Xulosa: Amir Temurning markazlashgan davlat tashkil topishidagi orni, mamlakat siyosatiga qoshgan hissasi va mustaqilligimizdan song Sohibqiron shaxsiga korsatilgan etirof.
Shunday qilib, 1370-1407 yillar mobaynida, ya`ni 35 yil Samarqand taxtini boshqargan Sohibqiron Amir Temur Koragoniy buyuk saltanatga asos soldi. U umri davomida 30 martadan ortiq harbiy yurishlar uyushtirdi va biror marta bolsada engilmadi, dunyodagi 27 mamlakatni egalladi. Amir Temur tuzgan salatanat sarxadlari janubda Arabiston yarim orollari va Hindiston erlaridan shimolga to Maskov knyazligiga qadar, sharqda Xitoy hududlaridan garbga tomon Orta Er dengizi va Misr davlatlari erlarini ham oz ichiga olgan hududlarga qadar chozilib ketgan.
Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu-jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida takidlash kerakki, uning faoliayti qoyilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga bolinadi. Birinchi bosqich (1360-1386)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yolida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor bolgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliayti Orta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yolida shubhasiz, ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ichki kuchlarini va mogullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida bohronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi.
Amir Temur sozlariga binoan siyosat bilan maqsadga erishish mumkin bolgan yerda qurol bilan harakat qilish notogridir. Urush boshlashdan avval dushman qoshinlarining qurol ishlatish usullarini organish, hujum va chekinish uchun qulay yollarni bilib olish, dushman qoshinining ruhiyatiga hamda ularning hokimlari valashkarboshilari fazilatlariga tasir etish vositalarini topish kerak. Bugungi ishni ertaga qoldirmaslik kerak. Biror davlatda zolimlik, zoravonlik, jabr-zulm kuchli bolsa, Amir Temur fikricha, har bir adolatli hukmdor bunday zoravon davlatga qarshi urush elon qilishi kerak va bunday sharoitda Tangrining ozi unga madadkor boladi.12
Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarning markaziymaydonlarida Amir Temurga haykal ornatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), Amir Temur ordeni tasi etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamgarmasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va sheriy hamda nasriy asarlar yaratildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1I.Karimov Sohibqiron kamolga yetgan yurt T.1996
2.I.Karimov Xalqimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayotdir T.1996
3.I.Karimov Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamrohlik ruhi bizga namuna bolaversin Asarlar, 4-j., T. 1996;
3.Amir Temur jahon tarixida, Parij. 1996
4.Hamidulla Dadaboyev Amir Temurning harbiy mahorati T. 1996
5.Temur tuzuklari, forschadan Alixon Soguniy va Habibullo Karomatov tarjimasi T. 1991
6.Ibn Arabshoh, Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari), T. 1992
7.Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T. 1996
8.Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T. 1997
10. Mixail Ivanin Ikki buyuk sarkarda T. 1994
11. A.Yu.Yakubovskiy Temur va temuriylar davrida Samarqand L, 1933, 15-16-betlar
12. Ibrohim Mominov Amir Temurning Markaziy Osiyo tarixida tutgan orni T, 28-29-betlar
13 Temur tarixida taqdir ajoyibotlari II kitob, 99-100-b
14. H. Dadaboyev Amir Temurning harbiy mahorati 8-9-b
16.Mirxond. Ravzat us-safo
176-179-b
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |