1. Shohruh sulton madhida Mirzo Ulug’bek madhida



Download 39,46 Kb.
bet2/3
Sana29.10.2022
Hajmi39,46 Kb.
#858062
1   2   3
Bog'liq
Sakkokiy

Qochonkim gʻamzasi koʻzlab oʻqin kirpiki kezlosa,
Qora qoshlaridan paydo boʻlur ushshoqning yosi,
– deydi.
Sakkokiy gʻazallarida keltirilgan koʻpgina badiiy tasvirlar va oʻxshatmalarni Alisher Navoiy, Bobur va boshqa shoirlarning gʻazallarida ham uchratish mumkin.
Sakkokiy faqat lirik sheʼrlar yozish bilan cheklanib qolmay, yuqorida aytganimizdek, goʻzal qasidalar yozdi va bu qasidalar u yashagan va ijod etgan davrdagi ijtimoiy hayot bilan chambarchas bogʻlanib ketgan.
Sakkokiy Ulugʻbekka atab yozgan qasidasidagi yana bir misraga eʼtiborni qaratsak, foydadan xoli boʻlmas:
Raiyat qoʻy erur, Sulton anga choʻpon yo boʻri,
Boʻri oʻlgayu qoʻy tingʻay, chu Musotek shubon keldi,
– deb yozadi.
Bu bilan Sakkokiy oʻsha davrdagi hukmdorlar haqida fikr yuritadi va adolatli hukmdorlarni choʻponga, adolatsiz hukmdorlarni boʻriga oʻxshatadi.
Ulugʻbek davlat tepasiga kelishi voqeasini shoir quyidagicha ifodalaydi:
Jahondin ketti tashvishu mabodoyi amon keldi,
Xaloyiq aysh eting bu kun, sururi jovidon keldi.
Tan erdi bu ulus barcha, aningtek joni bor yo yoʻq,
Bihamdilloh, oʻgʻon fazli bila ul tanga jon keldi.
Ulugʻbekka bagʻishlab yozilgan qasidada xalq, ulus, raiyat, omonlik, surur, adolat soʻzlari koʻp uchraydi. Bundan koʻrinib turibdiki, zamonasining ilgʻor fikrli kishisi sifatida buyuk shoir Sakkokiy xalq ahvolini oʻylagan hodda, Ulugʻbekdek maʼrifatli hukmdorni davlat tepasiga kelishi xalq uchun yaxshi ish boʻlganligidan mamnun ekanligini izhor etgan.
Shunday qilib, hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek, Mavlono Sakkokiy ajoyib lirik sheʼrlar va betakror qasidalar ijod etgan hamda oʻzbek mumtoz adabiyotining ravnaq topib, gullab yashnashiga maʼlum hissa qoʻshgan buyuk shoirlardan biri sifatida tarihda muhrlandi.
II. Asosiy qism

  1. Shohruh sulton madhida

XV asrda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fan, adabiyot, san’at va madaniyatning XII-XIII asrlarga nisbatan keng taraqqiy etishi tasodifiy bir hol emas edi. Chunki, Amir Temur tomonidan asos solingan temuriylar davlatining poytaxti Samarqandga dunyodagi o‘z kasbining mohir usta va naqqoshlari, shoir va xattotlari yig‘ildi hamda keyingi davrlar uchun ham bu manba vazifasini o‘tadi.
Ulug‘bek Mirzo davrida Movarounnahrda nafaqat aniq fanlar, balki badiiy adabiyot ham yuksak darajada taraqqiy etganligi qator manbalardan ma’lum. Hatto turkiy qasidachilikning taraqqiyoti bosqichi ham shu davrga to‘g‘ri keladi.

Sakkokiy XV asr qasidago‘ylar ichida eng ko‘p turkiy qasidalar yozgan shoir bo‘lib, bizgacha shoir qasidalari va g‘azallari jamlangan devonining 2 ta noto‘liq, deyarli bir xil: Britaniya muzeyida (taxminan XVI asr o‘rtalarida ko‘chirilgan nusxa) 2079, Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida (1937 yil Shoislom kotib tomonidan ko‘chirilgan nusxa) 7685 raqami ostida saqlanayotgan nusxalar yetib kelgan.

Sakkokiy devonida bir hamd, bir na’t va o‘n bir madh qasida mavjud. Madh qasidalarning bittasi Xoja Muhammad Porsoga, bittasi Xalil Sultonga, beshtasi Ulug‘bek Mirzoga (ushbu qasidalarning bittasi Shohrux sultonga bag‘ishlangan degan fikrlar ham mavjud), to‘rttasi Arslon Xoja Tarxonga bag‘ishlangan. Jami qasidalar 407 bayt yoki 814 misrani tashkil etadi.

Bir necha yillar davomida shoir devonida Ulug‘bek Mirzoga bag‘ishlangan ikki qasida o‘rtasida hech qanday belgi qo‘yilmaganligi, aniqrog‘i, keyingi qasida sarlavhasiz bo‘lganligi uchun ular to‘rtta sanalib kelinar edi.

Bu sarlavhasiz, nasibsiz 21 baytli qasida Navro‘z bayrami munosabati bilan yozilgan bo‘lsa kerak. Chunki, matla’da bahor kelishi bilan olam shod bo‘lganligi aytilib, bu kun bilan podshoh muborakbod etiladi. Bayram munosabati bilan tayyorlangan bazm, mayin yog‘ayotgan yomg‘ir tasviri beriladi va shunday kunda Alloh yomon ko‘zdan saqlashligi uchun duo o‘qiylik, deya lutf etiladi:

Keldi maymunu humoyun iydi olam bo‘ldi shod,


Maqdami sizga muborak, bo‘lsin, ey Xusravnihod.
Ishrat asbobi muhayyovu qamug‘ boron zarif,
Saqlasun Qodir yomon ko‘zdin o‘qili “In yakod”.

Keyingi baytdan boshlab podshoh Mirzo Ulug‘bekning madhi keltirilib, bunday bayramu saroy Jamshid, Faridun, £ubodlar davrida bo‘lmaganligi, Ulug‘bek yuritayotgan adolatni No‘shiravon umrida ko‘rmaganligi ta’kidlanadi.

Qasidada shoir Mirzo Ulug‘bek davridagi din rivojlanganligi, bid’at ahli to‘g‘ri yo‘lga kirganligi, zuhdu taqvo yuksalib, isyonu fasod ahli yo‘qolganligi, adolat mezoni tuzilib, rostlik rivojlanganligi, fitna bozori buzilganligi, ushbu bayramda mukofot tariqasida kiyim olganlarning sanog‘i bo‘lmaganligi kabi ijtimoiy hayot tasvirini keltiradi.

So‘nggi ikki bayt duo bo‘lib, unda shoir an’anaga muvofiq Ulug‘bek Mirzoga boqiy hayot tilaydi:

Bo‘lg‘onincha dunyoda har yilda iydu zavqu aysh,
Yurugoncha yer yuzi ustida xodiyu javod.
Surgonincha ablaqi ayyomni savti qazo,
Sen minib davlat otin umrungg‘a bo‘lsun imtidod.

Barcha davrlarning mashhur siymosi, davlat va ilm ishlarini teng yuritgan temuriylarning eng mashhur vakillaridan sanalgan Mirzo Ulug‘bek o‘z davrining turkigo‘y shoirlari tomonidan din va dunyo homiysi sifatida e’tirof etildi. Ular tomonidan olim va podshohning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy faoliyati yuqori baholandi. Bu esa turkiy qasidalarning mag‘zini tashkil etdi.

QASIDA
Shohruh sulton madhi
Jahondin ketti tashvish-u mabodoyi amon keldi,
Xaloyiq, aysh eting, bu kun sururi jovidon keldi.

Tan erdi bu ulus barcha aningtek joni bor yo yo‘q,


Bihamdillah o‘g‘on fazli bila ul tanga jon keldi.

Bu mavkib gardi surmosi topilmas erdi berib jon,


Ko‘rung ko‘z birla haq suninkim o‘sh xush roygon keldi.

Alamtek barcha beklarning boshi ko‘kka kerak teksa,


Kim onlar tak’ya qilg‘oli bu qutlug‘ oston keldi.

Jahondin Ahraman ketib musaxxar bo‘lg‘oy insu jon,


Kim o‘sh taxtini yel ko‘trub Sulaymoni zamon keldi.

Boyindi taxtining qadri, o‘zung toj ko‘kka toshlodi,


Adolat bog‘i sabz o‘ldi, chu No‘shiravon keldi.

Kerak jon bulbuli tun-kun navodin tinmasa bir dam,


Chu do‘stlarig‘a xurram yoz, adularg‘a xazon keldi.

Raiyat qo‘y erur, sulton anga sho‘bonu yo bo‘ri,


Bo‘ri o‘lg‘o-yu qo‘y ting‘oy, chu Musotek shubon keldi.
Bu kundin so‘ngra ko‘p ting‘oy raiyatlar rioyatdin,
Ulus haqqida ming turla atodin mehribon keldi.

Ko‘ngullar bo‘ldi xush ravshan ko‘rub qolmadi bir zarra,


Qorong‘ulik ketib, holi chu xurshidi zamon keldi.

Sevunsun xisravi oliy guhar sulton Ulug‘bekkim,


Shahanshoh Shohruhbektek shahi xisrav nishon keldi.

Bu shahning lashkari qaysi viloyat sori azm etsa,


Falakdin har zamon ul dam nidoyi «al-amon» keldi.

Bular elga qilich – nayza olib hayjoga kirganda,


Hech ish kelmodi a’dodin magar ohu fig‘on keldi.

Bu lashkar yetkanin ko‘rsang yasob a’doning ustiga,


Sog‘ing‘oysen cherik ermas magar gurzu sinon keldi.

Shahanshoho, sening oting shahi kishvarkusho erdi,


Ol emdi dunyoni ko‘ktin, laqab getisiton keldi.

Tavaru qo‘y bikin dushman, ko‘rub baxting qaviysini,


O‘z ilgin bog‘lab ollingg‘a, zaifu notavon keldi.

Kirib tulku bikin dushman, inida o‘lgay ochliqdin,


Ne qilsun ustina haybat bila sheri jayon keldi.

Quruq savdo pishurdi-yu, vale xom etti ishlarin,


Oxir ko‘rgul bu savdodin, boshig‘a ne ziyon keldi.

Ayo shoho, malak siyrat sening vasfing so‘zi ichra,


O‘qiyin emdi olingda yana bir doston keldi.

Eshiging tuproqi majruh bo‘lg‘on jonu tanlarg‘a,


Shifoliq marhami bo‘ldi, bisoti parniyon keldi.

Nekim No‘shiravon adl ishi ichra qildi taqsirin,


Qamug‘ing‘a aning bir-bir, sharif zoti zamon keldi.

Salotin dunyoda ko‘p keldi-yu, kechti seningtek bir,


Falakning gar tili bo‘lsa ayitsunkim, qachon keldi.

Malaktek zuhd-u toatda ishingni muntaho qilding,


Bu ishdin lojaram sidra senga adno makon keldi.

Qachon Kayvon bikin onlar saroy-u toqi oliyg‘a,


Tilosa posbonliqni, shahi Hinduston keldi.

Sening bazmingda kelturub, eshikka Zuhrani gardun,


Dedi tanda eding adno, kanizak madhxon keldi.

Gadolar roygon topg‘oy zaruriy moli Qorunni,


Yadi bayzo bikin ilging, jahong‘a zarfishon keldi.

Ulusqa to‘y berur bo‘lsang, qo‘yub oltin kumush girda,


Murassa’minjular birla, falaktin ikki xon keldi.

Qilich yashnatsang urushta, aning kay shu’lasin dushman,


Ko‘rub aytur: Qamug‘, hay-hay, qoching, barqi yomon keldi.

O‘qungni ko‘rsa sahmingdin so‘ngugtek titrar a’zosi,


Degay a’dokim o‘sh jong‘a, baloyi nogahon keldi.

Kishikim qahringga uchrar, shaqovat birla ul bordi,


Vale lutfingni topg‘ong‘a, saodatdin nishon keldi.

Shaho, lutfungni topqom deb duochi banda Sakkokiy,


Belin joni bila bog‘lab, bu xizmatga ravon keldi.

Erurman xonadoningning ko‘ngul birla duochisi


Menga burhon tilosalar, so‘zum xud chin ayon keldi.

Mamolik nazmi-yu, dinning qurug‘idur sharif zoting,


Nabitek shar’iy ishingda, zamiring xurdadon keldi.

Jahonda qarnlar tirik bo‘lub izzat bila turg‘il,


Azal vaqtida chun oting, shahi sohibqiron keldi.


  1. Mirzo Ulug’bek madhida

XV asrda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fan, adabiyot, san’at va madaniyatning XII-XIII asrlarga nisbatan keng taraqqiy etishi tasodifiy bir hol emas edi. Chunki, Amir Temur tomonidan asos solingan temuriylar davlatining poytaxti Samarqandga dunyodagi o’z kasbining mohir usta va naqqoshlari, shoir va xattotlari yig’ildi hamda keyingi davrlar uchun ham bu manba vazifasini o’tadi.
Ulug’bek Mirzo davrida Movarounnahrda nafaqat aniq fanlar, balki badiiy adabiyot ham yuksak darajada taraqqiy etganligi qator manbalardan ma’lum. Hatto turkiy qasidachilikning taraqqiyoti bosqichi ham shu davrga to’g’ri keladi.
Sakkokiy XV asr qasidago’ylar ichida eng ko’p turkiy qasidalar yozgan shoir bo’lib, bizgacha shoir qasidalari va g’azallari jamlangan devonining 2 ta noto’liq, deyarli bir xil: Britaniya muzeyida (taxminan XVI asr o’rtalarida ko’chirilgan nusxa) 2079, Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida (1937 yil Shoislom kotib tomonidan ko’chirilgan nusxa) 7685 raqami ostida saqlanayotgan nusxalar yetib kelgan.
Sakkokiy devonida bir hamd, bir na’t va o’n bir madh qasida mavjud. Madh qasidalarning bittasi Xoja Muhammad Porsoga, bittasi Xalil Sultonga, beshtasi Ulug’bek Mirzoga (ushbu qasidalarning bittasi Shohrux sultonga bag’ishlangan degan fikrlar ham mavjud), to’rttasi Arslon Xoja Tarxonga bag’ishlangan. Jami qasidalar 407 bayt yoki 814 misrani tashkil etadi.
Bir necha yillar davomida shoir devonida Ulug’bek Mirzoga bag’ishlangan ikki qasida o’rtasida hech qanday belgi qo’yilmaganligi, aniqrog’i, keyingi qasida sarlavhasiz bo’lganligi uchun ular to’rtta sanalib kelinar edi.
Bu sarlavhasiz, nasibsiz 21 baytli qasida Navro’z bayrami munosabati bilan yozilgan bo’lsa kerak. Chunki, matla’da bahor kelishi bilan olam shod bo’lganligi aytilib, bu kun bilan podshoh muborakbod etiladi. Bayram munosabati bilan tayyorlangan bazm, mayin yog’ayotgan yomg’ir tasviri beriladi va shunday kunda Alloh yomon ko’zdan saqlashligi uchun duo o’qiylik, deya lutf etiladi:

Download 39,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish