1.Sohibqironning harbiy yurishlari va uning sabablari.
Harbiy qomondonga beriladigan eng xolis baho-uning janglarda erishgan galabasidir. Shu nuqtai nazardan Temur tarixidagi buyuk sarkardalar orasida alohida ajralib turadi.3
Amir Temur 1371-1404 yillar orasida Moguliston, eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya), Hindiston, Gurjiston, Armaniston, Kavkaz orti olkalari ustiga harbiy yurishlar qildi.
Mamlakatimizning XV asrning ikkinchi yarmidagi ahvoliga bir nazar tashlaylik, Chingizxon xurujidan teri shaharlarimiz vayron, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq tushkun bir ahvolda qolgan edi. Nafaqat Movarounnahr, balki qoshni mamlakatlarda ham feodal tarqoqlik, parokandalik va ozaro urushlar avjiga mingan, ayrim harbiy siyosiy guruhlarning nafaqat ozlarining yaqin qoshnilari erlariga, balki Movarounnahr ustiga ham qilgan talon-tarojlik hurujlari kuchaygan edi. Xalqimizda «qoshning tinch-sen tinch», degan naql bor. qoshni mamlakatlar tinch bolmagandan keyin, Movarounnahrda tinchlik, barqarorlik, iqtisodiy madaniy yuksalish qayoqdan bolsin?!
Amir Temur ozining ichki va tashqi siyosatida asosan mana shu omilga suyanib ish tutdi. Togri. Amir Temur kop yillik kurashlardan keyin oz yurtida feodal tarqoqlik va parokandalikka barham berishga, el-yurtni mogullar istibdodidan ozod qilishga, markazlashgan davlat tuzib, el-yurtni oz tugi ostiga birlashtiridi. Lekin faqat birgina shuning ozi bilan tinchlik va barqarorlik qaror topmaydi. Mamlakatning ichki ahvoli yaxshilanmaydi, uning xalqaro obrosi ortib qolmaydi.
Amir Temur Movarounnahrni mogullar hukmronligidan ozod etib, bu qadimiy mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan bolsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik ornatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloya amirlari Amir Temur hokimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan bolsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shimoliy hududlari notinch edi. Moguliston bilan Oq Orda hukmdorlari Fargona vodiysining sharqi, Otror, Yassi (Turkiston)va Sayram shaharlariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talon-taroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini taminlashga kata ahamiyat berdi.Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1370-yil kuzi va 1371-yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirgon viloyati boysundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq Orda hukmdorlariga tayanib, hanuz boysunishdan bosh tortib kelardi.Xorazmni Amir Temur Chigatoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni oz davlatiga qoshib olish siyosatini tutdi.Ammo bu masala elchilar vositasida tinch yol bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi, 1371-yil yoz (iyul)ida Kat shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373-yil bahori va 1375-yil yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin Orda xoni Toxtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf sofi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorakol viloyati va Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni tortinchi marotaba Xorazmga qoshin tortishga majbur etdi.Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni tortinchi marotaba Xorazmga qoshin tortishga majbur etdi.Lekin, bu yurish ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf sofi ilgari Xorazmning Chigatoy ulusiga tegishli bolgan janubi-sharqiy (Kot va Xiva shaharlari birga) qismini yana qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf sofining bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshincji marta yurish qilishiga sabab boldi. 1388-yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, Amir Temur davlatiga boysundirildi. 4
Bu orada Amir Temur Moguliston hokimi Qamariddin bilan ham toqnashib qoldi, chunki bu davrda uning Movarounnahrga bolgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. 1370-1371-yillarda u Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqin qilib, talab qaytgandi. 1376-yilda ea Qamariddin hatto Fargona vodiysining talaygina qismini bosib oldi. Amir Temur mamlakatning shimoli-sharqiy hududlariga nisbatan bolayotgan muttasil tahdidni bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371-1390) mobaynida Sohibqiron Mogulistonga etti marta yurish qilib, mogul hukmdorlari Anqotora va Qamariddin ustidan galabalar qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda ichki tarqoqlik, ozaro nizolar, shuningdek, Moguliston tomonidan bolib turgan tazyiqqa chek qoyib, ushbu hududda yashovchi el-u elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi.
Ammo, Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qoshni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni oziga boysundiish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni oz oldiga maqsad qilib qoydi. Bu davrda Oltin Orda, Xuroson va Erondagi ijtioiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qol keldi. Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi.1381-yilda u Hirotni egalladi. Sarxs, Jom, Qavsiya shaharlari jangsiz taslim boldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategic jihatdan muhim ahamiyatga ega bolib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga otishda koprik vazifasini otardi. 1381-1384-yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qalalari, 1384-yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaharlari boysundirildi.
Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar nomi bilan mashhur. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar oqibatida JAnd, Ozarbayjon, Iroqning shimoli qismi, Gurjiston va Van koli atrofidagi yerlar egallandi.
Amir Temur shu bilan birga shimoli-garbdan, yani Oltin Orda tomonidan bolayotgan tazyiqqa barham berish maqsadida Toxtamishga qarshi uch marta qoshin tortishga majbur boldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeyida, 1391-yilning 18-iyunida (Hozirgi Samara bilan Chistopol shaharlari oraligida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosida vodiysida-Qunduzcha shahri) va nihoyat, 1395-yilda (28-fevral) Shimoliy Kavkazda Terek daryosi boyida Toxtamish qoshiniga qaqshatqich zarba beradi (Tarak daryosi boyidagi jang).Toxtamishga qarshi yasolni tuzishda Sohibqironning ozi rahbarlik qiladi. U qoshinning qismlarini jang maydoniga joylashtirishda yangi usulni qollaydi va ularni yetti qolga ajratadi. Toxtamishxon esa oz sipohini besh qolga boladi.Jang Amir Temurning tola ustunligida otadi.Butunlay tor-mor etilgan Toxtamish qoshini qoldiqlari Volgaga qadar taqib qilinadi.Amir Temur harbiy yurishlari oqibatida Quyi Idil (Volga) viloyatkari, Saroy Berka, Hojitarxon (Astraxan) kabi shaharlar vayron qilindi. Amir Temur Toxtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelits shahrini ishgol qildi. Sh.A.Yazdiy Amir Temurning Moskva yurishini shunday tariflaydi: Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshior cheriki ul viloyatni (shahar atrofini) chobtilar va andagI hokimlarini tobe qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti
5
Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekdi. QizigI shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechivu boyida Orusning ogli Quyrichoq oglonni chaqirtirib unga qolga kiritilgan sobiq Joji ulusini inom etdi. Rossiya tarixchilari B.D.Grekov va A.Yu.Yakubovskiylarning yozishicha, Amir Temurning Toxtamish ustidan qozongan galabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchunham buyuk ahamiyat kasb etgan.
Shundan song Amir Temur butun etiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392-1396) urush davomida Garbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloyiriylar sulolasining hukmronligiga barham berildi.
Hindistonga yurishi.Amir Temurning Hindiston ustiga yurishi qilgan urushi (1398-yil may-1399-yil mart) qariyb on bir oy davom etdi.Amir Temur Hindistondan katta olja, shu jumladan, 120 jangovar fil bilan qaytdi.Oljalarning bir qismi qoshinga taqsmlab berildi, qolgani Kesh va Samarqand shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi.
Amir Temurning 1399-1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Xalab (Aleppo), Xums, Baalbek (Baalbek), Dimishq(Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Ajamning Ubiliston olkasi (Qadimgi Kappadokiya) bilan Bagdod, shuningdek, Turkiyaning katta qismi zabt etiladi.
Amir Temur va Boyazid Yildirim ortasidagi jang 1402-yilning 25-iyulida bolib otadi. Manbalarda takidlanishicha Turkiya sultonining qoshini taxminan 160ming jangchidan iborat bolgan.Sohibqiron armiyasi ozining ananaviy jangovar tartibi yasolda harakat qiladi.6Sipohning qirq qoshun-qismdan tashkil etilgan humoyun markazi-qolga Sohibqiron bevosita qomondonlik qiladi.Shiddatli toqnashuv keskin va uzoq davom etadi. Nihoyat Amir Temur qismlarining siquviga bardoshi qolmagan sulton qoshinlari chekina boshlaydi. Boyazid qomondonligidagi jangchilar songgi nafasgacha qarshilik korsatishda davom etadilar.Anqara jangida Amir Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan galaba qozondi.Turkiya sultoni asir olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, ogillari Muso va Iso Chalabiylar ham asir tushdilar. Song Amir Temur Anadoli yarim oralini egallab, Orta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. Songra, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim boldilar, Misr ham oz itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlarini egallab, Vizantiya va butun nasroniy olamining Boyazidga yigib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qolga kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning ozi kattagina karvonga yuk bolgan. Bandi qilingan Boyazid ordugohga olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom korsatadi. Uning vafotidan song (1403-yil 9-mart) esa vorislariga himmat kozi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi.Chunonchi Boyazidning tongich ogli Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi.Edirni (Adrianopol) shahri uning poytaxti etib belgilandi.Anadoluning shimoli-garbiy qismi suyurgol sifatida Iso Chalabiyga inom qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga aylantirildi.Usmonli turklar davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi.Amir Temur Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida bolmagan.Chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qolini chozdi. Shunday bolsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu galaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1407) tabriklab, unga maxsus maktub yubordilar.Chunki Amir Temur endigina uygonayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.6
Do'stlaringiz bilan baham: |