O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Fizika - matematika fakulteti
Matematika o’qitish metodikasi kafedrasi
«Matematika o’qitish metodikasi» ta’lim yo’nalishining 3v - guruh talabasi
Rahimova Rayxonning matematik analiz fanidan
«Kompleks hadli sonli va funksional qatorlar» mavzusidagi
KURS ISHI
Kafedra mudiri:
|
dots. B. Prenov
|
|
Ilmiy rahbar:
|
A.Xalqnazarov
|
Bajargan:
|
R.Rahimova
|
Nukus - 2022
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………3
1§. Sonli qatorlar haqida tushuncha……………………..…………...4
2§. Funksional qatorlar haqida tushuncha………………..……….....13
3§. Kompleks hadli sonli qatorlar yaqinlashishining zaruriy sharti…18
4§. Funksional qatorlarda tekis yaqinlashish belgisi……………..….20
Xulosa……..………………………………………………………….23
Adabiyotlar…..…………………………………………………….....24
Kirish
Mamlakatimiz rivojlanishi yo’lida yosh avlodni chuqur bilimli, kelajakda yetuk kadrlar qilib yetishtirish uchun hozirgi kunda alohida e’tibor berilmoqda. Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash, ularning iqtidorini ro’yobga chiqarish va ularga zamonaviy ilmlarni berish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Shuning uchun faqat maktab dasturi bilan cheklanmasdan, o’quvchilarning matematik bilim va tafakkurini chuqurlashtirish, fikrlash doirasini kengaytirish, tasavvur qilish qobiliyatini o’stirish maqsadi mazkur kurs ishida mujassamlashtirildi.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida o’zgarishlar yuz bermoqda, ayniqsa, talabalarga bilimlarni chuqur o’rgatish hamda ularni ko’proq mustaqil ishlashga o’rgatish ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biridir.
Biz yoshlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to`liq javob beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz. Kompleks hadli qatorlar kompleks analizning muhim tushunchalaridan biri bo’lib, ularning klassifikatsiyasi o’rganiladi. Ularning klassifikatsiyasi, yaqinlashuvchi va uzoqlashuvchi qatorlarning qoldiq hadlari o’rganiladi. Kompleks hadli qatorlar kompleks analizning turli sohalarida keng qo’llaniladi. Funksional qatorlar ba’zi bir funksiyalarning qiymatlarini hisoblashda to’g’ridan-to’g’ri hisoblab bo’lmaganligi uchun, ularni funksional qatorga yoyib hisoblanadi.
Asosan har qanday elementlar funksiyaning qiymatlarini hisoblashda albatta qatorlar yordamida hisoblanadi. Bunga misol hozirgi kecha kunduzda hisoblash matematikasida kompyuterlarda funksiya qiymatlarini qatorga yoyib hisoblanadi. Shuning uchun qatorlar mavzusi dolzarb hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi kompleks hadli sonli va funksional qatorlarning tadbiqlarini o’rganish, ularga doir teorema va misollarni o’rganishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |