2.Xotira va uning turlari
Individning o`z hayotiy tajribasini esida olib qolishi, esda saqlab turishi va keyinchalik esga tushirishi xotira deb ataladi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar farqlanadi: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unitish. Bu jarayonlar biri-biridan ajralgan holda yuzaga chiqmaydi. Ular bir umumiy bir jarayonning turli tomonlarini tashkil qiladilar. Xotiraning yuzaga chiqishi, rivojlanishi kishining faoliyati bilan bog`liq. Ma`lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya`ni shaxsiy tajribani to`plash bilan bog`liqdir. To`plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma`lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoki faoliyatidan tushib qolishi uni esdan chiqarib quyishga olib keladi.
Xotira insonning hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo’lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilmaxil ko’rinishga egadirlar. Odatda, xotiraning turlariga va ularni muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib, uning xarakteristikasini esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, tanish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatningxususiyatlariga bog’liqligi olinadi. Umumiy psixologiyada xotira 5 ta muhim mezonga (bizningcha) muvofiq ravishda turlarga, ko’rinishlarga ajratiladi:
I. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira quyidagi turlarga bo’linadi:
а) harakat yoki motorharakat xotirasi;
b) obrazli xotira;
v) histuyru yoki hissiyot xotirasi;
g) so’zmantiq xotira.
II. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan;
a) ixtiyorsiz, b) ixtiyoriy, v) mexaniq.
III. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra:
а) qisqa muddatli xotira;
b) uzoq muddatli;
v) operativ (tezkor) xotira.
IV. Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga ko’ra:
a) musiqiy, b) eshitish xotirasi.
V. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga qarab:
a) fenomenal, b) kasbiy.
Esda qoldirish jarayonida odamning ongli ravishda irodaviy aktivlik ko’rsatish darajasi turlicha bulishi mumkin. Shu jixatdan esda qoldirish ixtiyorsiz va ixtiyoriy xillarga ajratiladi. Ixtiyorsiz esda qoldirishda odam oldindan xech bir maqsadni kuzlamagan xolda va maxsus usullarni kullamasdan esga olib koladi. Ixtiyoriy esda qoldirish maqsadga qaratilgan bo’ladi va esga olishning maxsus usullaridan foydalanishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |