1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


TURAR JOYLARDA YIG’ILADIGAN CHIQINDI-AXLATLARDAN



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

TURAR JOYLARDA YIG’ILADIGAN CHIQINDI-AXLATLARDAN 
TUPROQNI MUHOFAZA QILISH 
Tuproqni chiqindilardan muhofaza qilish uchun bir qancha kompleks 
chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bu ularni yig’ish, olib chiqib ketish, 
zararsizlantirish va utilizaciya qilishdir. 
Qattiq chiqindilarni tozalash
. Turar joylarni turli chiqindi-
iflosliklardan tozalash uy-joydan boshlanadi. Buning uchun ham 6—7 
kishilik xonadonga kundalik chiqindilarni yig’ish uchun 12—15 litrli 
qopqoqli idish kerak bo’ladi. Jamoa joylarida bunday idishlar qopqog’ini 
ochish uchun moslama o’rnatiladi. Bunday idishlar bir sutkada bir marta 
bo’shatiladi. 
CHiqindi-axlatlarni sanitariya, epidemiologiya jihatdan xavfliligini 
hisobga olib, axlat idishlarini bo’shatayotganda xavf-sizlik qoidalariga 
rioya qilish zarur. Uy-joylardan chiqqan axlatlar odatda tortadigan
trubalarga yoki hovli chekkasidagi idishlarga 
bo’shatiladi. Idishlar qopqoqli bo’lsa, pashsha va kemiruvchi hayvonlar 
kirmaydi. 
Axlat tortuvchi trubalar
. Bular odatda ko’p qavatli binolarga 
o’rnatiladi. Trubalar yuqoridan pastga qarab yo’nalgan bo’lib, binoning har 
bir qavatidagi maydonchasiga axlat qabul qiluvchi qopqoqli moslama 
o’rnatiladi. Binoning eng pastki qavatiga yig’ilgan axlatlar uchun 
qabulxona quriladi. Bu yerga maxsus bunkyer va shamollatish uchun 


392
moslama o’rnatilgan bo’ladi. Eshigi ham binoga kiradigan eshikdan 
ajratilgan bo’lishi, unga vodrovod va kanalizaciya o’rnatilgan bo’lishi 
kerak. Kamyeradagi bunkyerning hajmi xonadonlardan tushadigan axlat 
miqdoriga va necha marotaba tashib olib ketilishiga bog’liq. 
Ko’pincha ko’p qavatli binolarda axlatlarni yig’ish, ularning olib 
chiqib ketilishini yaxshilash maqsadida axlatlar mexanizmlar yordamida 
transportirovka qilinadi yoki avval konteynyerlarga yig’ilib, so’ngra temir 
rel’slar yordamida mashinalarga ortiladi. Agar axlatning zichliga 0,2—0,3 t 
m
3
ga teng bo’lsa, idishncng hajmi 100 litr bo’lishi zarur. Bunday idishni 
ikki kishi bemalol ko’tarib mashinaga orta oladi. Har bir kishi hisobiga yil 
davomida 0,4—0,5 m
3
chiqindi to’g’ri kelsa, 100 litrli idish 50—60 kishi 
uchun etarli bo’ladi. 
CHiqindi-axlatlarni yig’ishga mo’ljallangan 100 litrli idishlar asfal’t 
yo’l chekkasiga, turar joydan 20 metr nariga o’rnatiladi, Dam olish 
zonalarida bunday idishlar yashil zonalarga joylashtiriladi. Axlat idishlari 
soni va ularni joylashtirish iqlim sharoitiga, maydonning tuzilishiga qarab 
o’zgarishi mumkin. 
Kam qavatli turar joylarda, xo’jalik hovlilarida chiqindilar uchun 
shkaflar qurish mumkin. 
Sovuq iqlimli regionlarda ko’p qavatli binolardan chiqadigan axlatlar 
uchun shu uyning pastki qavatiga maxsus joy ajratiladi. U yerga isitish 
batareyalari o’rnatiladi, shamollatish moslamasi poliga trap o’rnatiladi. 
CHunki axlat to’planadigan xonaning harorati kamida + 5° S bo’lishi 
kerak. Axlat olingandan so’ng cementli pollar suv bilan yuvilib traplar 
orqali kanalizaciyaga tushiriladi. 
Ko’pincha ko’p qavatli uylarning hovlisiga betondan qilingan 
maydonchaga axlat yig’ish uchun 400—700 litrli konteynyerlar o’rnatiladi. 
Bunday konteynyerlar po’latdan, qalinligi 2 mm li tunukalardan yasaladi. 
Uning og’irligi 106 kg ga teng. Konteynyerlarning qopqog’iga axlat 
tashlash uchun 420 x505 mm li teshik o’rnatiladi. Hajmi 700 litrli 


393
konteynyer 400—500 aholiga xizmat qiladi. Agar bunday konteynyerlar 
qo’yishning iloji bo’lmasa, tagsiz yashikka axlat yig’iladi. Bunday 
yashiklar betonli yoki asfal’tlangan maydonga o’rnatiladi. CHiqindi-
axlatlarni olib ketish vaqtida yashik olinadi va maydondagi axlat 
mashinalarga ortiladi. Bunday taxta yashiklarning og’irligi 60 kg ga teng. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish