Ma’naviyat — ochiq tizim. Butunlik sifatida ma’naviyatning eng asosiy xususiyatlaridan biri uning ochiq tizim ekanidadir. Ma’naviyatning asrlar va ming yilliklar davomida o`zluksiz rivojlanib borish sababi ham xuddi mana shu ochiqlikda. Ma’naviyatni tashkil qiluvchi unsurlarning har biri boyib va boshqa unsurlar bilan mutanosiblikda rivojlanib borgani sari ma’naviyat ham boyib, rivojlanib boradi. Bu rivojlanish shuningdek, eskirgan unsurlarning chiqib ketishi va yangi unsurlarning kirib kelishi evaziga ham ro`y beradi. Agar jahondagi biror xalq o`z ma’naviyatini boshqa xalqlar ma’naviyatiga qarshi kuysa, yoki ulardan ixotalab olsa, u tanazzulga yo`z tutadi. Har bir xalq ma’naviyati boshqa xalqlar ma’naviyatidan oziqlanib va ularga oziq berib boyiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |