Elita-o‘rtagul. Rang tekisligi a’lo darajadagi havorang, marvaridrang va kumushrang qo’zilar. Sag’risi va orqa beliga mustaxkam, uzun yarim doira qalami gular, yonboshlarida o’rta uzunlikdagi va qisqa qalam gular hamda dona gullar. Jun-tola qoplami quyuq, ipaksimonligiva yaltiroqligi kuchli yoki meyorida. Terisi zich, yupqa yoki biroz qalinlashgan. Gullarning rasmi yondosh- konsentrik. Bosh, qorin va oyoqlarining gular bilan qoplanishi yaxshi. Rivojlanishi meyorida, konstutsiyasi mustaxkam yoki noziklashgan. Qo’zi terisi “Jaket 1” navining eng yaxshi qismiga mos.
1 sinf. Gul o’lchami o’rta va katta. Rang tekisligi yaxshi bo’lgan havorang, marvaridrang, kumushrang, “oq tushgan”va po’latirang qo’zilar. Sag’risi va orqa belida mustahkam, o’rta uzunlikdagi va qisqa yarim doiraqalam gullar qo’yiladi. Jun-tola qoplami quyuq yoki yetarli emas, ipaksimon yoki yaltiroq. Terisi har xil qalinlikda va zich. Gullarning rasmi parallel-konsentrik yoki aralash. Bosh, qorin va oyoqlarning gular bilan qoplanishi yaxshi yetarli emas. Qo’zi terisi “Jaket 1” , “Jaket qalin “ va “ Maskva jaketi” navlari mos.
3.2.2. Qovurg’asimon va yassi qalam gul tiplari
1 sinf. O’rta yoki kattagul. Rangi tekis havorang, kumushrang, marvaridrang va sadafrang qo’zilar. Sag’risi va belida mustahkam uzun yoki o’rta uzunlikdagi qovurg’asimon, yassi qalami va yol gullar, yonboshlarida o’rta uzunlikdagi va qisqa qovurg’asimon, yassi qalami gullar va yolgullar yoki uncha katta bo’lmagan silliq gullar. Jun-tola qoplami qisqa, quyuq, ipaksimon, yaltiroqligi kuchli yoli meyorida. Gullarning rasmi yondosh-to’g’ri yoki aralash, terisi zich,yupqa. Bosh, qorin va oyoqlarining gullar bilan qoplanishi yaxshi yoki o’rtacha. Konstutsiyasi mustahkam yoki noziklashgan. Qo’zilar terisi mazkur tiplarni 1-navlariga mos.
2 sinf. Har xil o’lchamli, tusli va rangbaranglikdagi ko’k qo’zilar. Ranglari tekis yoki tekisligi yetarli emas. Yarim doirali, yassi va qovurg’asimon shakldagi gul turlarining elita va 1 sinf talablariga javob bermagan hamda o’siqgul tipli qo’zilar kiritiladi. Gullaring rasmi ko’pincha noaniq. Jun-tola qoplami quyuq yoki yeterli emas, ipaksimonligi yoki yaltiroqligimeyorida yoki kuchsiz bo’ladi. Terisi har xil qalimlikda va zichlikda. Konstutsiyasi noziklashgan mustahkam yoki dag’allashgan. Qo’zilar terisi mazkur tiplarning 2 navlariga mos.
Seleksiya uchun yaroqsiz. Hamma 2 sinf talablariga javob bermagan ko’k rangli qo’zilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |