1– Sonli maruza Mavzu: Fiziologiyaning predmeti va usullari Asosiy savollar


kabi bazi fiziolog va filosoflarning asarlarida mexanizm yaqqol namoyon bo’ldi. XIX asrda fiziologiyaning rivojlanishi



Download 436,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana16.03.2022
Hajmi436,33 Kb.
#495315
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
№1 узб

 
kabi bazi fiziolog va filosoflarning asarlarida mexanizm yaqqol namoyon bo’ldi.
XIX asrda fiziologiyaning rivojlanishi.
Bu asrda fiziologiya anatomiya va 
gistologiyadan butunlay ajralib chiqib, mustaqil fanga aylandi va juda yirik 
muvaffaqiyatlarga erishdi. qo’shni fanlardagi bir necha ajoyib muvoffaqiyat va 
kashfiyotlar: organik kimyo yutuqlari, energiyaning saqlanish va o’zgarish qonuni 
isbot etilganligi, hujayraning kashf etilganligi va organik olamning rivojlanish 
nazariyasi yaratilganligi fiziologiya uchun juda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 
O’tgan asrning 40-yillarida R.Meyer, J.Joul va G.Gelmgolts energiyaning 
saqlanish qonunini aniqladi. Energiyaning saqlanish qonuni aniqlanganligi tirik 
organizmda energiyaning o’zgarishini o’rganishga mustahkam zamin bo’ldi. 
Organizm faoliyatida namoyon bo’luvchi energiya haqidagi masala uzoq vaqt sir 
bo’lib kelgan bo’lsa, endi ravshan bo’ldi. Tabiatda energiyaning aylanib yurishi 
tushunarli bo’lib qoldi: quyosh nurlarining erkin energiyasi K.A. Timiryazev 
ko’rsatganidek, o’simlik organizmida murakkab organik birikmalarning kimyoviy 
energiyasiga aylandi. Yashil o’simliklar fotosintezi jarayonda shu birikmalar hosil 
bo’ladi; ovqat bilan olingan organik birikmalar hayvon organizmida 
parchalanganda ularning kimyoviy energiyasi bo’shab chiqib, energiyaning kinetik 
turlariga, yani issiqlik, mexanik, potentsial energiyani to’playdi va yig’iladi. 
hayvonlar esa organizmda kimyoviy reaktsiyalar natijasida moddalarning 
parchalanishidan bo’shab chiqadigan energiyadan foydalanadi va, shu tariqa, 
o’simliklar to’plagan energiyani sarflaydi. 
Asosiy oziq moddalar organizmdan tashqarida yoqilganida bo’shab 
chiqadigan issiqlikning miqdori, boshqacha qilib aytganda, ularning kalorik 
qiymati XIX asrning ikkinchi yarmida olimlarning ishlari tufayli o’rganildi. Ayni 
vaqtda fiziologlar organizm tinch turganda yoki biror ish bajarayotganda ajralib 
chiqadigan energiya miqdorini hisobga olish usullarini yaratdilar (vositali va 
vositasiz kalorimetriya usullari - M.Rubner, V.V.Pashutin, A.A.Lixachev, 
F.Benedikt va U.Etuoter). Organizm malum oziq moddalarni istemol qilgan vaqtda 
va shu moddalar organizmdan tashqarida yoqib ko’rilganda materiya va 
energiyaning saqlanish qonuniga yarasha bir xil miqdorda issiqlik energiyasi hosil 
bo’lishi murakkab eksperimentlar asosida aniqlandi.


Tekshirishning fizikaviy usullari sezgi azolarini va tashqi olamni sezish 
sharoitini o’rganishda juda katta yordam berdi. XIX asrda G.Gelmgolts va 
boshqalar bu sohada, ayniqsa ko’rish va eshitish fiziologiyasida ko’p faktlar 
to’plashdi. Ko’z va quloq retseptorlarini tekshirish uchun sezgir asboblar ixtiro 
qilinadi va bu azolar faoliyatini tushuntiruvchi nazariyalar yaratiladi. 
Reaktsiyalarni qayd qilish usullari ishlab chiqilgani tufayli turli fiziologik 
jarayonlarning qancha davom etishini aniq o’lchash mumkin bo’ldi. hattoki 
qo’zg’alishning nerv bo’ylab tarqalish tezligi kabi tez o’tuvchi jarayon ham miqdor 
– fazo - vaqt jihatidan o’lchandi (G.Gelmogolts). 
Aka-uka E. va E. Veberlar sayyor (adashgan) asabning yurakka 
tormozlanish tasir etishini, İ. F. Tsion simpatik asabning yurak qisqarishlarini 
tezlashtiruvchi tasirini, İ.P.Pavlov esa shu nervning yurak qisqarishlarini 
kuchaytiruvchi tasirini kashf etdi. A.P.Valter, so’ngra Kl. Bernar tomirlarni 
toraytiruvchi innervatsiyani topishdi; keyinchalik Kl. Bernar va boshqa 
tadqiqotchilar tomirlarni kengaytiruvchi innervatsiyani keyinchalik kashf etdilar. 
K.Lyudvig va İ.F.Tsion yurak bilan aortadan boshlanuvchi, markazga intiluvchi 
tolalarni topdilar, bu tolalar yurak ishini hamda tomirlar tonusini refleks yo’li bilan 
o’zgartiradi. V.F.Ovsyannikov uzunchoq miyada tomirlar tonusini boshqaruvchi 
markazni ochdi. N.A.Mislavskiy esa avval Legalua va Flurans tomonidan kashf 
etilgan uzunchoq miyada eoylashgan nafas markazini mukammal o’rgandi. 

Download 436,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish