1-soatlik ochiq Dars ishlanmasi Urganch 2012



Download 1,23 Mb.
bet2/2
Sana15.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#553523
1   2
Bog'liq
Baliqlarning-xilma-–-xilligi

Yangi mavzu bayoni
Boshlovchi – Hurmatli xaridorlar bugungi auksionimizga baliqlarning ko’pgina turlari sotuvga qo’yilgan. Siz auksionda qatnashib baliqlarni sotib olishingiz va ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin. Hozirgi navbatni tog’ayli baliqlarni ko’paytirib sotuvchi fermer ho’jaligiga beramiz . Marhamat :
- Biz bugungi auksionda tog’ayli baliqlardan akulani sotuvga chiqarmoqchimiz
- Akula to’g’risida hozir sizga akulalarni boquvchi bo’limimiz xodimi ma’lumot beradi.
- Akulamiz ancha yirik tanasi tarpedasimon ,dum suzgichi juda kuchli rivojlangan. Terisini qoplab turgan tangachalari suyakli baliqlardan batamon farq qiladi . Ularning tangachalari qalin plastinkalardan iborat bo’lib, har qaysi tangacha ustida sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon o’simta bo’ladi. Akula jag`ida bunday o’simtalar tishlarga aylangan.

Akulalar juda serharakat yirtqich baliqlar bo’lib, ancha yirik hayvonlarga shu jumladan cho’milayotgan odamlarga ham hujum qiladi. Ko’pchilik akulalar tirik tug’adi, ba`zi turlari tuxum qo’yib ko’payadi. Akulaning kattaligi har xil bo’lgan 250-turi ma’lum. Ular orasida uzunligi 40-45sm bo’lgan tikanli akula eng kichigidir. Uzunligi 15m keladigan gigant akula yoki 18m ga yetadigan kit akulasi eng yirigi hisoblanadi. Lekin bunday bahaybat akulalarning tishlari juda mayda bo’lib ,ular mayda qisqichbaqasimonlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Bolg’a boshli akula yirtqich bo’lib odamga hujum qiladi.


- Siz akulalar haqida qisqacha malumotga ega bo’ldingiz. (O’quvchilar akula turlarini reklama qiladilar.)
Boshlovchi - Endi navbat suyakli baliqlarni ko’paytiruvchi baliqchilik fermer xo’jaligiga beramiz. Bu baliqchilar ham o’z baliqlarini sotuvga chiqargan. Marhamat;
- Hurmatli auksion qatnashchilari biz ham bugungi auksionimizda o’zimiz boqayotgan baliqlarni sotuvga qo’ymoqchimiz .
- Suyakli baliqlar dengiz va ichki suv havzalarida keng tarqalgan bo’lib 24000ga yaqin turi bor. Suyakli baliqlarning skleti suyak – tog’aydan yoki suyakdan iborat bo’ladi. Auksionda ko’pgina baliqlarimizni sotuvga chiqarmoqchimiz. Hozir navbatni bakra baliqlarni parvarishlovchi xodimimizga beramiz .
Bakra baliq suyak – tog’ayli baliqlar turkimiga kiradi. Skleti asosan tog’aydan iborat, lekin bosh qutisi suyak bilan qoplangan. Shuning uchun ham bu baliqlarga suyak -tog’ayli baliqlar deb nom berilgan. Bu baliqning uzunligi 2m gacha, og’irligi 30 kg gacha boradi.
Bakra baliq Sirdaryo, Amudaryo quyi va o’rta oqimlarida uchraydi. Bakra baliq malyuskalar, mayda qisqichbaqasimonlar, suvdagi hashoratlar va ularning qurtlari bilan oziqlanadi.
- Bu baliqlardan tashqari yana boshqa suyakli baliqlar ham bizning fermer xo’jaligimizda yetishtiriladi. Ular haqida ham xodimlarimiz qisqacha ma’lumot beradi.
- Men cho’rtanlar turkimiga kiruvchi baliqlarni parvarish qilaman. Cho’rtanlar chuchuk suvlarda yashaydigan yirtqich baliqlar turiga kiradi. Cho’rtan baliq bu baliqni siz Sirdaryo va Amudaryoda uchratishingiz mumkin.
Siz bu baliqni ko'rganda tanimasligingiz mumkin. Uning shartli belgilarini eslab qoling. Tanasi boshi cho'ziq, og'zi katta, jag'larida ko'p tishlari bor. U juda yirtqich , asosan baliqlar bilan oziqlanadi. Boshi tanasi uzunligining deyarli yarmini tashkil qiladi.
- Men karpsimonlar turkimiga oid baliqlarni parvarish qilaman. Bu turkumning vakillari barcha suv xavzalarida keng tarqalgan bo’lib, bir necha yuzlab turlarini o’z ichiga oladi.

Karpsimonlarga mo’ylov baliq, qora baliq, moy baliq, oqcha baliq va laqqa baliq ham shu turkimga kiradi. Bu baliq turkimining yana bir vakili zog’ora baliqdir. Zog’ora baliqning kattaligi 1mgacha, og’irligi 8-16 kggacha boradi. Uni ko’l, hovuz va sholipoyalarning iliq suvida, tinch oqadigan daryolar o’zanida uchratish mumkin .


Boshlovchi – Bugungi auksionimizga baliqchilik yani baliq ovlash bilan shug’ullanuvchi baliqchilar ham tashrif buyurgan. Bu xo’jalik baliq ovlash uchun baliqchilarni ishga taklif etadi. Marhamat baliqchilarning ishi bilan tanishing .
- Baliqlarning amaliy ahamiyati katta . Jahonda yiliga 50 mln tonnadan ortiq baliq ovlanadi. Bu miqdor oziq birligi bo’yicha 650 bosh qora molga to’g’ri keladi. Ovlanadigan baliqlarning asosiy qismi oziq ovqat maxsulotlari sifatida ishlatiladi.
Baliq maxsuloti vitaminlarga boy bo’ladi. Vitamin D baliq moyida ko’p bo’ladi. Ovqatda vitamin D yetishmasa bolalarda raxit kasalligi paydo bo’ladi. Baliq go’shti oqsilga boy mazali bo’lishi bilan birga organizmda tez hazm bo’ladi. Baliqlarning ikrasi ham xushtam taom hisoblanadi. Ayniqsa seld va losossimon baliqlarning go’shti kalloriyali bo’lib, ularning ikrasi juda qadrlanadi. Hozir sizlarga baliq ovlash va baliqlarni muhofaza qilish haqida mohir baliqchimiz ma`lulot beradi.

  • Men yoshligimdan baliq ovlashga qiziqaman. Shuning uchun ham baliqchi bo`ldim. Baliqlarning asosiy qismi dengizlarda ovlanadi.

  • Dengizdagi baliqlar maxsus baliq ovlash kemalari – traulerlar yordamida ovlanadi. Baliq ovlashda ichki suv havzalari ham katta ahamiyatga ega.

Respublikamizda baliqlar asosan Amudaryo va Sirdaryo havzalarida hamda sun`iy suv omborida ovlanadi.
Zog`ara baliq, oq amur, oqcha, xumbosh, oqsla, ilonbosh, cho`rtan asosan ovlanadigan baliqlar hisoblanadi. Keyingi paytlarda sport usulida baliq ovlash keng rivojlanmoqda. Bunday baliq ovlash ko`ngilli dam olish uchun xizmat qiladi. Odamni tabiat bilan yaqin aloqada bo`lishiga yordam beradi. Tabiatga qiziqishni kuchaytiradi.
Baliqlarni o`ylamay netmay ko`plab pala – partish ovlash oqibatida ularning soni keskin kamayib ketishi va hatto ayrim turlari butunlay yo`qolib ketishi mumkun. Bunday xol sodir bo`lmasligi uchun baliqlarni muhofaza qilish va ko`paytirish choralarini amalga oshirish lozim. Buning uchun hayvonlarni muhofaza qilish haqidagi qonunga ko`ra hamma baliqchilik korxonalari, tashkilotlari va baliq ovlash ishqibozlari belgilangan baliq ovlash usullari va muddatlariga qatiy rioya qilish kerak. Baliq ovlanadigan to`rlarning teshigi belgilangan o`lchamdan kichik bo`lmasligi zarur.
Portlovchi moddalar va elektr zaryadi bilan baliq ovlash qat`iyan man qilinadi. Chunki bu holda yosh baliqlar, ayniqsa ko`plab nobud bo`ladi. Baliqlar tuxum qo`yadigan joylar himoya qilinishi zarur.
Boshlovchi – Hurmatli auksion qatnashchilari mana siz uchala guruhning ish faoliyati bilan tanishdingiz. (yahshi reklama qilib baliqlarini sotgan guruh to`rtburchak shaklidagi kartishka bilan rag`batlantiriladi, kam sotgani uchburchak, sotalmagan gurux doira shaklidagi kartishka bilan rag`batlantiriladi. Kartishkalarga qarab guruh baholanadi)
Endi uchala guruh xodimlarini bellashuvga chaqiramiz.
I – shart 5 daqiqa davomida qaysi guruh vakillari ko`p baliq nomini yozadi ( har guruhdan bir vakil chiqib baliqlar nomini yozadi )
II – shart Baliqlarni turkumlarga ajratib yozish kerak.
Mo`ylov baliq, oq amur, ilon baliq, cho`rtan, losos, kit akulasi, keta, tikanli akula, uzun yuz, tikan dum, skat, xum bosh,laqqa, forel, gorbusha, kichik quyruq, kambala, oq sla.
I – karpsimonlar turkumi: moylov baliq, laqqa, oq amur, xum bosh.
II – losossimonlsr turkumi: losos, keta, garbusha, forel.
III – akulalar turkumi: tikanli akula, gigant akula, kit akulasi, uzun yuz.
Boshlovchi – Endi “bingo” lotariyalarini tarqatamiz, siz to`g`ri javob yozib lotariyadagi kartishkani olishingiz mumkun.
Oqituvchi auksion tugagach o`quvchilar yordamida suyakli va tog`ayli baliqlar sinfining uziga xos xususiyatlari, vakillari, ularni qayd etish orqali mavzuni qayta ishlab chiqadi. Auksionda ko`p kartishka to`plagan guruh o`quvchilari rag`batlantiriladi va o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa: Mavzuga doir qo`shimcha adabiyotlardan foydalanib refarat yozish.





Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish