1. Sharq falsafasida inson


Rivojlangan va kam taraqqiy etgan mamlaqatlar o`rtasidagi tafovutni yo`qotish



Download 1,99 Mb.
bet113/122
Sana15.08.2021
Hajmi1,99 Mb.
#148629
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122
Bog'liq
Sharq falsafasida inson.

Rivojlangan va kam taraqqiy etgan mamlaqatlar o`rtasidagi tafovutni yo`qotish ham davrimizning eng chigal jahonshumul muammolari qatoridan o`rin oldi. Rivojlangan mamlaqatlarda zamonaviy texnologiya, ilg`or ishlab chiqarish malakasi va insoniyatning ilmiy-texnika yutuqlari sistemalashtirilgan bilimlar zaxirasi to`planib, shu bilan birga aholining tabiiy usish darajasining pastligi boshqa mamlaqatlarga nisbatan o`z mamlakati aholisining iqtisodiy yashash tarzining beqiyos darajada yaxshilanishiga olib keldi. Bu mamlaqatlarda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning o`ziga xos tomonlari shundaki, mazkur mamlaqatlarda indo`strlashtirish jarayoni asrimizning 70-yillari boshidayok tugallanib, eng avval AЈSh va keyinchalik Germaniya, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlaqatlar ishlab chiqarish taraqqiyotining yanada yuqorirok bosqichiga uta boshladi. Bunda ilmiy-texnika yutuqlari ko`proqtalabga mos va yuqori texnologiyani rivojlantirishga ko`p e’tibor berdi, tabiiyki, ogibatda juda katta foyda olina boshlandi. Bunday ishlab chiqarish jarayonida malakasiz yoki kam malaka va bilimga ega bo`lgan ishchi kuchlariga extiyoj keskin kamayib ketadi.

Bunda iqtisodiy taraqqiyot darajasi tabiiy resurslar yoki ishlab chiqarilgan maxsulotlar bilan emas, balki ilmiy-bilim, texnologiya, murakkab mashina va uskunalar bilan ulchanadi. Rivojlanayotgan mamlaqatlar bu darajaga yetishish uchun bir qator jarayonlardan o`tgan.

Birinchidan, bu mamlaqatlar tabiiy boyliklari xisobiga orttirilgan milliy daromad miqdorining mamlakat aholisi jon boshiga tushadigan salmog`i keskin darajada ko`paydi.

Ikkinchidan, mamlakat aholisining tug`ilishini chegaralash, ularga sarflanadigan mablag`ni yuqori texnologiyani egallashda zarur bo`lgan mutaxassislar yetkazish uchun sarflash ko`zda tutildi.

Uchinchidan, ilmiy-tadqiqot, oliy ukuv yurtlari va maorifga taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy manba sifatida qarab, birinchi darajali ahamiyat berildi. Chunki yuqori texnologiyani egallash yuqori malakali ilm egalarini talab qiladi. Ijtimoiy taraqqiyot darajasini belgilovchi eng asosiy omil ilmiy tafakkur esa jamiyat a’zolarining ma’rifatlilik darajasini belgilab beradi. Bu soxada, butun jahon mikyosida fan va ta’limga 3-4% yalpi milliy maxsulotning miqdorida mabla² ajratilayotgan bir paytda, O`zbekistonda bu ko`rsatkich 8,3% miqdorda ekanligi kelajakka katta umid bilan qarashga imkon tuKdiradi.

ХХ asrning so`ngi un yilligida ba’zi mamlaqatlar o`rtasidagi iqtisodiy ko`rsatkich orasidagi tafovut tobora kuchayib borayotganligini ko`zatish mumkin. Agar ХХ asrning 60-yillarida Хindistonda ishlab chiqariladigan yalpi ijtimoiy maxsulot jon boshiga 50-70 dollarni tashkil etgan bo`lsa, AfKonistonda 60-70 dollar, Тurkiyada 243 dollar, Yaponiyada 1400 dollar, AЈShda 3600-3800 dollar bo`lgan. 1994 yilgi ma’lumotlarga muvofiq, yalpi milliy maxsulot jon boshiga: Хindistonda 370 dollar, AfKonistonda 80 dollar, Тurkiyada 3900 dollar, Bangladeshda 125 dollar, Germaniyada 22 ming dollar, italiyada 14,8 ming dollar, AЈShda 26 ming dollar, Janubiy Koreyada 8,7 ming dollar, Yaponiyada 37000 dollar bo`lgan.

Demak, kambag`al davlatlarning kambag`allashishi yanada kuchayib bormoqda. Buning bosh sababchisi, shu mamlaqatlardagi demografik jarayon ekanligi ta’kidlanmokda. Aholining faqat miqdoriy usishining o`zi kur-kurona yaxshi yashash tarziga olib kelavermaydi. Buning uchun mamlakat aholisining e`tiqodi, milliy psihologiyasi, qadriyat va an’analarini xisobga olgan holda faol demografik siyosat olib borish zarur.

Demografik muammolar va uning falsafiy tahlili. ХХ asr o`zining bir qator belgilari bilan oldingi barcha davrlardan keskin farq qiladi. Хususan, ХХ asrni yana «demografik portlash» davridir, degan qarashlar ham keng tarqalgan. Bunda qolgan barcha jahonshumul muammolarni keltirib chiqaruvchi bosh sabablardan biri ham aynan yer yo`zida aholining tez sur’atlar bilan ko`payishi bilan bevosita bog`liq ekanligi nazarda tutiladi. «Demografik portlash» tushunchasi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning kiska bir davrida, muayyan mintaka yoki mamlakatda va shuningdek, butun yer yo`zida tabiiy tug`ilish xisobiga aholi miqdorining nixoyatda tez ko`payishini anglatadi.

Insoniyatning oldida ana shunday xavf borligi to`g`risida dastlab ingliz iqtisodchisi Тomas Robert Maltus (1766-1834 yy.) ogoxlantirgan edi. U o`zining «Aholishunoslikning qonuniyati to`g`risida tajribalar» nomli kitobida aholining geometrik progressiya buyicha ko`payishini, uning hayot kechirishi uchun zarur bo`lgan moddiy ne’matlarning ko`payishi arifmetik progressiya buyicha ro`y berishini aytgan edi. Maltus bu jarayonning oldi olinmasa, yaqin kelajakda, planetar masshtabda, tabiiy muxit berishi mumkin bo`lgan moddiy ne’matlar miqdori bilan juda tez sur’atlarda ko`payayotgan dunyo aholisi extiyoji o`rtasida ziddiyat vujudga kelishini bashorat qilgan edi.

Darhaqiqat, bundan 6-8 ming yillar oldin yer yo`zida 5 mln. atrofida odamlar istikomat qilishgan, deb taxmin qilinadi. Bu ko`rsatkich eramizning boshlarida 230 mln., 1-ming yillikning oxiri 2-ming yillik boshlarida, ya’ni Beruniy zamonida 305 mln; 1500 yilda 440 mln; 1800 yilda 952 mln; 1900 yilda 1656 millionni tashkil etgan. XVI asr boshidan XIX asr boshigacha, ya’ni uch asr mobaynida bu ko`rsatkich 174 foizga oshganligini; 1900 yildan to 1999 yilgacha esa bu nisbat sal kam 4 barobar oshganligini ko`zatamiz.

ХХ asrning ikkinchi yarmida yer yo`zi mintakalarida aholining tabiiy ko`payish sur’atlari turlicha bo`lib, bu o`z navbatida, Yer yo`zida mintakalar, mamlaqatlar, xalqlar salmog`ining keskin o`zgarishiga olib kelmokda. Masalan, 1800 yilda (Napoleon zamonida) Fransiya aholisi 27 mln. kishini, Yer yo`zi aholisining 3 foizini tashkil etgan bo`lsa, Filippin orollarida yashayotgan aholi 1,6 mln. kishi miqdorida bo`lib, planeta aholisining umumiy salmog`iga nisbatan 0,16 foizni tashkil etardi. 1999 yil 13 oktabr kuni Yer yo`zi aholisi olti milliardlik dovoni bosib utdi. Fransiya aholisi 56,2 mln. ni, Yer yo`zi aholisi salmog`ining 0,94 foizni, Filippin aholisi ham 65 mln. kishini tashkil etib, jahon aholisidagi salmog`i (1,05%) buyicha Fransiyadan o`zib ketdi. Bu borada milliarddan ko`p aholi yashaydigan Хitoy va shu ko`rsatkich tomon borayotgan Хindiston aloxida o`rin tutadi. Хullas, bu masala bir mamlkat doirasidan chiqib jahon muammosiga aylandi. U bilan bog`liq muammolarni xal qilish uchun ham butun jahonda mushtarak faoliyat olib borish zarur.


Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish