Integratsiyalashgan darslarni tashkil etish uchun avvalo qaysi darslar integratsiyalash uchun mos kelishini aniqlab olish kerak. Bunday darslarning asosi
– turli fanlar asosiy mavzulari mazmunining yaqinligi va mantiqiy aloqalarida ko‘rinadi.
Savod o‘rgatish darslari (o‘qish va yozishga o‘rgatish).
Integratsiyalangan darslar. Bunday integratsiyalangan ta'lim – bu sinfdan tashqari o‘qish. Bu yerda yaxlit jarayon kechadi:
kitob o‘qish asbobi sifatida o‘qish darslarida olgan o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish;
matn ustida ishlash;
v) suhbatdoshlar doirasini tanlash kabi kitoblarni tanlash.
Integratsiyalangan darslarga quyidagi fanlarning birikishini ko‘rsatish mumkin: o‘qish-rus tili, o‘qish-tabiatshunoslik, o‘qish-tasviriy san'at, o‘qish- musiqa, tabiatshunoslik-matematika, tabiatshunoslik-mehnat ta'limi, matematika- mehnat ta'limi, matematika-jismoniy tarbiya.
Didaktik tizimda predmetlararo asosda integratsiyalash o‘qituvchi (ta'lim berish) va o‘quvchi (ta'lim olish) harakatlarining mos kelishini ko‘zda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. Biroq o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor.
Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasida integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning quyidagi bosqichlari mavjudligi aniqlandi:
1-jadval
№
|
Bosqich
nomlari
|
Amalga oshiriladigan vazifalar mazmuni
|
1.
|
Maqsadli bosqich.
|
O‘qituvchi umumiy maqsadni qo‘yadi. O‘quvchilar o‘qituvchi boshchiligida predmetlararo bog‘liqliklarni tushunib yetishlari, turli predmetlardan kerakli bilimlarni tanlab olishlari kerak, bunda ular e'tiborlarini, fikrlarini faqat umumiy bilimlarni o‘zlashtirishga emas balki, ko‘chirish tahlil qilish shaxsning belgilari qobiliyat va
qiziqishlarini rivojlantirishga qaratishlari kerak.
|
2.
|
Isbotlash bosqichida
|
O‘qituvchi o‘quvchilarni dunyoqarashini o‘stiruvchi bilimlarga, turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga rag‘barlantiradi. O‘quvchilar o‘z irodalarini dunyoqarashini kengaytiruvchi bilimlarga
qiziqishga yo‘naltiradilar.
|
3.
|
Mazmunli bosqichi
|
O‘qituvchi yangi o‘quv materialini kiritadi, shu bilan birga integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmui darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi. O‘quvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy
bilimlar darajasida o‘zlashtiradilar.
|
4.
|
Vositalarni
|
O‘qituvchi bilimlarini umumlashtirishga yordam beruvchi
|
|
tanlash bosqichi
|
turli predmetlarni, ko‘rgazmali vositalarni, darsliklarni, jadvallarni, savolnomalarni, amaliy vazifalarni tanlaydi. Bu vositalar o‘quvchilarga ko‘chirish, umumlashtirish, biriktirish xarakteridagi integratsion masalalarni hal
qilishga yordam beradi.
|
5.
|
Natijali bosqich
|
O‘qituvchi ta'lim berish, rivojlantirish, tarbiyalash maqsadida integratsiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlarni qo‘llaydi. O‘quvchi bilimlar
tizimida, umumlashtirib ularni amalda qo‘llaydi.
|
6.
|
Nazorat qilish bosqichi
|
O‘qituvchi bir-biri bilan bog‘langan predmetlarga o‘quvchilarning tayyorgarligini nazorat qiladi, o‘zlashtirishlarini baholaydi. O‘quvchilar o‘z bilimlarini baholashni, turli predmetlar bo‘yicha o‘z-o‘zini ham,
ularni birlashtirish ko‘nikmalarini ham nazorat qiladilar.
|
Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasida boshlang‘ich ta'limda integratsiyani amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalar aniqlandi:
-jadval
№
|
Usul va vositalar nomi
|
1.
|
Evristik suhbatlar.
|
2.
|
Umumiy suhbatlar.
|
3.
|
Ekskursiyalar.
|
4.
|
Ona tili, tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar, badiiy asar materiallari
asosida nutq o‘stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar.
|
5.
|
Ta'limning ko‘rgazmali metodlari.
|
6.
|
Mustaqil ishlar.
|
7.
|
O‘qish, matematika darslarida og‘zaki rasm chizish.
|
8.
|
Imo-ishorali ko‘rinishlar (pantomimalar).
|
9.
|
Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o‘qish.
|
10.
|
Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar yozish (shu
sinfga tegishli orfogrammalarni takrorlagan holda).
|
11.
|
O‘lkashunoslik asosida matematik masalalarni hal qilish, yechish va
boshqalar.
|
Ta'limni tabaqalashtirishni rad etmaydigan, uni to‘ldiradigan integratsiyani ta'lim tizimiga kiritish, jamiyatga yaxlit dunyoqarashga, o‘zidagi bor bilimlarini mustaqil tartibga solish va turli muammolarni hal qilishga noan'anaviy yondoshish qobiliyatiga ega bo‘lgan bilimdon yoshlarni tarbiyalab, kamolga yetkazishda an'anaviy predmetlarga bo‘lib o‘qitishga nisbatan ko‘proq yordam beradi.
O‘quvchilar nutqini “Tabiatshunoslik” hamda “Ona tili” fanidan atamalar bilan boyitishda berilgan umumiy ma'noli atamalarning xususiy ma'nolarini topish, ularni esa o‘z navbatida, muayyan uyadosh so‘zlarga ajratish, “Tabiatshunoslik” sohasiga oid atamalarning ma'nosini sharhlash va izohlash, bunday atamalarning kichik izohli lug‘atini tuzish, berilgan atamalar uyasini davom ettirish, atamalarni alifbo tartibida joylashtirish, har ikki fanga oid atamalarning talaffuzi va imlosi ustida ishlash singari ijodiy-amaliy ishlar nutqni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, berilgan maqollardan “Tabiatshunoslik” faniga oid atamalarni topish, ularni izohlash, ular asosida matnlar yaratish, bunday matnlarni dialoglarga aylantirish kabi ish turlari o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga imkon yaratadi.
Sub'ekt fikr bayon etishi uchun uning o‘z so‘zlari bilan qayta hikoya qilishga doir mashqlar bajartiriladi. Bunday mashqlar o‘quvchilarning nutqiy malakasini oshiradi, berilgan topshiriqqa ijodiy yondashtiradi, ularni fikrlashga undaydi. O‘quvchilarning nutqiy ta'sirchan, mantiqiy jihatdan asosli, yoqimli bo‘lishi uchun ularning nutq ijodlariga to‘liq erkinlik berish taqozo etiladi. Buning uchun esa darsda xalq maqollaridan foydalanish ham samarali usul hisoblanadi.
Chunki o‘zbek xalq maqollari, hikmatli so‘zlar, ma'naviyatimizning go‘zal ifodasidir. “Tabiatshunoslik” hamda ona tili darslarini uyg‘unlashtirishda maqollardan foydalanish maqsadga muvofiq, bo‘lib, bundan darsning mustahkamlash bosqichida foydalanish o‘rinlidir. Maqoldan foydalanishning boisi shuki, u xalq donishmandligining lo‘nda va ixcham ifodasidir. Ular o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga, qissadan hissa chiqarishga, o‘z maqsadini bayon etishga undaydi. Maqollar o‘zbek tilining eng go‘zal, boy, nozik badiiy xususiyatlarini bilib olishda va so‘z boyligini oshirishda katta ahamiyati ega. O‘qituvchi
o‘quvchilardan maqolning mazmunini sharhlatib qolmasdan, balki, maqolaga mos hikoyat, rivoyatlar ayttirishlari mumkin yoki maqolga mos rasm chizishlari, shuningdek, Tabiatshunoslikdan o‘tilgan qaysi mavzuga shu maqol mos tushishi ham so‘ralsa, fanlararo integratsiya metodi ham amalga oshadi.
Maqol kishi esida qoluvchi, o‘ylashga fikr mulohaza yuritishga undaydigan janrdir. Shuning uchun ham “Tabiatshunoslik” hamda ona tili darslarida undan foydalanish, uni bahs-munozaraga aylantirish, ma'nosini izohlatish kabilar foydadan holi emas.
Bunda sinf o‘quvchilariga maqollar bo‘lib beriladi. O‘qituvchi darsning bu qismiga «Maqol – chaqilmagan yong‘oq» deb sarlavha qo‘yadi. O‘quvchilarga o‘ziga tushgan maqollarni ma'nosini aytib berishlari talab qilinadi. Berilgan maqollarning tarkibida albatta o‘simliklarga oid atamalar mavjud bo‘lib, avvalo o‘sha atamaning ma'nosi izohlanadi, so‘ngra maqol sharhlanadi. Masalan,
Tol eksang, tagini ho‘l qil, Uzum eksang, tagini cho‘l qil.
Maqolni quyidagicha izohlash mumkin:
Ma'lumki tol suvga chanqoq o‘simlik bo‘lib, u suv bo‘ylarida yaxshi rivojlanadi. Uzum daraxti esa har doim ham suv talab qilavermaydi. Uni ba'zi- ba'zida sug‘orib turish maqsadga muvofiqdir. Ho‘l-namlik, cho‘l-quruqlik. Daraxtlarning asosiy farqlanadigan xususiyati ho‘l va cho‘l ekanligi bo‘lib, ular antonimlik xususiyatiga egadir. Har ikki so‘z bir tovush bilan (h - ch) farqlanadi.
Ma'lumki, atrofimizni o‘rab olgan tabiat tirik va o‘lik jismlardan iborat. Ona tili ta'limi jarayonida tovushlarni o‘rganishda ham “Tabiatshunoslik” darsi bilan bog‘lash mumkin. Ya'ni talaffuzda bir-biriga o‘xshash so‘zlarni farqlashda, ularga ma'nodoshlar, uyadoshlar, zid ma'noli so‘zlarni topishni talab qiluvchi topshiriqlar berish samarali usullardan sanaladi.
Masalan, daraxt so‘zining ma'nodoshlari: daraxt, nihol, ko‘chat…uyadoshlari: terak, tol, archa, qayrag‘och…
O‘quvchilarga talaffuzimizdagi bir-biriga o‘xshash so‘zlarni farqlashda (“Tabiatshunoslik” faniga oid), ularga ma'nodosh, uyadosh, zid ma'noli so‘zlarni
topishni talab qiluvchi topshiriqlar berib, ushbu topshiriqlarni bajartirsak, bu o‘quvchilarning kamol topishida, fikrlash darajasining o‘sishida, bilim olishga havasini uyg‘otishda nutqiy malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, shaxs kamolotida axloqiy, ekologik, nafosat, iqtisodiy kabi tarbiya turlari ta'sir etadi. Ana shu tarbiyani amalga oshirishda integratsiyadan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Axloqiy tarbiyani amalga oshirishda integratsiya imkoniyatlari. O‘qish darsligining deyarli ko‘p mavzulari axloqiy tarbiyaga qaratilgan. 4 - sinfning o‘qish darsligida «Salomlashish odobi» degan mavzu bor. Bunda: Salom-salomatlik ma'nosini ifodalaydi. Agar sendan necha mavridda salomlashish kerak, deb so‘rasalar, yetti holatda deb javob bergin.
Avvalo yoru do‘stlarni, katta-kichiklarni, aka-ukangni ko‘rganda salom berishing lozim.
Ikkinchi jamoat joylariga borganingda salom berishing kerak. Uchinchi biror xonadonga borsang u yerga salom berib kirgin.
To‘rtinchi bir yerda jam bo‘lib o‘tirgan kishilar davrisiga kirsang salomlashgin. Kishilar huzuridan turayotganingda ha m salo mlas his hni unut ma, uni hayrlashish salomi deyiladi.
Beshinchi maqbaraga, qabristonga borsang, salom ber. Oltinchi o‘z xonadoningga salom berishni kanda qilma.
Ona tili darsligida ham ko‘p mashqlar axloqiy tarbiyaga qaratilgan. Bu o‘qish darsini ona tili darsidagi «Olmosh so‘z turkumi» mavzusidagi 269-mashq bilan integratsiyalab o‘tish mumkin. Mashq shartida olmoshlarni topib, uni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘ chiris h tops hirig‘ i berilgan. O‘ qituvchi bu s he' rni o‘ qib berar eka n axloqiy tomonlarini ochib berishi kerak. Shu bilan birga axloqiy tarbiyani tabiatshunoslik darsida ham amalga oshirish mumkin. 4-sinf darsligida «Tog‘ o‘rmonlari va o‘tloqlari» mavzusida: Tog‘larda dam olish vaqtida va turistik poxodlarda tabiatni juda avaylab, ehtiyot qilish zarur,
daraxtlarga zarar yetkazish, shox-novdalarni sindirish, gullarni yulib dastalash, qushlar bilan hayvonlarni bezovta qilish mutlaqo yaramaydi. Bularni diqqat bilan kuzatib borish, foto suratini olish mumkin. Ana shunda shu tog‘larda dam olganingiz to‘g‘risida uzoq yillarga xotira qoldirish imkoniga ega bo‘lasiz.
Tog‘ la rda, dam olis h joylarida gulxan yoqis h mumkin emas. C hunki, gulxanlardan ko‘pincha yong‘in chiqib, odam uchun qimmatli bo‘lgan o‘simliklargina emas, balki hayvonlar ham nobud bo‘ladi, degan satrlar berilgan.
Mehnat darsida ham bolalarga ovqatlanish odobi, mehmon kutis h odobi, kiyinis h odobi, dasturxon tuzatish odobi kabi axloqiy tarbiya me'yorlari o‘rgatib boriladi.
Ekologik tarbiyani amalga oshirishda integratsiya imkoniyatlari.. Ekologik ta rbiya - bu ins onni tabiatga das t labki qadam qo‘ygan kunidan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga hurmat va e'tibor bilan qaraydigan urf odatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko‘paytirish, bog‘-rog‘lar, gulzorlar tashkil qilish orqali uning qalbida yaxshi xislatlar uyg‘otishdan iboratdir. Ekologik tarbiyani amalga oshirishda integratsiyalashgan darslardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ekologik tarbiyani amalga oshirishda tabiatshunoslik fanining imkoniyatlari katta bo‘lishi bilan birga, mazkur fan orqali o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma, malakalar o‘qish, ona tili, matematika, odobnoma, musiqa darslarida bu bilimlar mustahkamlanib, to‘ldirilib boriladi.
Masalan: tabiatshunoslik darsida ekologik tarbiyani amalga oshirishga bir qancha matnlar xizmat qiladi. Xus usan, darslikdagi “Suv va havoni muhofaza qilish” mavzusi orqali o‘quvchilarga suv va havo bo‘lmasa butun jonzot yashay olmasligini hamma bilishi, har qanday tirik organizmning tarkibida suv bo‘lishi haqida bilimlar berilishi mumkin.
Bolalarga ekologik tarbiya o‘qish darsida ham o‘rgatiladi. 4-sinf o‘qish darsligida “Buzilmagan uya” mavzusi bor. Bunda: bir bola bog‘ da is hlayotgan bobos iga ovqat ola keta turib yo‘ lda o‘rtoqlarini uchratadi. O‘rtoqlari qush ovlagani ketayotganini aytadi va uni ham bu yo‘lga tortishadi. Lekin bola kechikayotgani va bobosining qorni ochib qolis hi mumkinligi aytib, o‘ r toqlari bilan ketmaydi. Bobosiga ovqat yetkazib, ularga daraxt payvand qilgani yordamlashadi. Ular birga uyga keta turib yulda o‘rtoqlarini uchratadilar. O‘rtoqlari esa qush uyasini buzaman deb, daraxt butog‘iga o‘ralib, chumchuq bolalarini yeyishga payt poylab turgan ilondan qo‘rqib, daraxtdan yiqilib qochib ketayotgan edilar. Bola bobosi bilan yerda yoyilib yotgan chumchuq bolalariga yordam berib, ilonnni o‘ldiradi hamda o‘rtoqlarining qilgan ishidan nafratlangan holda uyga qaytadi. Mazkur mavzuni o‘rgatish barobarida o‘qituvchi qushlar insonlarning do‘sti ekanligini, ularga nisbatan mehrli bo‘lishlari kerakligini misollar orqali tushuntirib berishi maqsadga muvofiqdir.
Matematika fanini o‘qitishda ham ekologik tarbiyani amalga oshirish mumkin. Xususan, 4-sinf darsligidagi: «Hajmlarni o‘lchash» mavzusidagi 883-masala sharti bilan tanishamiz. O‘quvchilar bo‘yi 40 metr, eni bo‘yidan 10 metr qisqa maydonda bog‘ barpo etishdi. Bog‘ maydonining yuzini toping. Bog‘ atrofini qanday uzunlikdagi devor bilan o‘rash kerak? Bu mazmundagi masalani yechish mobaynida o‘quvchilar bog‘ yaratayotganliklarining o‘zi ham ular qilayotgan harakatlarining to‘g‘ri ekanligidan dalolat berishini ta'kidlab o‘tish o‘rinlidir. O‘qituvchi shu o‘rinda dono xalqimizning “Yaxshidan bog‘ qoladi” maqolini eslatishi, matn mazmuni bilan bog‘lashi o‘quvchilarda bog‘ yaratish xayrli ish ekanligi, bundan nafaqat o‘zlari, balki ota-onalari, aka-ukalari, qarindoshlari uchun ham foydali bo‘lishi haqida tasavvur uyg‘otishi maqsadga muvofiqdir.
Nafosat tarbiyasini amalga oshirishda integratsiya imkoniyatlari. Tasviriy san'at darslari o‘quvchilarni did bilan rasm chizishga va nozik did bilan yondashishga o‘rgatishi barchamizga ma'lum. Mehnat darslarida qizlar kashta tikishga did bilan yondas hadilar yoki dasturxo n tuzatayotganda, kiyim tikayotganda ham bola did farosat bilan yondoshadi.
Nafosat tarbiyasini jismoniy tarbiya darslarida ham muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. Misol uchun, asosiy mashqlardan biri: tik turgan holda yurish va bayroqchalar bilan mashq qilish darsning maqsadi bo‘ lsa, bu holatni bajarayotganda mulohaza bilan, oyoq uchida asta-sekin ko‘tarilib, bayroqchalarni yon tomonlarga va keyin yuqori tomonga ko‘tarib alohida qiziqish bilan bajaradilar.
Yuqoridagi misollarni ko‘ r ib s huni aytis h mumkinki, demak integratsiyaga imkonitatlar mavjud, asosiy vazifa o‘qituvchilar tomonidan uni talab darajasida tashkil etish masalasidir.
Biz tajriba-sinov ishlarini olib borgan maktab o‘qituvchisi R.G.Farmonova biz tomonimizdan tavsiya etilgan ona-tili, rasm va tabiatshunoslik darslarini integratsiyalashgan holda tashkil etganidan so‘ng, shunday fikr bildirdi: “Bu tarzdagi integratsiyalashgan darslar bir qator avzalliklarga ega bo‘ldi. O‘quvchilar bir vaqtning o‘zida ona-tili, matematika, tabiatshunoslik, rasm, mehnat darslari oldiga qo‘ygan ta'limiy vazifalarni bajardilar. Shu bilan birga sharqning yetuk mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy ta'kidlaganidek, o‘quvchilar o‘zlarini bir vaqtning o‘zida turli-tuman bog‘larda yurgandek tasavvur qiladilar”.
4-sinf ona tili darsligida “Turg‘un bobom” nomli she'r berilgan bo‘lib, unda ekologik tarbiya ilgari surilgan.
Turg‘un bobom.
Keng bepoyon vodiylarni, Ko‘rkam yoz bezar,
Tun qo‘ynida Turg‘un bobom, Dalani kezar.
Qo‘lidagi katta ketmon, Yarqirab kunda, Egatlarga shildiratib, Suv quyar tunda.
O‘zi juda ishga chaqqon, Taniqli suvchi,
Uni sevar har dehqon, Har bir o‘quvchi.
Zilol suvlar paxtazorda, Shildirab oqar,
Gullayotgan ko‘m-ko‘k g‘o‘za, Bobomga boqar.
Bu o‘rinda ham avvaldan tayyorlanib kelgan o‘quvchi shoir biografiyasini gapirib beradi. So‘ngra o‘quvchilarga shoirning tug‘ilgan kuni va oyini son bilan yozish topshirig‘i beriladi, bunda o‘quvchilar sanani to‘g‘ri yozishga o‘rganadilar. Ona-tili darslari elementlarini tasviriy san'at va mehnat darslari bilan integratsiyalash masalasiga metodistlar, pedagoglar, psixologlar alohida e'tibor qaratmoqdalar.
XULOSA
Ilmiy manbalarning tahlili sharq mutafakkirlari, xorij va o‘zbek pedagoglari integratsiyalashgan darslarni amaliyotga tadbiq etishga harakat qilganliklarini ko‘rsatdi. Ta'lim jarayoni samaradorligini oshiradigan omillar ichida darslarni integratsiyalashgan asosda tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda ta'lim jarayoniga integratsiyalashgan darslarni olib kirish dolzarb muammolardan biridir. Bugungi kunda ta'lim jarayoniga integratsiyalashgan darslarni olib kirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Ta'lim jarayonini integratsiyalashgan darslar asosida tashkil etishning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda olamni yagona bir butunlikda ekanligi, tabiatdagi mavjud o‘zgarishlar bir-biri bilan bog‘liqlikda ekanligi haqida ta'limotga ega bo‘lishlariga imkoniyat yaratiladi. Ta'lim jarayonini integratsiyalashgan darslardan foydalanish o‘quvchilarni bilim olishlaridagi eng muhim omillardan biri hisoblanib, o‘quvchilarni bilimlarni o‘zlashtirishlarida yuqori samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |