1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


TUPROQNING O’Z-O’ZINI TOZALASH JARAYONI



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

TUPROQNING O’Z-O’ZINI TOZALASH JARAYONI 
Har kuni, har soatda tuproqqa tushadigan ko’p miqdordagi chiqindi-
axlatlar, ular tarkibidagi mikroblar, viruslar, gijja tuxumlari, chirigan 
organik moddalar inson hayotiga xavf solishi mumkin edi. Ammo 
tuproqning o’z-o’zini tozalash jarayoni shunday falokat ning oldini oladi, 
Keyingi vaqtda odamlarning o’zi ham chiqindilarni zararsiz holga keltirish 
yo’llarini izlab topmoqdalar va ulardan xo’jalikda qayta foydalanmoqdalar. 
Tuproqning o’z-o’zini tozalash jarayoni sanitariya jihatidan ham 
talabga javob byeradi. Bunda organik moddalar minyerallashadi, patogen 


382
baktyeriyalar, ayniqsa ichak tayoqchalari va entyeroviruslar nobud bo’ladi, 
gijja tuxumlari yashash qobiliyatini yo’qotadi. Bu jarayon juda murakkab 
bo’lib, uning nechog’li yaxshi tozalanishi tuproqning tuzilishiga bog’liq. 
Tuproq normal holatda mayda yumaloq donachalardan iborat bo’ladi. 
Ular orasidagi g’ovaklar tuproqning havo bilan ta’minlanishiga yordam 
byeradi va jarayonni jadallashtiradi. Tuproq donachalari o’z navbatida 
biologik parda bilan o’raladi. Bu parda fil’trlanish jarayonida o’ziga erigan 
va osilma moddalarni, shular bilan birga baktyeriyalarni shimadi. 
Tuproqda organik moddalarning parchalanishi minyeralizaciya va 
nitrifikaciya bosqichida o’tadi. 
Minyeralizaciya jarayoni aerob va anaerob sharoitda o’tadi. Sporasiz, 
achitish jarayonida qatnashadigan mikroblar anaerob sharoitda parchalana 
boshlaydi. 
Organik moddalarning parchalanishida tuproqdagi bir hujayralilar, 
chuvalchanglar, mog’orlar, hasharotlarning tuxumdan chiqqan qurtlari ham 
qatnashadi. Natijada karbon suvlar suv va karbonat angidridga, yog’lar 
oldin yog’ kislotalari, glicyeringa, so’ngra suvga va karbonat angidridga 
parchalanadi. Proteolitik jarayonlar yordamida murakkab oqsillar 
aminokislotalar va ammiakka aylanadi. Oqsil tarkibidagi oltingugurtdan 
esa vodorod sul’fid hosil bo’ladi. 
Anaerob sharoitda parchalanadigan organik moddalar o’zidan 
qo’lansa hidli ammiak, vodorod sul’fid, myerkaptan kabi moddalarni 
chiqarib havoni ifloslantiradi. 
Aerob sharoitda oksidlanganda qo’lansa hidli gazlar ajralmaydi. Lekin 
bu jarayonda tuproqning o’z-o’zini tozalashi oxiriga etmaydi. Bunda 
oksidlanishdan so’ng nitrifikaciya jarayoni boshlanadi. Tarkibida azot 
saqlovchi birikmalar taqdirida nitrifikaciya jarayoni katta ahamiyatga ega. 
Bu bosqichda S. N. Vinogradov tomonidan topilgan aerob, anaerob 
mikroblar faol ishtirok etadi, Bular Nitrosomonos va Nitrobaktyer 


383
mikroblaridir. Bu mahsulotlar o’simliklar uchun juda zarur ozuqa 
hisoblanadi. 
Oksidlanish jarayoni davomida vodorod sul’fid sul’fat kislota 
tuzlariga, karbonat kislota karbonat kislota tuzlariga (karbonatlarga) 
aylanadi. Fosfor esa fosfor kislota va fosfor kislota tuzlariga (fosfatlarga) 
aylanadi. 
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, tuproqda organik moddalar 
parchalanish bilan bir qatorda sintez ham qilinadi. Natijada murakkab 
gumus moddasi paydo bo’ladi. Bu moddaning qishloq xo’jaligida va 
gigiena sohasida ahamiyati katta. 
Gumus organik moddalarga boy, murakkab kimyoviy tarkibga ega 
bo’lgan birikma. Gumus tarkibida gumin, ul’min, kren kislotasi, ligninlar, 
proteinlar, karbon suvlar, yog’lar, organik kislotalar va boshqa moddalar 
bor. Gumus sekin-asta emirilib o’simliklarga singadigan ozuqaga aylanadi. 
Gumusda azot moddasi ko’p bo’lishiga qaramay yomon hid chiqarmaydi, u 
yerda pashshalar ko’paymaydi. 
Tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanganligani ko’rsatuvchi 
belgi uning tarkibida organik azot, ammiak, organik karbon, nitratlar, 
xloridlar va sanoat korxonalari chiqindilarining topilishidir. Bu 
ko’rsatkichlar kontrol tuproqlar bilan solishtiriladi. Kimyoviy 
ko’rsatkichlarga «sanitariya soni» degan ko’rsatkich ham kiradi. 
Tuproqning o’z-o’zini tozalashi yaxshilanib borsa, u holda sanitariya soni 
yuqorilashib «1» ga etadi, tuproq juda ifloslansa, bu ko’rsatkich 0,70 ga 
teng bo’ladi. Patogen kasallik chaqiruvchi mikroblar tuproqning 
baktyeriologik ko’rsatkichi 
bo’lib hisoblanadi. Jumladan, tuproqning axlat bilan ifloslanganligini 
ko’rsatuvchi omil Vast. Soli va Vast regfringens hisoblanadi. Ma’lum 
bo’lishicha, tuproqdagi ichak tayoqchalari taxminan bir yildan so’ng nobud 
bo’lar ekan. Ularning tuproqda topilishi uning ifloslanganligidan darak 
byeradi. Agar tuproqda ichak tayoqchasi topilmasa, tuproq ilgari 


384
ifloslangan hisoblanadi. 
Tuproqning gijja tuxumlari bilan nechog’li ifloslanganligi bir kg 
tuproqda topilgan gajja tuxumlari soniga qarab aniqlanadi. 
Tuproqning tozaligini yoki ifloslangaligini ko’rsatuvchi hamda 
baktyeriologik, entomologik, gel’mintologik ko’rsatkichlar V.A. Gor-bov 
va N.I. Xlebnikov tomonidan 1972 yilda aniqlangan. 
36-j a d v a l 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish