1. Sharq falsafasida inson


-mavzu. Ma’naviyat va g`oyalar falsafasi



Download 1,99 Mb.
bet89/122
Sana15.08.2021
Hajmi1,99 Mb.
#148629
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   122
Bog'liq
Sharq falsafasida inson.

13-mavzu. Ma’naviyat va g`oyalar falsafasi .
Reja:

1.Ma’naviyatda axloq va e`tiqod birligi.

2. Ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot

3. Mafko`raviy g`oyalar va qadiryatlar

4. Hozirgi dunyoning mafko`raviy manzarasi
Ma’naviyat tushunchasi. Ma’naviyat o`zbek tilida ko`p ishlatiladigan, shu bilan birga, eng kam o`rganilgan tushunchalardan biridir. Хuddi shunday fikrni boshqa olimlar ham bayon qiladi: «Ma’naviyat atamasi rasmiy xujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda, matbuotda ko`p qo`llanilishiga qaramasdan, ilmiy tushuncha sifatida aloxida tahlil etilmagan va ta’riflanmagan»5. Kundalik turmushda ko`p qo`llanadigan bu tushunchaning ilmiy jixatdan deyarli o`rganilmagani Kalati tuyo`ladi. Lekin bunday holatning ildizlari turli davrlarda unga bo`lgan munosabatda ko`rinadi. Bu munosabat esa, sobik Ittifok davrida, asosan, uni inkor qilish va unga past nazar bilan qarashda edi.

Fanda, xususan, falsafada bu tushunchaning kam o`rganilgani, avvalo, shunda namoyon bo`ladiki, juda ko`p falsafiy tizimlarda unga mutloqo e’tibor berilmagan, ularning asosiy tushunchalari — kategoriyalar silsilasida unga o`rin ajratilmagan. Bunday holning sababi esa ijtimoiy taraqqiyotda ma’naviyatning o`rnini ilKay bilmaslik yoki uni inkor qilishda edi. Marksizm falsafasi bu tushunchaning ijtimoiy taraqqiyotdagi o`rniga e’tibor bermas edi. Shuning uchun Marks falsafasidagi kategoriyalar tizimida unga o`rin ajratilmagan. Shurolar davrida falsafa buyicha bosilib chiqqan risola va maqolalarda, darslik va ukuv qo`llanmalarida, xattoki falsafiy atamalar luQatlarida ham bu tushuncha tilga olinmagan.

O`zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatning taraqqiyot rejalari to`zilar ekan, rivojlanishning faqat iqtisodiy jixatlariga emas, ma’naviyat masalasiga ham aloxida e’tibor berildi. Bu e’tibor faqat nazariya soxasida emas, amaliyotda ham namoyon bo`ldi. «Хalkning ma’naviy ruxini mustaxkamlash va rivojlantirish, — deb yozgan edi Prezident Islom Karimov, — O`zbekistonda davlat va jamiyatning eng muxim vazifasidir»6. Mamlakatimizda ma’naviyat masalalari buyicha ukuv rejalari va dasturlar to`zildi, o`rta va oliy ukuv yurtlarida ma’naviyat fani kiritildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi to`zilib, barcha viloyat, shahar va tumanlarda uning bo`limlari ochildi. 1999 yilda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi to`zildi.

Bu soxada respublikamizda qator tadbirlar amalga oshirilgani va oshirilayotganini kayd etish bilan birga, bu tushunchani falsafiy tahlil qilish buyicha haraqatlar juda sekin amalga oshayotganini ta’kidlash joiz. Mavzu buyicha e’lon qilingan bir necha maqola, risola va uch-to`rtta kitoblar xisobga olinmasa, tadqiqotlar olib borish endi boshlanayapti. Bunday vaziyatning sabablarini esa, bizning nazarimizda, totalitar tuzum qoliplaridan, asoratlaridan xano`zgacha gutula olmayotganimizdan izlash kerak. Biz ham o`zimizda shakllanib qolgan munosabatni keskin o`zgartira olmayapmiz.

Boshqa fanlarda bo`lgani kabi, falsafada ham hodisalarni o`rganish, ko`pincha ularni ifodalaydigan so`zlarning kelib chiqishini aniqlashdan boshlanadi. «Ma’naviyat» so`zining negizida arabcha «ma’ni» so`zi yotadi. «Ma’naviy» so`zi ma’niga aloqadorlikni bildirsa, «ma’naviyat» «ma’naviy» so`zining ko`plikdagi shaklidir.

«Ma’naviyat» atamasining negizida ma’no so`zi yotar ekan, uning mazmuni, qulami, targ`ibini aniqlab olish ma’naviyat atamasini tularok anglashga yordam beradi. Ma’no mohiyatning ifodalanish shaklidir. Shu bilan birga, ma’noning ham o`z ifodalanish shakli bor. Bu shakl so`z va ibora, tildir. Ma’no, bir tomondan, mohiyatning shakli bo`lsa, ikkinchi tomondan, uning o`zi so`z va jumla uchun mazmundir. «Chun G`araz so`zdin erur ma’ni anga», deb yozganida Navoiy xuddi shuni nazarda to`tgan edi.

Ayni bir mohiyatga turlicha ma’no berilishi faqat fan emas, adabiyot va san’at uchun ham xosdir. Ko`pgina adabiyot va san’at asarlari odamlar, tanqidchilar, mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Agar fanda mutaxassislar mohiyatning ko`p ma’noliligidan bir ma’nolilikka qarab harakat qilsalar, san’atda bir shakl yordamida ko`pgina ma’nolarni berish san’atkorning maxoratidan dalolat beradi.

«Ma’naviyat» atamasining kelib chiqishiga, uning mohiyati bilan munosabatlariga biroz aniqlik kiritib oldik, deb xisoblasak, navbatdagi vazifa unga yaqin bo`lgan yana bir qator tushuncha va hodisalar bilan umumiy xususiyatlari va tafovutlarini aniqlashdir.

«Ma’naviyat» so`zi kanchalik purma’no ekani, uning ko`p qirraliligi to`g`risida Islom Karimov shunday yozadi: «Yer, oila, ota-ona, bolalar, karindosh-uruKlar, kuni-qo`shnilar, xalq, vijdon, mustaqil davlatimizga sadokat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, erkinlik – ma’naviyatning ana shunday ma’nosi keng»7.

Falsafiy tizimlar va adabiyotlarda keng qo`llaniladigan tushunchalar ichida «ma’naviyat»ga eng yaqin turadigani «ong» tushunchasidir. Ular o`rtasidagi munosabatlar shunday yaqinki, ma’naviyatsiz ong yoki ongsiz ma’naviyat bo`lishi to`g`risida gap ham yuritib bo`lmaydi. Lekin, bundan «ma’naviyat» va «ong» aynan bir tushuncha, degan xulosa chiqmaydi.

Ma’naviyat va ong o`rtasidagi munosabatlarni o`rganish ong targ`ibiga kiruvchi bir qator hodisalar bilan ma’naviyat munosabatini aloxida-aloxida tahlil qilishga zarurat qoldirmaydi. Shuning uchun ong tushunchasining qulamini va mazmunini aniqlab olish zarur.

Ijtimoiy ongning turli shakllari, nomidan ham ko`rinib to`rganidek, shakl vazifasini bajarsa, ularning mazmuni ma’naviyatni tashkil qiladi. Bizningcha, ba’zi izohlar bilan, ong shakl va ma’naviyatning mazmuni, deb kabo`l qilish mumkin. Shu bilan birga, ma’naviyat ham o`z targ`ibidagi hodisalarga nisbatan shakl vazifasini bajarishi mumkin.



Ong bilan ma’naviyat o`rtasidagi munosabatlarni shakl va mazmunga kiyosan aniqlash ma’naviyat mohiyatini o`rganishdagi dastlabki kadam, holos. Navbatdagi vazifa esa, mazmunga kiyoslanayotgan ma’naviyatning targ`ibini aniqlashdir. Bu masalaning muximligi shundaki, ma’naviyatning ijtimoiy hayotdagi o`rni va ahamiyati ko`p jixatdan uning targ`ibiga bog`liq. Shunisi ham borki, ma’naviyat targ`ibi, shu targ`ibdagi hodisalar salmog`i turli xalqlar, turli millatlar ma’naviyatida turlicha bo`lishi mumkin.

Хuddi shuning uchun ham turli xalq va millatlar o`z milliy ma’naviyatiga ega ekani, aytiladi. Milliy xususiyatlarni o`rganishni milliy ma’naviyatning o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishdan boshlashning sabablari ham, bizningcha, xuddi shundadir. Keltirilgan jumlada ma’naviyatning funksiyalaridan tashqari uning targ`ibiga kiruvchi unsurlardan asosiylari ham sanab utilgan. Ular iymon-iroda va vijdon kabilardir. Iymon to`g`risida shuni aytish lozimki, u musulmon Sharqi falsafasiga xos tushuncha bo`lib, uning boshqa tillardagi ekvivalentini topish ancha mushqul. Bu so`z keng ma’noli bo`lib, u o`z ichiga e`tiqod, ishonch, poklik singari axloqiy jixatlardan tashqari, iroda va sadokat singari ruxiy sifatlarni ham qamrab oladi.


Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish