Yuqoridagi masala yuzasidan yig'ilganlarning fikr mulohazalarni tinglanib, yig'ilish yuzasidan qaror qabul qildi::
1.DMTT direktori G.D.Gulyamovaning “2020-2021 o'quv yili yakunlari hisoboti, 2021-2022 o'quv yilidagi ustivor vazifalar bilan tanishtirish va tashkilotning yangi 2021-2022 o'quv yili ish rejasini muhokama qilish” yuzasidan bergan axboroti ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. DMTT ishchi –xodimlarini me'yoriy ish xujjatlari:
- xodimlarning asosiy malaka tavsiflari; - bola hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish yo'riqnomasi; - mehnatni muhofaza qilish va texnika havfsizligi yo'riqnomasi; - jamoa shartnomasi; - ichki mehnat tartib qoidalari; - yong'in havfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilinsin.
3. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari lavozim malaka tavsiflari asosida ish
faoliyatlari tashkil etilsin.
4. Guruhlarda mavjud bo'lgan javon, ilgak, portretlar, shuningdek gul tuvaklarini
joylashtirishtirishga mo'ljallangan maxsus moslamalar devor va polga mahkamlab qo'yilsin.
5. DMTT xududida, shuningdek guruhlarda inson uchun havfli bo'lgan o'simliklar, o'tkir tig'li buyumlar bo'lmasligi qattiq nazoratga olinsin.
6. Ushbu yig'ilish qarorini ijrosini nazorat qilishni o'z zimmamda qoldiraman.
Kotiba: Sabitova F.Ya
Shayxontohur tuman MTB tasarrufidagi 112-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tgan tadbir
BAYoNNOMASI
30.09.2021y Toshkent sh.
Qatnashdilar:
1. Gulyamova G.D - uslubchi - rais
2. Sabitova F - kotiba
3. Barcha pedagog hodimlar.
Kun tartibidagi masala:
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga “Yangi o’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” bayram ertaligini o’tkazish tadbir tahlili.
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan direktor Gulyamova G.D so'zi: Barchangizni O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bugungi tashkil etilgan tadbiri ko'tarinki kayfiyatda tashkil etilgan. Tanlangan raqslar va bolalar ijrosidagi she'rlar mavzuga mos xolda tanlangan.
Tarbiyachi Yusupova M so'zi: Tadbir yaxshi tashkil etilgan. Bolalarning nutqi ravon. She'rlar to'g'ri tanlangan. Bolalar tomonidan barcha tayyorgarliklar yaxshi ijro etib berildi. Barchangizni yana bir bor yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklayman.
Kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qabul qilindi:
112-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga “Yangi o’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” bag’ishlangan bayram tadbiri qoniqarli deb topilsin.
Rais: Gulyamova G.D
Kotiba: Sabitova F.Ya
Do'stlaringiz bilan baham: |