IFLOSLANGAN ATMOSFERA HAVOSINI ATROF-MUHITGA VA INSON
SOG’LIG’IGA HAMDA TURMUSH TARZIGA TA’SIRI
Atmosfera havosiniig turli buzilishlari asosan XIX asrdan boshlab tez
rivojlana boshlaydi. Bu ayniqsa XX asrda misli ko’rilmagan darajaga etdi.
Yer kurrasi g’oyat katta, undagi turli sanoat korxonalari, zavod va
fabrikalar, avtotransport vositalari va xalq xo’jaligining boshqa
muassasalaridan ajralib chiqayotgan zararli omillar beqiyos. Ba’-zilar bu
gazlar o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketadi deyishadi. Aslida bunday emas.
Sanoat korxonalari va boshqa xo’jalik chiqindilari uzoq yil-lar davomida
tashqi muhitda aylanib yuradi, ular bir muhitdan ik-kinchisiga o’tib turadi.
Jumladan, qo’rg’oshin, DDT preparati kabilar vaqt o’tishi bilan o’z-o’zidan
327
yo’qolib ketmay, balki tabiatning biror-bir qismida yig’ilib boradi. Ayrim
ta’sirchan moddalar esa butun sayyora bo’ylab aylanib yuradi. Masalan,
DDT preparati inson qadami etmagan Antarktida muzliklarida 2500
tonnagacha yig’ilib qolganligi haqida ma’lumotlar bor. Hozir oq ayiqlar,
tyulenlar, hatto pingvinlarning jigarada DDT borligi aniqlangan.
Rivojlangan shaharlar va sanoat markazlarining atmosfera havosi
doimo chang, tutun, qurum va tumanlar bilan qoplanib turadi. Bu quyosh
nurini to’sib, yer yuziga ul’trabinafsha nurlar o’tishiga yo’l byermaydi.
Ul’trabinafsha nurlarning yer yuziga etarli tushmasligi o’z navbatida turli
kasalliklarni, ayniqsa bolalarda raxit kasal-ligini keltirib chiqaradi.
SHahar havosining doim tutun, tuman bilan qoplanishi kishilar-ning
kayfiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. YOrug’likning etarli bo’l-masligi ish
unumini pasaytiradi. Ko’pgina sanoat korxonalaridan chiqayotgan gazlar,
chang, qurum, dud va boshqa ta’sirchan moddalar tuman bilan aralashib
yorug’likni to’sib qo’yadi, g’ira-shira bo’lib qoladi.
Agar atmosfera havosidagi qurum miqdori 2 mg/m
3
ga etsa, kun-duzi
yorug’lik 90% ga kamayar ekan. Quyosh nuri atmosferaning yuqori
chegarasidan yer yuziga o’tgunicha 2/5 qismga kamayadi. Quyosh
radiaciyasi havo iflos joylarda pasayadi. Jumladan, Parijda 26—30 foizga,
Byerlinda 60 foizga kamayishi kuzatilgan.
Havodagi chang zarralari ul’trabinafsha nurlarning anchagana qismini
o’ziga singdirib, ularning yerga tushishiga to’sqinlik qila-di. Ayniqsa,
sanoat markazlaridan atmosfera havosiga ko’tarilgan changli
chiqindilarning osilgan hamda muallaq holda havoda turib qolishi ham
quyosh nurining kamayishiga sababchi bo’ladi. CHunki bu osilib turgan
omillar havo muhitida aerodispyers sistemani keltirib chiqaradi.
Aerodispyers sistema havodagi chang zarrachalarining yoyilgan holati.
CHangsimon moddalar havoda turli shaklga kirdi. Jumladan, eng mayda
zarrachalar atmosfera havosida muallaq, osilgan holda tu-rib qoladi. Ba’zan
328
ular bir-biri bilan yopishib, ipir-ipir yirik-lashgan zarralarni hosil qiladi.
Zarrachalar o’ziga tashqi muhitdagi ionlar, molekulalar, suv bug’larini
singdirib, jamlanishiga sabab bo’ladi. Bunday zarrachalarda turli belgili
zaryadlar paydo bo’ladi. Aerodio pyers sistema yorug’likning kuchli
taralishiga sabab bo’ladi.
Mayda zarrachalarning muallaq holatda havoda turib qolishi, ular
doimo Braun harakatida ekanligidan dalolat byeradi. Zarrachalar katta-
kichikligiga qarab, ikki xususiyatga ega bo’ladi: a) muallaq holda turuvchi
va b) nafas yo’llariga kirish xususiyatiga ega bo’lgan zarrachalar. Masalan,
zarrachalarning diametri 10—100 mkm ga teng bo’lsa, ular uzoq vaqt
davomida osilgan holda tura olmaydi. Bunday chang zarralari unchalik
zararli bo’lmay, yuqori nafas yo’llari, burundagi tuklar, shilliq pardalarda
ushlanib qoladi. Bular ba’zan shilliq qavatlarni qitiqlab, yallig’lantirishi
mumkin, ammo o’pka alveolalariga etib bormaydi.
Zarrachalar diametri 10 dan 0,1 mkm gacha bo’lsa, u inson salomat-
ligiga anchagina xavf tug’diradi. Bunday zarrachalar havoda uzoq
vaqtgacha turib qolib, juda sekinlik bilan havodan tushadi. Bunday
changlarning xavfliligi shundaki, ular o’pka alveolalarining chuqur
qavatlarigacha etib boradi va o’zining zararli ta’sirini ko’rsatadi.
V.A. Ryazanov klassifikaciyasiga ko’ra aerodispyers sistemalar
diametri 0,1 mkm dan kam bo’lgan tutunli aerozollarga va 0,1 mkm dan
kattaroq diametrli zarrachali aerosuspenziyalarga bo’linadi.
Nam, tomchi holdagi aerozollar tumanlar deb ataladi. Katta
shaharlardagi atmosfera havosi tarkibidaga chang miqdorining turlicha
bo’lishi shaharning nechog’li obodonlashganligiga, daraxtlar,
o’rmonlarning bo’lishiga, sanoat korxonalarining katta-kichikligiga
bog’liq.
F.F. Erisman nomidagi ilmiy-tekshirish institutining bergan
ma’lumotiga ko’ra, havodagi o’rtacha yillik chang miqdori qishloq joylarda
329
1 m
3
havoda 0,01 mg, turar joylarda 0,12 mg, shahar mar-kazida 0,13 mg,
sanoat korxonalari atrofidagi havoda 0,15 mg ga teng.
Havoning changli yoki tumanli bo’lishi, ifloslanishi, quyosh
radiaciyasiga ta’siri shahar muhitini o’zgartirib yuboradi, havo harakatini
sekinlashtiradi. U havoning nisbiy namligini kamay-tirishi mumkin.
SHaharni quyuq tuman bosishi ham xavfli, chunki tuman tomchilari
tarkibidagi zaharli moddalar inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Bunday hodisalar Gyermaniyaning Gamburg, Angliyaning Glazgo kabi
shaharlarida sodir bo’lib turadi. U yerdagi tumanning zararli tomoni
shundaki, u havodagi chang zarralarining tarqalishiga va o’z-o’zidan
tozalanishiga yo’l qo’ymaydi. Ayniqsa, sanoat markazlarida sodir
bo’ladigan bunday tumanlar inson salo-matligiga salbiy ta’sir qiladi.
Oddiy tuman zaharli moddalarga aralashib kishi organizmiga,
jumladan, burun, yuqori nafas yo’llari shilliq qavatiga salbiy
ta’sir ko’rsatadi. Ana shunday tumanli kunlarda bemorning ahvoli yanada
keskinlashadi. Masalan, surunkali bronxit, emfizema, tumov, nafas qisish
kasalligiga duchor bo’lgan bemorlar o’zlarini yomon his qiladilar.
Tumanlar transport harakatini buzadi, falokatlarga sabab bo’ladi.
Atmosfera havosidagi chang zarrachalari inson organizmiga noxush ta’sir
qiladi. CHanglarning ta’siri ular tarkibidagi kimyoviy moddalarning
biologik faolligiga, tabiatiga, fizik jihatiga uzviy bog’liq. Masalan, chang
tarkibidagi qo’rg’oshin, margamush, marganec, kadmiy, ftor aerozollari
surunkali ravishda organizmga tushib tursa, kasalliklar kelib chiqishi aniq.
Kamqonlik, flyuoroz, poliartrit, polinevrit kabi kasalliklar shular
jumlasidandir. Ayniqsa, radioaktiv xususiyatga ega bo’lgan changlar o’ta
xavfli hisoblanadi.
Radioaktiv changlarning naqadar xavfliligini CHyernobil’ fojiasida
ham ko’rishimiz mumkin. Semipalatinsk poligonida paydo bo’layotgan
radionukleinlar ta’siri borgan sari o’zini namoyon qilmoqda.
330
Zaharli bo’lmagan yirik diametrli chang zarrachalari ko’z va burun
shilliq qavatlariga tushib, ularning zararlanishiga sabab bo’ladn. Bu o’tkir
va surunkali rinit, laringit, faringit, traxeit, bronxit yoki traxeobronxit,
laringotraxeit kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Mabodo nafas yo’llari
orqali kvarc changlari o’pkaga tushadigan bo’lsa, pnevmokokkoz, silikoz
kasalliklari sodir bo’lishi mumkin. CHunki, elektrostanciyalardan
chiqadigan chiqindi, qurumlar tarkibida 14,9—19,7% atrofida erkin
holdagi kremniy (siliciy) ikki oksidi bo’ladi. Yirik shaharlar havosi
tarkibida mazkur modda miqdori 20—30% ga etish mumkin.
SHuni aytish kerakki, changlarning eng mayda zarrachalari inson
organizmiga zararli ta’sir ko’rsatadi. S. Gol’dbyerg olib borgan tekshirish
shuni ko’rsatdiki, ulkan issiqlik enyergiyasi ishlab chiqarish stanciyalari
(TEC) joylashgan rayondagi maktabning 322 o’quvchisi atroflicha
tekshirib ko’rilganda, ularning 58,3% ida o’pkada o’zgarishlar borligi,
16,3% bolada silikoz kasalligining dastlabki bosqichi borliga qayd etilgan.
Havodagi gaz tarkibining o’zgarishi gigienik nuqtai nazardan xavfli
hisoblanadi. Mabodo havoda qandaydir noxush hid sezilsa va u nafas orqali
organizmga tushsa, kasallik sodir bo’lishi mumkin. SHuning uchun ham
havoda hech qanday yot, noxush hid bo’lmasligi kerak. Biroq shunday
gazlar ham borki, ular o’ta zaharli bo’lishiga qaramay, hech qanday hidi
bo’lmaydi. Jumladan, is gazini odam ko’pincha sezmaydi. Bunday gazlar
asosan sanoat korxonalaridan chiqadi. Katta, industrial shaharlarda havo
tarkibining buzilganlishni shundoq sezish mumkin. Masalan, Olmaliq,
CHirchiq, Navoiy, Ustkamenegorsk va boshqa shaharlarning havosi
tarkibida 10 va undan ziyod turli zararli gazlar mavjud. Bular shahardagi
sanoat korxonalaridan, avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli
omillardir.
Havo tarkibidagi zararli gazlar to’g’ridan-to’g’ri nafas yo’llariga
tushib, o’pka alveolalari orqali qonga o’tadi yoki shilliq qavatlarga tushib
331
ularni yallig’lantiradi. Ayniqsa gazlar ishqoriy, kislotali xususiyatga ega
bo’lsa, ular shilliq qavatlarga kuchli ta’sir etadi.
Angliya, AQSH va boshqa shaharlarda olib borilgan kuzatishlar shuni
ko’rsatdiki, zaharli gazlar aksariyat yoshi o’tgan odamlarga, shuningdek
yosh bolalarga ancha kuchli ta’sir ko’rsatar ekan. Jumladan, 1952 yili
Londonda 3—4 kun davomida havoning nihoyatda ifloslanishidan 4000
kishi nobud bo’lgan. Bunga havo tarkibidagi tutun, sul’fid angidrid va
boshqa zararli omillarning me’yoridan ortiqligi sabab bo’lgan. 1963 yilda
N’yu-York shahrida sanoat chiqindilari hisoblangan qurum, tutun va
boshqa zararli moddalarning atmosfera havosida yuqori miqdorda
bo’lishidan 400 kishi halok bo’lgan. Bunda odam organizmiga asosiy ta’sir
qilgan modda sul’fid angidrid bo’lgan. Bu gazning 1 m
3
havodagi
koncentraciyasi 5—10 mg va undan ham yuqori bo’lgan.
Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, aholi o’rtasidagi nafas yo’llari
kasalliklari bilan atmosfera havosi orasida uzviy bog’lanish bor. Ayniqsa
sanoat korxonalari joylashgan rayonlarda zaharli tumanlarning paydo
bo’lishi turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Biroq shuni
aytish kerakki, shahar havosi tarkibidagi zaharli moddalarning kam
bo’lsada, surunkali ravishda odam organizmiga tushib turishi turli
xastaliklarni keltirib chiqaradi.
Neft ishlab chiqarish kombinati territoriyasida sul’fid angidrid va
vodorod sul’fid gazi, aromatik uglevodorodlar va boshqa omillarning
bo’lishi yosh bolalar o’rtasida turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab
bo’lgan. Ko’pincha bolalar o’rtasida allyergiya, pnevmoniya, bronxial
astma, dyermatit kabi kasalliklar uchrab turadi.
O’zbekiston gidrometeorologiya markazining bergan ma’lumotiga
ko’ra Olmaliq, Farg’ona, Navoiy va Qo’qon shaharlari havosi iflosligi
jihatidan yuqori ko’rsatkichga ega. O’zbekistonda faqat stacionarlardan
atmosfera havosiga tushadigan chiqindilar miqdori 1,3 mln tonnaga etdi.
332
Jumladan, sul’fit angidrid 535,8, uglevodorod 427, azot oksidi 94,1 ming
tonna va qattiq zarrachalar miqdori 317,4 ming tonnaga etdi. Ana shu
zararli omillarning ko’payishi sababli O’zbekistonda bemorlar soni 1,5
barobarga teng bo’lib qoldi. Bu bolalar organizmining yuqumli
kasalliklarga qarshi kurashish kuchi 25—37 foiz pasayishi demakdir.
CHirchiq shahrida qon bilan bog’liq kasalliklar 4,7 barobar, endokrin
sistemasi kasalliklari 1,9 barobar, qon bosimining oshishi 4,5 barobar,
yurakning ishemik kasalligi 2,2 marta ortdi. Farg’ona shahrida 1982—1985
yillar davomida nafas yo’llarining kasalliklari 27—60 marta ortganligi
aniqlandi.
Tojikistondagi alyumin zavodining ko’rsatgan asorati ko’pchilikka
ma’lum. U yerda bir yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi 1,5 barobar, tug’ma
kasalliklar soni 1,8 martobaga ko’paygan.
Atmosfera havosining organizmga noxush ta’siri turli usullar bilan
aiiqlanadi. Bunday kuzatishlar asosan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar
o’rtasida olib boriladi. CHunki yosh bolalar organizmi bunday zararli
omillarga sezgir bo’ladi. Ikkinchidan, bolalar jamoasida tibbiy ko’rikdan
o’tkazish tibbiyot xodimlariga qulaylik tug’diradi.
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, havosi ifloslanmagan xududda
istiqomat qiluvchi bolalar havosi ifloslangan joyda yashovchi bolalarga
qaraganda ancha sog’lom ekanliklari ma’lum bo’ldi.
Atmosfera havosining inson organizmiga va uning turmush tarziga
ta’siri o’rganilar ekan, yana bir masalaga to’xtalishga to’g’ri keladi.
U ham bo’lsa, inson organizmiga ta’sir qiladigan omillardir.
SHuni aytish kerakki, atmosfera havosida juda ko’p gazsimon, chang
ko’rinishidagi hamda bug’ holidagi inson organizmiga zararli ta’sir
qiladigan moddalar mavjud. Bu moddalarning aynan qaysi biri odam
organizmiga ta’sir etadi? Odam organizmining normal holati buzilishiga
ularning surunkali chekishi, spirtli ichimliklar ichishi va boshqa ijtimoiy,
333
iqtisodiy omillar ham ta’sir qiladimi, degan savol tug’ilishi tabiiy. Turli
zaharli moddalarning bir-birining ta’sirini kuchaytirishi, neytrallashi yoki
pasaytirishini nazarda tutadigan bo’lsak, bunday savolga javob berish
ancha qiyin. Ko’pincha kimyoviy moddalar bir-birining ta’sirini oshirganda
ularning zaharlash xususiyati kuchliroq bo’ladi.
29-j a d v a l
Do'stlaringiz bilan baham: |