psixodinamik nazariyalarga shaxsning ruhiy yoki ichki 
xususiyatlaridan kelib chiqib, uni ta‘riflovchi va hulq-atvorini tushuntirib beruvchi 
nazariyalar kiradi. Ijtimoiydinamik nazariyalarning nuqtai nazariga ko‗ra, hulq-
atvor determinatsiyasida asosiy o‗rinni tashqi vaziyatlar egallaydi. Interaksion 
nazariyalar insonning dolzarb faoliyatini boshqarishdagi ichki va tashqi 
omillarning o‗zaro harakati tamoyiliga asoslangan.
SHaxs haqida ma‘lumotlarga ega bo‗lish usuliga ko‗ra barcha 
nazariyalarni 
eksperimental 
va 
noeksperimental
larga 
bo‗lish 
mumkin
.
Eksperimental shaxs nazariyalariga tajriba o‗tkazish yo‗li bilan 
to‗plangan ma‘lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan 
nazariyalar, noeksperimentallarga esa – mualliflari tajribaga murojaat qilmasdan 
turib, hayotiy taassurotlarga, kuzatishlar va tajribaga tayangan holda nazariy 
bilimlarni umumlashtiradigan nazariyalar kiradi.
Navbatdagi nazariyalarni tasniflashga asos bo‗lib xizmat qiladigan nuqtai 
nazar mualliflarning shaxsni 
tuzilishga ega bo‘lgan
yoki 
dinamik
hosila sifatida 
tasvirlovchi qarashdir. 
Tuzilishga ega bo‘lgan
nazariyalar qatoriga tushunchalar 
tizimi yordamida tasvirlanuvchi shaxs tuzilishini aniqlash asosiy muammo bo‗lib 
hisoblanadigan nazariyalar kiritiladi. 
Dinamik 
nazariyalar deb, asosiy mavzusi 
shaxs taraqqiyotida qayta tuzish, o‗zgartirish, ya‘ni, uning dinamikasiga taalluqli 
bo‗lgan nazariyalarga aytiladi.
Shuningdek, yosh va pedagogik psixologiyada yuzaga kelgan bir qator shaxs 
nazariyalari mavjud. Bunday nazariyalar shaxs taraqqiyotining inson tug‗ilganidan 
boshlab maktabni bitirishigacha bo‗lgan, chegaralangan yosh davrini ko‗rib 
chiqishga 
asoslangan. Bundan 
tashqari, mualliflari 
o‗z oldilariga shaxs 
taraqqiyotini insonning butun umri davomida kuzatish vazifasini quygan 
nazariyalar ham mavjud.
Shaxs nazariyalarini tasniflash uchun asos bo‗ladigan yana bir holat, bu 
nazariyalardagi shaxsning ichki xossalari, qirralari va sifatlari yoki uning tashqi 
ifodalanishi, masalan, hulq-atvori va harakatlariga qaratilgan e‘tibordir. Shu 
asosda qirralar nazariyalarini ajratish mumkin. Nazariyalar ushbu guruhining 
holatlarga ko‗ra, barcha odamlar bir-biridan alohida, mustaqil qirralarning 
rivojlanganligining to‗plami va darajasi bilan farqlanadi, shaxs haqidagi 
ma‘lumotlarni esa, test yoki shaxs qirralarini aniqlash va tasvirlashning boshqa 
usuli yordamida, masalan, ma‘lum insonni kuzatgan turli odamlarning hayotiy 
kuzatishlarini umumlashtirish asosida olish mumkin. Shaxs qirralariga baho 
berishning ikkinchi usuli barcha odamlarni tipologik guruhlarga birlashtirishdan 
iborat. Bunda bir xil tipologik guruhga tegishli bo‗lgan odamlar yaqin psixologik 


xususiyatlarga ega bo‗ladilar, va ular o‗zlarining hulq-atvori bilan bir-birlariga 
juda o‗xshash bo‗ladilar.
r.s.nemov tomonidan ko‗rib chiqilgan shaxs nazariyalarining tasniflaridan 
tashqari, boshqa tasniflar ham mavjud. Shulardan biri b.v. zeygarnik tomonidan 
ko‗rib chiqilgan mavjud bo‗lgan shaxs nazariyalarini mazmun-mohiyat va tarixiy 
tamoyillarda, ularning yuzaga kelishi va taraqqiyoti sharoitlariga bog‗liq holda 
o‗rganishdir. Bunda nazariyalarning quyidagi guruhlari ajratiladi: freydizm va 
neofreydizmning 
shaxs 
nazariyalari, shaxsning 
umuminsoniy 
nazariyalari, 
ekzistensial psixologiyaning shaxs nazariyalari, fransuz ijtimoiy maktabining shaxs 
nazariyalari va boshqalar.
Qisqacha asosiy psixologik shaxs nazariyalarini ko‗rib chiqamiz

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish