Sho’r tuproqlar, ularninng turlari. Sho’rxok va sho’rxoksimon, sho’rtobli hamda taqirli tuproqlar
Reja:
1.Sho’rxok va sho’rxoksimon tuproqlar.
2.Sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar.
3.Sho’rxok va sho’rxoksimon tuproqlarning morfologik belgilari, sho’rlanish darajalari va sho’rlanish tiplari bo’yicha klassifikatsiyalari.
4.Sho’rtob va sho’rtobli tuproqlarning sho’rtoblilik xususiyatlari bo’yicha bo’linishi.
Yer qatlamlarida ko’p miqdorda suvda eriydigan tuzlari bo’lgan tuproqlarga sho’rlangan tuproqlar deyiladi.
Sho’r tuproqlar yer yuzasining quruq cho’l, yarim sahro va sahro mintaqalarida keng tarqalgan. O’zbekistonda sho’rlangan yerlar maydoni 750 ming km2 ni tashkil qiladi. Respublikamizning umumiy sug’oriladigan maydoni 4,3 mln. gektar bo’lsa, shundan 55-60 % i sho’r yerlar hisoblanadi.
Sho’rlangan yerlar ikki guruhga bo’linadi:
1)Sho’rxoksimon va sho’rxok yerlar.
2)Sho’rtob va sho’rtobli yerlar.
Tarkibida tuzlari oz bo’lgan (0,5 - 1,0%), yer usti (0-30 sm) qatlamida tuz to’planadigan tuproqlar sho’rxokli tuproqlar deyiladi.
Tarkibida tuzlar oz bo’lgan (0,3 - 0,6 %) va yerning ostki (30-100 sm) qatlamlarida tuz to’plangan tuproqlar sho’rxoksimon tuproqlar deyiladi.
Yerning ustki qatlamlarida tuzlar juda ko’p miqdorda (2-3 dan - 10-30 % gacha) bo’lgan tuproqlar sho’rxok tuproqlar deyiladi. Sho’rkoksimon va sho’rxok tuproqlar yer yuzining qurgoqchil mintaqalarida, shu jumladan O’zbekistonda keng tarqalgan.
Sho’rlangan tuproqlar genetik belgilari, morfologik tuzilishi, tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi, sho’rlanish darajasi va sho’rlanish tiplari bo’yicha klassifikatsiyalanadi.
Sho’rxok tuproqlarning kimyoviy tarkibi va morfologik belgilariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
Ho’l sho’rhoqlar, qatqaloqli sho’rhoqlar, mayin sho’rhoqlar, qora sho’rhoqlar.
Sho’rlangan tuproqlar tuzli qatlamning joylashish chuqurligiga va undagi tuzlarning miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1.Sho’rlanmagan - tuzli qatlam 150-200 sm chuqurlikda bo’lib, tuzlar miqdori 0,3 % dan oshmaydi.
2.Kuchsiz sho’rxoksimon - tuzli qatlam 80-120 sm chuqurlikda bo’lib, tuzlar miqdori 0,3 - 0,6 % bo’ladi.
3.Sho’rxoksimon - tuzli qatlam 30-80 sm chuqurlikda bo’lib, tuzlar miqdori 0,6 - 1,0 % bo’ladi.
4.Sho’rxokli - tuzli qatlam 5-30 sm chuqurlikdan boshlanib, tarkibida tuzlar 1 - 2 % bo’ladi.
5.Sho’rxok - tuzlar qatlam yer yuzasidan boshlanib tarkibida 2% va undan ko’p miqdorda tuzlar uchraydi.
Yerlarning melioratsiya qilishda sho’r tuproqlarni sho’rlanish darajalarini va sho’rlanish tiplarining o’rganish muhim amaliy ahamiyatga ega.
Tuproqdagi suvda eriydigan tuzlarning miqdori va sho’rlanishi darajasi laboratoriyada tuproqni kimyoviy analiz qilish yo’li (suvli so’rim analizi) bilan aniqlanadi.
Bunda tuproq eritmasining (PH) reaksiyasi, tuproqning ishqoriyligi, xlor-ioni, sulfat-ioni, kaltsiy, magniy, natriy va suvda eriydigan tuzlarning jami (quruq yoki qattiq qoldiq) aniqlanadi va shu analiz natijalari bo’yicha tuproqning sho’rlanish darajasi belgilanadi.
Jadval
Tuproqning sho’rlanish darajasi bo’yicha klassifikatsiyalash.
Sho’rlanish
|
Tuproqdagi tuzlarning miqdori %
|
Darajasi
|
Xlorli sho’rlanishda
|
Sulfatli sho’rlanishda
|
|
qattiq
qoldiq
|
xlor
|
sulfat
|
qattiq
qoldiq
|
xlor
|
sulfat
|
Kuchsiz sho’r-langan
O’rtacha sho’r-langan.
Kuchli sho’r-langan.
Sho’rxok.
|
0,3-0,5
0,5-1,0
1,0-2,0
>2,0
|
0,02-,01
0,04 -0,1
0,1-0,2
>0,2
|
0,1-0,2
0,3-0,4
0,4-0,6
>0,8
|
0,5-1,0
1,0-2,0
2,0-3,0
>2,0
|
<0,02
<0,04
<0,1
<0,2
|
0,3-0,4
0,4-0,5
0,6-0,8
>0,08
|
Sho’r tuproqlar tarkibidagi tuzlarni anion va kationlarning o’zaro nisbatlari bo’yicha sho’rlanish tiplariga bo’linadi.
7-jadval
Tuproqning sho’rlanish tiplari (milli - ekvivalent hisobida).
Anionlar bo’yicha
|
Kationlar bo’yicha
|
CI
SO4
|
SO4
CI
|
HCO3
CI+SO4
|
sho’rlanish
tipi
|
Na+K
Ca+Mg
|
CaQMg
NaQK
|
Mg
Ca
|
sho’rlanish tipi
|
>2
1-2
0,2-1
<0,2
|
<0,5
0,5-1
1-5
>5
|
-
-
-
-
|
Xloridli
Sulfat-
xloridli
Xlorid-
sulfatli
Sulfatli
|
>2
1-2
1-2
<1
|
<0,5
0,5-1
0,5-1
>1
|
-
>1
<1
>1
|
Natriyli
Magniy-
natriyli
Kaltsiy- natriyli
Kaltsiy-natriyli
|
Sho’rxok va sho’rxoksimon tuproqlar tarkibida ko’proq natriy xlor va natriy sulfat tuzlari bo’ladi. Ularning tuproq singdirish kompleksi tarkibida oz miqdorda natriy bo’ladi.
Sho’rxok va sho’rxoksimon tuproqlar asosan, qulay suv-fizik xossalariga ega, suv o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lib, tuzlardan osonroq yuviladi va mexanik ishlov berishga moyil bo’ladi. Shu bilan birga ularning kapillyarlik xossasi yaxshi, shu tufayli sizot suvlaridan tuzlar kapillyar naychalar bo’ylab tuproqning ustki qatlamlariga tez harakat qiladi.
Sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar deb, singdiruvchi kompleksida juda ko’p miqdorda natriy bo’lgan tuproqlarga aytiladi. Tuproqdagi singigan barcha kationlar yig’indisi (Ca, Mg, Na, K, H2, NH4 ) singish sig’imi deyiladi va 100 g tuproqdagi milli-ekvavalentlarda ifodalanadi).
Sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar asosan yer yuzining namgarchilik yetarli miqdorda bo’ladigan, ya’ni kashtan, qo’ngir, o’rmon-cho’l va qora tuproqli mintaqalarda keng tarqalgan.
O’zbekiston sharoitida sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar juda kam uchraydi. Lekin ular kuchli minerallashgan sizot suvlari yaqin yerlarda uchrab turadi.
I.P.Antipov - Karatayevning klassifikatsiyasi bo’yicha sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Sho’rtobsiz - 5% dan kam (tuproqdagi singigan natriyning singigan kationlar milligram - ekvivalentlar yig’indisiga nisbatan % hisobidagi miqdori.
Sal sho’rtobli - 5 - 10% ; Sho’rtobli - 10 - 20% ; Sho’rtob - >20%.
Sho’rtobli tuproqlarning tarkibida 5-20% natriy bo’lganda ularning fizik-ximik xossalari yomonlashadi, sho’rtobli tuproqlarning fizik-kimyoviy xossalari mutloq yomon bo’lib, bunday yerlarda hech qanday ekin bitmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Vorobyov S.A., Кashtanov A.N., Likov A.M., Makarov I.P. Zemle-delie. M.: Agropromizdat. 1991.
2. Ermatov A.Q. Sug’oriladigan dehqonchilik. T.:O’qituvchi. 1983.
3. Ermatov A.Q.,G’aniyev V. Dehqonchilik. T.: Mehnat. 1990.
4.Zaurov E.I. Dehqonchilikdan laboratoriya ishlari va amaliy mashg’u-lotlar T:. «O’qituvchi»,1979 .
5. Tursunxujaev Z., Bolkunov A. Nauchniyi osnovi xlopkovix sevooborotov. T.: Mehnat, 1987.
6.H.Sheraliev. M.Shodmanov Dehqonchilik. Ma’ruzalar matni T.:2004
7. Astanov R., Shodmanov M., Madraimova S. Sistema zemleldeliya .Tekst leksiy. T.: 2004.
8. O’zbekiston Respublikasining "Suvdan foydalanish to’g’risida"gi qonuni, T.1993.
9. U.Norqulov, X.Sheraliev «Qishloq xo’jaligi melioratsiyasi» T.2003.1>1>
Do'stlaringiz bilan baham: |