10-sinf Jahon tarixi II bob (6-10-&)



Download 250,55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.06.2023
Hajmi250,55 Kb.
#949873
Bog'liq
10-sinf Jahon tarixi 6-10-mavzular(javobi)



10-sinf Jahon tarixi 
II bob (6-10-&) 
1. Germaniyada urushdan keyimgi inqilob qaysi shahardagi 
qo‘zg‘olondan boshlangan edi? 
A) Kil
B) Myunxen 
C) Berlin
D) Frankfurt 
2. Quyidagi tarixiy voqealarni ular sodir bo'lgan yillar bilan 
muvofiqiashtiring. 
1) Myunxenda “pivo isyoni” boshlangan;
2) Nyu-Yorkfond birjasida inqiroz boshlandi; 3) Germaniyada 
prezident Paul fon Gindenburg Adoif Gitlerni reyxkansler 
lavozimiga tayinlaydi;
4) Veymar Respublikasi davri boshlandi; 
a) 1929-yil 24-oktabr b) 1919- yil 31-iyul
c) 1923-yi! 8-noyabr d) 1933-yil 30-yanvar 
A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b 
C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b D) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b 
3. Noyabr inqilobidan so'ng kim boshchiligida yangi hukumat 
tuziladi? 
A) M. Lyuksemburg 
B) P. Gindenburg 
C) F. Ebert
D) N. Gaaze 
4. Ta’sis Majlisi inqilobiy ommaning demokratik talablarini 
qoniqtiruvchi konstitutsiyasini qachon va qayerda qabul qilgan 
edi? 
A) 1919-yil 31-iyulda, Veymar shahrida 
B) 1919-yil 28-mayda, Versal saroyida 
C) 1921-yil 4-iyunda, Berlin shahrida 
D) 1920-yil 11-noyabrda, Myunxen shahrida 
5. Germaniyada natsistlarning hokimiyatga kelishi uchun birinchi 
urunishi bu -... 
A) reyxstag binosiga yong'in uyushtirish bo'ldi 
B) sotsialistlarning qatag'on qilinishi bo‘ldi 
C) "pivo isyoni” bo'ldi 
D) “Daues rejasi”ning qabul qilinishi bo'ldi 
6. 1932-yil aprelda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlarida kim 
g‘olib chiqqan edi? 
A) Adolf Gitler
B) Gasm Myuller 
C) Paul fon Gindenburg D) Brenshteyn 
7. 1923-yilning oxirida Yevropa mamlakatlari ichida eng qadrsiz 
pul qaysi mamlakatda edi? 
A) Fransiya
B) Germaniya 
C) Italiya
D) Ispaniya 
8. Germaniya national-sotsialistik ishchi partiyasi paydo bo'Igan 
yilni toping. 
A) 1919-yil
B) 1918-yil 
C) 1923-yil
D) 1922-yil 
9. XX asrning 30-yillarida Germaniyada natsional-sotsializm 
g‘oyalari ruhidagi yangi jahon tartibini o'rnatish yolidagi dastlabki 
qadam nima boldi? 
A) Myunxen kelishuvida Chexosiovakiyaga tegishli Sudetning 
qaytarib olinishi 
B) 1937-1938-yillarda iqtisodiy o'sishdagi yutuqlar va ijtimoiy 
siyosat natijasida mamlakatdagi ichki holatning 
barqarorlashtirlishi
C) Ikkinchi jahon urushining boshlanishi 
D) Adolf Gitler yetakchiligidagi natsional-sotsialistlarning 
hokimiyat tepasiga kelishi 
10. Buyuk Britaniya tarixida ilk marotaba hokimiyat tepasiga 
leyboristlar partiyasi kelgan yilda yuz bergan tarixiy voqeani 
aniqlang. 
A) Britaniyalik olim Aleksandr Fleming penitsiienni kashf qilgan 
B) AQShda kongressga bo'lib o'tgan saylovlarda respublikachilar 
g'alaba qozonadilar 
C) Uzoq Sharqda “oq gvardiya”ning tor-mor qilinishi bilan 
Rossiyadagi fuqarolar urushi nihoyasiga yetadi 
D) Charlz Daues boshchiligidagi qo'mita xalqaro moliya-kredit va 
savdo munosabatlarini tiklashning strategik rejasini qabul qiladi 
11. Germaniyaning Avstriyani qo'shib olishiga nisbatan 
qo'llaniladigan atamani aniqlang. 
A) gelb
B) dengiz sheri 
C) avtarkiya
D) anshlyus 
12. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi uchun bahona bo‘lib nima 
xizmat qilgan edi? 
A) O’tmishdagi azoblar uchun yahudiyalardan qasd olish 
B) Polshadagi nemislarning taqdiri haqida g‘amxo‘rlik 
C) Bo'lingan dunyoni qayta bo'lib olish uchun boshlangan kurash 
D) Yevropani bolsheviklar xavfidan ozod qilish 
13. Germaniyaning totalitar rejimiga qaysi davlatlar ittifoqchi 
bo‘ldilar? 
A) Italiya va Yaponiya 
B) Fransiya va Turkiya 
C) AQSh va Kanada 
D) Bolgariya va SSSR 
14. 1936-1939-yillarda Germaniyada harbiy xarajatlar necha 
barobar oshirilgan edi? 
A) 5
B) 14 C) 10 D) 18 
15. Fransuzlar armiyasi Rur viloyatiga bostirib kirgan sanani 
aniqlang. 
A) 1922-yil
B) 1926-yil
C) 1921-yil
D) 1923-yil 
16. Gitler Germaniyada qachon umumiy harbiy majburiyat 
to‘g‘risidagi qonun qabul qildi? 
A) 1937-yilda
B) 1924-yilda 
C) 1933-yilda
D) 1935-yilda 
17. XX asrda butun siyosiy tizimning davlatga bo'ysunishini, 
jamiyat hayoti va fuqarolar ustidan to‘liq davlat nazorati 
o'rnatilishini nazarda tutuvchi tuzum qanday nomlanadi? 
A) totalitarizm B) liberalizm 
C) avtoritarizm D) anarxizm 
18. Jahon iqtisodiy inqirozi (Buyuk depressiya) yillarida faol 
siyosat olib borgan AQSh prezidentlarini aniqlang. 
A) K. Kuluj va G. Guver
B) U. Garding va F. Ruzvelt 
C) K. Kuluj va U. Garding 
D) G. Guver va F. Ruzvelt 
19. Rossiyada 1917-yil noyabrda kim rahbarligida bolsheviklar 
hukumati-Xalq komissarlari soveti tuziladi? 
A) Tobolin
B) Kalinin 
C) Petrovskiy
D) Lenin 
20. Rossiyada vujudga kelgan yangi hokimiyatning muhim jihati 
shunda ediki, ... 
A) hokimiyat partiyaviy rahbarlik asosida shakllangan 
B) barcha hokimiyat asoslari harbiylar qo'lida edi 
C) ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuli ta’qiqlanadi 
D) jamiyatni qayta qurishda radikai usullar mutanosiblashadi 


21. Quyidagilardan qay biri Brest-Litovsk sulhi qarorlariga mos 
kelmaydi? 
A) 5 million kishi yashaydigan juda katta hududidan ayrildi 
B) Germaniyaga katta kontributsiya to'lash majburiyatini oldi 
C) Boltiq dengizidagi flotidan ayrildi 
D) Qora dengizdagi flotidan ayrildi 
22. Rossiya tarixidagi eng sharmandali shartnomani aniqlang. 
A) 1922-yil, Rapallo shartnomasi 
B) 1918-yil, Brest-Litovsk sulhi 
C) 1939-yil, Moskva akti 
D) 1925-yil, Reyn pakti 
23. Quyidagilardan qay biri Rossiyada shakllanatyotgan 
bolsheviklar totalitar tuzumining muhim belgisi hisoblanadi? 
A) mamlakatning total ravishda urushga tayyorgarlik ko'rishi 
B) xususiy mulkning bekor qilinishi 
C) partiya va davlat tashkilotlarining birikib ketishi 
D) davlat hududining “yagona harbiy lager”ga aylanishi 
24. Fuqarolik urushi davrida Antanta davlatlarining Rossiyaga 
qarshi bosqinchilik harakatiari qanday nomlangan? 
A) Chet el intervensiyasi 
B) Sharqqa hujum 
C) Sharq masalasi 
D) Harbiy kommunizm 
25. 1917-yil oktabrda boshiangan fuqarolar urushi qaysi voqea 
bilan nihoyasiga yetgan edi? 
A) 1921 -yilda NEPga o'tilishi bilan 
B) 1922-yilda Uzoq Sharqda “Oq gvardiya”ning tor-mor qilinishi 
bilan 
C) 1924-yilda Yevropa davlatlari bilan aloqalartiklanishi bilan 
D) 1922-yilda SSSR tuzilishi bilan 
26. Dehqoniardan ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy va 
tekin tortib olish 
bu.... 
A) harbiy byurokratiya deb ataladi 
B) harbiy kommunizmning asosiy belgisi hisoblanadi 
C) oziq-ovqat razvyortkasi hisoblanadi 
D) oziq-ovqat taqsimoti tartibi hisoblanadi 
27. “Harbiy kommunizm”ga xos bo'lgan xususiyatlarni aniqlang. 
1) Ish haqini oziq-ovqat mahsulotiari bilan tolash;
2) Bozor iqtisodiyotini iqtisodiy manfaatdorlik va xo'jalik hisobi 
asosida rivojlantirish; 
3) Xususiy mulkchilikni bekor qilish;
4) Pul-tovar munosabatlarini to‘xtatish va sanoatni 
milliylashtirish; 
5) Ishchilarni ish haqini eng yuqori darajada oshirish; 
6) Teng taqsimlashga asoslangan davlat tizimini o'rnatish;
7) Shahar bilan qishloq o‘rtasida to‘g‘ridan- to‘g‘ri mahsulot 
almashuvini yo'lga qo'yish; 
A) 1, 3, 4, 6, 7 B) 1, 2, 3, 5, 7 
C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 2, 3, 5, 6, 7 
28. Volgabo'yi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq hududlarida sovet 
hokimiyati ag‘darilgan yilni aniqlang. 
A) 1917-yil
B) 1921-yil 
C) 1919-yil
D) 1918-yil 
29. Rossiyada fuqarolar urushi bo'lib o‘tgan yillarni toping. 
A) 1918-yil yozi - 1921-yil kuzida 
B) 1917-yil oktabr - 1922-yil kuzida 
C) 1918-yil yanvar - 1922-yil bahorida 
D) 1919-yilning boshi - 1922- yil aprelida 
30. Fuqarolar urushining asosiy sababi nimadan iborat bolgan? 
A) Chet el, ya’ni Antanta kuchlari tomonidan qo'llab-
quvvatlanayotgan harbiylarning davlat tuzumidan noroziligi 
B) Imperiyaning mustamlakalaridagi aholi bilan markaz 
aholisining dunyoqarashlari o'rtasidagi qarama-qarshilik 
C) Jamiyatni qayta qurishning ezgu maqsadlari bilan ularni 
amalga oshirishning radikal usullari o'rtasidagi nomutanosiblik 
D) Harbiylar va ishchilar o'rtasidagi hokimiyat uchun kurash 
31. Fuqarolar urushining yakunlovchi bosqichi qaysi hududlarda 
sovet hokimiyati o‘rnatilishi bilan harakterlanadi? 
A) Kavkazorti, O'rta Osiyo va Uzoq Sharq 
B) Ural, Sibir va Kavkazorti 
C) Amurbo'yi va Primorye 
D) Kamchatka, Kavkazorti va Sibir 
32. Chet el intervensiyasining dastlabki davrida bolsheviklar 
hukumati qanday tashkilotchilik ishlarni amalga oshirgan? 
1) Armiyada qat’iy tartib o'rnatildi;
2) Qo'shinlar soni 1 mln. kishidan oshdi;
3) Chor hukumatining ko‘plab general va ofitserlari sovetlar 
fomoniga jalb qilindi;
4) Mamlakat “yagona harbiy lager” deb e’lon qilindi; 
5) Imperiyaning chekka o’lkalaridan katta armiya to'plandi;
6) Janubiy qo‘shni mamlakatlardan harbiy 
yordam so‘raydi; 
A) 1, 3, 4, 6
B) 1, 2, 3, 4 
C) 2, 3, 5, 6
D) 1, 2, 4, 5 
33. “Harbiy komsnimizm” ma’naviy sohada….
A) Yangi tipdagi sovet maktablari tizimini yaratishdir 
B) Ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usulining joriy qilinishidir 
C) Hukmron mafkura va axloq normasi sifatida marksizm 
o'rnatilishidir 
D) Bolsheviklar nazorati ostida va markscha-lenincha mafkura 
asosida fan, adabiyot va san’atni rivojlantirishdir 
34. 1922-yil noyabrda .... 
A) Gizil armiya Vladivostok shahrini egallab, Tinch okeaniga 
chiqadi 
B) Rossiya harbiylari Port- Arturni to'liq o‘z qo'liga oladi 
C) Sovet Ittifoqi Millatlar Ligasiga a’zo bo'lib kiradi . 
D) RSFSRning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilinadi 
35. SSSRda majburiy boshiangich ta’lim joriy qilingan yilni 
aniqlang. 
A) 1934-yil
B) 1930-yil 
C) 1929-yil
D) 1932-yil 
36. Rossiya imperiyasida sodir bo'lgan quyidagi voqealarni 
xronologik ketma- ketlikda joylashtiring. 
1) “Harbiy kommunizm”dan Yangi iqtisodiy siyosatga o’tiladi;
2) Mamlakatni industriashtirishning birinchi 5 yilligi boshlandi;
3) SSSR tashkil qilindi;
4) Kavkazorti. va O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishi 
o'tkaziladi 
A) 3, 1, 4, 2
B) 1, 4, 2, 3 
C) 4, 1, 2, 3
D) 1, 3, 4, 2 
37. Rossiyada fuqaroiar urushi nihoyasiga yetgam yilda yana 
qanday tarixiy voqea sodir bo‘lgan edi? 
A) Germaniya va Sovet Ittifoqi o'rtasida Rapallo shartnomasi 
imzolangan 
B) Vladimir Lenin vafot etib, mamlakatda Iosif Stalin asosiy rol 
o'ynay boshlagan 


C) Ukraina, Kuban, Volgabo'yi va Qozog’iston o’lkalarida 
dahshatli ocharchilik oqibatida
7
mln.dan ortiq kishi 
ochlikdan vafot etadi 
D) AQShda Gerbert Guver prezident etib saylanadi 
38. Sovet davlatini eng oxirgi bo'lib qaysi davlat, qachon tan 
olgan edi? 
A) 1931-yil, Ispaniya 
B) 1933-yil, AQSh 
C) 1924-yil, Buyuk Britaniya 
D) 1934-yil Yaponiya 
39. SSSRda XX asrning 20-yillari oxiri – 30-yillar boshida 
amalga oshirilgan eng mashhur tadbir bu -..... 
A) Yangi hokimiyatning xalqaro miqyosda tan olinishi boldi 
B) Mamlakatni industrlashtirish bo’ldi 
C) Madaniy inqilobning amalga ishirilish jarayoni bo’ldi 
D) Qishloq xo‘jaligi sohasida kollektivlashtirish siyosatining jadal 
o'tkazilishi bo’ldi 
40. Quyidagi tarixiy voqealardan qay birlari orasidagi vaqt 10 
yilni tashkil qiladi? 
A) Buyuk Britaniyaning mashhur radiokorporatsiyasi Bi-bi-si 
tashkil qilindi; G'arb davlatlari o'rtasida Myunxen kelishuvi 
imzolandi 
B) Nemis qo'shinlari Parij shahriga kirib kelishadi; Yaponiya 
armiyasi Manchjuriyani bosib olib, u yerda Manchjo-Go davlatiga 
asos soladi 
C) Molotov-Ribbentrop pakti imzolangan; Yaponiya Millatlar 
ligasidan chiqib ketdi 
D) Germaniyada uran yadrolari ajralib chiqishining zanjirli 
reaksiyasi kashf etiladi; SSSRda kollektivlashtirish siyosati 
boshlanadi 
41. Sovet davlati kuchli iqtisodiy va siyosiy inqirozga kirgan 
davrda G'arb davlatlari och Rossiyaga yordam ko'rsatdilar va 
minglab odamlarni o'limdan qutqarib qoldilar. Bu jarayonlar 
kimning iltimosi asosida amalga oshirilgan? 
A) Kabo Lorin 
B) Fritof Nansen 
C) Vladimir Lenin 
D) Ivan Dzerjinskiy 
42. Yaponiya armiyasi Hasan ko'li atrofida SSSR hududiga 
qachon bostirib kirishgan edi? 
A) 1941-yil
B) 1939-yil 
C) 1938-yil
D) 1944-yil 
43. SSSRda kollektivlashtirish siyosati qaysi yillarni qamrab 
olgan edi? 
A) 1928-1933-yillar 
B) 1933-1937-yillar 
C) 1932-1937-yillar 
D) 1924-1929-yillar 
44. XX asrning 20-yillarida sovetlar tashqi siyosatining asosiy 
vazifasi nima bo'lgan? 
A) Chet el intervensiyasi uchun G‘arb davlatlaridan qasos olish 
B) Yangi hokimiyatning xalqaro miqyosda tan olinishiga erishish 
C) Uzoq Sharqda bolsheviklar tartibini butunlay qaror toptirish 
D) AQSh bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash 
45. Molotov-Ribbentrop paktiga ko'ra qaysi hududlar SSSR 
manfaatlari zonasi deb belgilangan edi? 
1) Polshaning sharqiy qismi 2) G'arbiy Ukraina
3) Boltiqbo'yi davlatlari 4) Shimoliy Bukovitia
5) Finiyandiya 8) Bessarabiya 
A) 1, 2, 3, 6
B) 2, 4, 5, 7 
C) 1, 3, 5, 7
D) 1, 3, 5, 8 
46. Yaponiyaning qaysi harakati sovet-yapon munosabatlarida 
keskinlikni yuzaga keltirgan?
A) 1939-yilda Mo‘g‘iliston Xalq Respublikasi hududiga bostirib 
kirishi 
B) AQSh bilan bolshevistik xavfga qarshi birgalikda harakat 
qilish haqida sulh tuzishi 
C) Millatlar Ligasi a’zoligidan chiqib, fashistik tartibni targ'ib 
qilgani 
D) 1931-1932-yillarda Manjuriyani bosib olishi 
47. Sovet davlatida 1938-yilda boshlangan uchinchi besh yillik 
rejada asosan qanday maqsad rejalashtirilgan edi?
A) Harbiy sanoat korxonalarini qurish 
B) Madaniy sohada inqilobni amalga oshirish 
C) Ishlab chiqarishni industrlashtirish 
D) Xususiy mulkchilikni butunlay tugatish 
48. Sovet Ittifoqi va Yaponiya o'rtasida o'zaro hujum qilmaslik 
to'g'risida shartnoma qaysi yilda imzolangan edi? 
A) 1941-yilda Moskvada 
B) 1939-yilda Tokioda 
C) 1942-yilda Nankinda 
D) 1937-yilda Parijda 
49. Sovet-Mo'g'iSiston ittifoqi qo'shinlari va Yaponiya o'rtasidagi 
jang qayerda bo'lib o'tgan edi? 
A) Hasan ko'li yaqinida 
B) Xalxin-Gol daryosi yonida 
C) Janubiy Saxalinda 
D) Enasoy daryosi atrofida 
50. Quyidagi davlatlardan qay biridagi fashizmning mafkuraviy 
tizimi katolitsizm, an’anaviylik, sotsializm g'oyalari bilan 
to'ldirilgan millatchilik poydevoriga aylangan edi? 
A) Ispaniya
B) Braziliya 
C) Yaponiya
D) Italiya 
51. Ispaniya va Portugaliyada parlament qanday nomlanadi? 
A) seym
B) kongress 
C) kortes
D) convent 
52. Quyidagi tarixiy voqealarning sodir bo'lish davrini xronologik 
ketma- ketlikda joylashtiring. 
1) Italiyada Mussolini tomonidan irqiy qonunlar chiqarildi;
2) Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanib ketdi; 3) Ispan 
fashizmining asosi bo‘lgan Ispan falangasi tashkil qilingan;
4) Ispaniyada general F.Franko diktaturasi o‘rnatildi;
5) Albaniya Italiya protektoratiga aylantiriladi; 
A) 3, 5, 1, 2, 4 B) 5, 3, 2, 1, 4 
C) 1, 2, 4, 5, 3 D) 4, 2, 1, 3, 5 
53. Benito Mussolini Deputatlar palatasini tarqatib yuborib, uning 
o‘rniga … tuzadi. 
A) Xalq fronti 
B) Katta fashistik Kengash 
C) Baravarlik komissiyasi 
D) Vatanparvarlik ittifoqi 
54. Italiyada fashistlar partiyasi qachon va kim boshchiligida 
tuzilgan edi? 
A) 1919-yil martda Mussolini 
B) 1921-yil noyabrda Gitler 
C) 1920-yil aprelda Nitti 
D) 1918-yil noyabrda Skorseni 


55. Quyidagilar orasida xato variantni aniqlang. 
A) Mussolini dastavval mavjud siyosiy partiyalar va kasaba 
uyushmalarini ta’qiqlagan 
B) 1922-yil oktabrda Mussolini hukumat boshlig'i etib tayinlandi 
C) Ispaniyada general Primo de Rivera barcha vazirlar va 
gubernatorlarni harbiylardan tayinlaydi 
D) 1936-yilda Ispaniyada prezident va hukumat boshlig'i Xalq 
fronti vakillaridan saylangan 
56. Quyidagi tarixiy voqealarni ular sodir bo'lgan sanalar bilan 
mos ravishda muvofiqlashtiring. 
1) Fashistik guruhlarning Rimga harbiy yurishlari boshlandi;
2) Ispaniyada general Migel Primo de Rivera davlat to‘ntarishi 
uyushtirdi;
3) Italiya Millatlar Ligasidan chiqdi;
4) Ispan falangachilari barcha hududlarda harbiy to‘ntarishni 
boshlab yubordilar; 
a) 1936-yil 18-iyul; b) 1923- yil sentyabr;
c) 1937-yil dekabr; d) 1922-yil oktyabr; 
A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c 
B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c 
C) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a 
D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b 
57. Ispaniyada fuqarolar urushi davrida boshqa davlatlar singari 
Ispaniya ishlariga aralashmaslik kelishuviga qo'shilgan, biroq 
keyinchalik o‘z qarorini o‘zgartirib respublikachi kuchlarga 
yordam bera boshlagan davlatni aniqlang. 
A) AQSh
B) Fransiya 
C) SSSR
D) Buyuk Britaniya 
58. Qaysi yilga kelib Ispaniyada fashistlarning bir necha vakiilari 
hukumati tarkibiga kiritiladi? 
A) 1933-yil
B) 1934-yil 
C) 1926-yil
D) 1931-yil 
59. Ispaniyada fuqarolar urushi qancha vaqt davom etgan? 
A) 3 yil
B) 2,5 yil
C) 5 yil
D) 4 yil 
60. Butun jamiyat davlat va uning boshlig'iga bo'ysundiriiadigan, 
hokimiyat tepasida turgan shaxs o'zini-o‘zi shu hokimiyatga haqli 
deb e’lon qiladigan siyosiy rejim qanday nomlanadi? 
A) Katolitsizm B) Avtoritarizm 
C) Irredentizm 
D) Izolatsionizm 
61. 1935-1936-yillardagi Italiya-Efiopiya urushi natijasiga ko'ra 
qaysi hududlar Italiya mustamlakasiga aylantiriladi? 
1) Sahara 2) Efiopiya 3) Somalining bir qismi 4) Tunis
5) Eritreya 
A) 1, 2, 4
B) 2, 3, 4 
C) 1, 3, 5
D) 2, 3, 5 
62. Italiyada 1921-yilgi parlament saylovida fashistlar nechta 
o'ringa ega bo'lishgan edi? 
A) 24 ta
B) 19 ta 
C) 36 ta
D) 34 ta 
63. Birinchi jahon urushi davrida o'zining neytraliteti bilan boshqa 
Yevropa davlatlaridan ajralib turgan mamlakatnl aniqlang. 
A) Ispaniya
B) Italiya 
C) Belgiya
D) Serbiya 
64. Ispaniyada Kataloniya va boshqa viloyatlarda boshlangan ish 
tashlashlar hukumatni qanday qonunlar qabul qilishga majbur 
qilgan? 
1) 8 soatlik ish kuni haqida;
2) ijtmoiy sug'urta haqida;
3) ish haqi va pensiyalarning oshirilishi haqida;
4) barcha yerlarni dehqonlarga bo'lib berish haqida;
5) kasaba uyushmalarining erkin faoliyati haqida; 
A) 1, 3, 5
B) 1, 2, 3 
C) 2, 3, 4
D) 1, 3, 4 
65. Migel Primo de Rivera qaysi davlatdagi kabi iqtisodga davlat 
aralashuvini kuchaytirishga harakat qildi? 
A) Germaniya 
B) Buyuk Britaniya 
C) AQSh
D) Italiya 
66. Fashizmi maxsus totalitar diktatura sifatida totalitar va 
avtoritar belgilarga ega bo'lgan mamlakatni aniqlang. 
A) Yaponiya
B) Italiya 
C) Germaniya 
D) Ispaniya 
67. Ispaniyada neytralitet haqida dekret qabul qilingan sanani 
aniqlang. 
A) 1937-yil oktabr 
B) 1939-yil mart 
C) 1939-yil sentabr 
D) 1940-yil dekabr 
68. Quyidagi tarixiy atamalarni ularning ma’nolari bilan 
moslashtiring. 
1) fashizm 2) konferensiya 3) totalitarizm
4) dekret
a) bir joyga to'playman b) umumiy, yalpi
c) birlashma d) qaror 
A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d 
B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d 
C) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b 
D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c 
69. Lotin Amerikasi deganda qaysi hududlar nazarda tutiladi? 
1) Janubiy Amerika davlatlari 
2) Karib dengizi orollari 
3) Shimoliy Amerikaning janubiy qismi
4) Bering bo‘g‘ozi orollari
5) Janubiy Amerikaning shimoliy qismi 
A) 1,3, 5
B) 2, 3, 5 
C) 1, 2, 3
D) 2, 4, 5 
70. Lotin Amerikasi tushunchasining paydo bolishi nima bilan 
bog'liq? 
A) Xristofor Kolumb qit’aga keiganda mahalliy aholini lotinlar 
deb atay boshlagan 
B) Amerika qit’asining mahalliy tub aholisi Shimoliy Osiyoning 
lotin xalqlaridan bo'lgan 
C) Shimoliy Osiyodan ilk bor Amerika qit’asiga ko'chib kelgan 
tarixiy shaxsning ismi Lotin bo'lgan 
D) Amerika qit’asiga yevropaliklar bosqinidan so'ng mahalliy 
aholi lotin tilidan kelib chiqqan ispan, portugal va fransuz tillarida 
so'zlasha boshlagan 
71. Birinchi jahon urushi vaqtida jahon bozorida qaysi mintaqa 
mamlakatlari tomonidan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va 
xomashyo mahsulotlari narxi oshib ketgan edi? 
A) Lotin Amerikasi 
B) Yevropa 
C) Sharqiy Osiyo 
D) Tropik Afrika 


72. Argentinada Ipolito Irigoyen hukumati qanday islohotlarni 
amaiga oshirgan? 
1) Ishchi va xizmatchilarning katta qismi uchun pensiya 
belgilandi;
2) Milliy sanoatning rivojlanishini rag'batlantirdi;
3) Qishloqda kuchli fermerlar qatlami shakllandi;
4) Neft sanoatini milliylashtirishni bekor qildi; 5) Ijarachilarning 
ahvoli yaxshilandi;
6) Ishchilarga beriladigan mehnat ta’tili muddatlari uzaytirildi;
7) Davlat neft sanoatini shakllantirdi;
8) O’smirlar va ayollar mehnati cheklandi;
9) Ish haqi oshirildi; 
A) 1, 2, 3, 4, 6, 8, 9 
B) 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9 
C) 2, 4, 5, 6, 7, 8 
D) 1, 3, 4, 5, 7, 8, 9 
73. Lotin Amerikasida ekstensiv asosda iqtisodni samarali 
rivojlantirishning imkoniyatlari tugagan davrni aniqlang. 
A) 30-yillar
B) 20-30-yillar 
C) 30-yillar boshlari 
D) 20-yillar oxiri 
74. Jahon iqtisodiy inqirozi davrida Lotin Amerikasining qaysi 
davlatlarida ommaviy inqilobiy chiqishlar natijasida inqirozdan 
sal oldin hokimiyatga kelgan diktatorlik rejimlari ag‘darib 
tashlangan? 
A) Gaiti va Meksika 
B) Braziliya va Argentina 
C) Peru va Urugvay 
D) Chili va Kuba 
75. Bir davlatning o‘zga mamlakatlar hududi va bozorini egallab 
olish maqsadida o‘z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini yoyishga 
qaratilgan siyosati qaysi atama bilan izohlanadi? 
A) anneksiya
B) ekspansiya 
C) konkista
D) intervensiya 
76. Ipolito Irigoyenning ikkinchi hukumati ag'darib tashlangan 
yilni toping. 
A) 1929-yil
B) 1932-yilz 
C) 1930-yil
D) 1928-yil 
77. 1933-yilda AQSh hukumati Lotin Amerikasi davlatlariga 
intervensiya uyushtirmaslikka qaror qilganda qanday maqsadni 
ko'zlagan edi? 
A) Markaziy va Janubiy Amerikani harbiy usul bilan emas, balki 
iqtisodiy yo‘l bilan butunlay zabt etish 
B) AQShga qarshi kayfiyatlarning avj olishidan xavfsirab, 
mintaqada o'zining ta’sirini oshirish 
C) SSSR va uning ittifoqchilariga qarshi kurashda mintaqa 
davlatlariga tayanish 
D) Barcha Lotin Amerikasi davlatlarini yakdil birlashtirgan holda 
Panamerika ittifoqini qaytadan tuzish 
78. Hozirgi kunda dunyoga keng tarqalgan ispan, portugal, 
fransuz tillari qaysi tildan kelib chiqqan? 
A) roman
B) lotin 
C) oromiy 
D) slvayan 
79. Lotin Amerikasi mamlakatlarida kapitalizm rivojlanishi 
jarayonini yanada jadallashtirgan omilni aniqlang. 
A) Birinchi jahon urushi 
B) Mintaqaga kirib kelgan AQSh kapitali 
C) AQShning intervensiyadan voz kechishi 
D) Milliy islohotchilikning avj olishi 
80. XX asrning 20-yillaridagi liberal islohotchilik davrida Lotin 
Amerikasi hukumatlari qaysi sohaga katta ahamiyat qaratishgan 
edi? 
A) madaniy hayotga 
B) agrar sohaga 
C) ijtimoiy siyosatga 
D) harbiy sanoatga 
81. Qaysi tarixiy shaxs tomonidan yuritilgan siyosat Lotin 
Amerikasidagi liberal islohotchilik siyosatining yorqin misoli 
hisoblanadi? 
A) Braziliyada Vargas hukumati 
B) Meksikada Roberto Ortis hukumati 
C) Kubada San Martin hukumati 
D) Argentinada Irigoyen hukumati 
82. 1930-yilda Braziliyada (a), Argentinada (b) va Kolumbiyada 
(c) qanday tarixiy jarayonlar sodir bo'lgan? 
1) Burjua inqilobi bo‘lib, “qahva oligarxiyasi” rejimi ag‘darib 
tashlandi;
2) Harbiy to‘ntarish amaiga oshirilib, hokimiyatga konservatorlar 
guruhi keldi;
3) Hokimiyatga konservativ oligarxiya rejimi o'miga liberal 
islohotchilar kelishdi; 
A) a-2, b-1, c-3 
B) a-3, b-2, с-1 
C) a-1, b-3, c-2 
D) a-1, b-2, c-3
83. Argentinada kimning boshqaruvi davrida 8 soatlik ish kuni 
to‘g‘risida qonun qabul qilinadi? 
A) Xusto
B) Irigoyen 
C) Uriburi 
D) Maksimo Gomes 
84. Lotin Amerikasi mamiakatlarida qaror topgan ijtimoiy-
iqtisodiy tizimlarn'mg salbiy tomoniarini, iqtisodning tashqi 
bozorga haddan tashqari qaramligining og‘ir oqibatlarini ochib 
tashlagan omilni aniqlang. 
A) 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi 
B) Harbiy diktaturalarning qaror topishi 
C) Jahon bozorida narx- navoning oshib ketishi 
D) Barcha mamlakatiardagi davlat to'ntarishlari 
85. Kapitalistik taraqqiyot yo'lidan ancha oldinlab ketgan Lotin 
Amerikasi davlatlarini ko'rsating. 
1) Urugvay 2) Paragvay 3) Argentina
4) Meksika 5) Kuba 6) Braziliya 7) Chili 
A) 1, 3, 4, 6, 7 B) 1, 2, 4, 5, 6 
C) 2, 3, 5, 6, 7 D) 2, 3, 4, 6, 7 
86. XX asrning birinchi yarmida I. Irigoyen qaysi davlatda liberal 
islohotlarni amaga oshirgan? 
A) Braziliyada 
B) Chilida 
C) Kubada
D) Argentinada 
87. O’tgan asrning 30-yillarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida 
ijtimoiy mazmuni bo‘yicha qanday kuchlar hokimiyat tepasida 
hukmronlik qilishgan? 
1) liberal-islohotchi kuchlar
2) konstitutsion kuchlar 3) konservativ kuchlar
4) millatchi kuchlar 5) diktatorlik kuchlari
6) so’l kuchlar 
A) 2, 3, 4, 6
B) 1, 3, 4, 6 
C) 1, 2, 5, 6
D) 2, 4, 5, 6 


88. Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig'ida Lotin 
Amerikasi davlatlari uchun eng muhim muammo - bu .... 
A) Chet el kapitali tazyiqi bo'ldi 
B) Fashistik kuchlar bilan murosasizlik bo'ldi 
C) AQSh bilan munosabatlar bo'ldi 
D) Ishchilar harakati o'sishi bo'ldi 
89. AQSh hukumati Lotin Amerikasi davlatlari bilan 
munosabatlarda intervensiya uyushtirmasligini, ichki ishlarga 
aralashmasligini hamda ular bilan “yaxshi qo‘shnichilik” 
munosabatlari o‘rnatishini e’lon qilganda mamlakat prezidenti 
kim bo'lgan? 
A) Gerbert Guver 
B) Kulij 
C) Teodor Ruzvelt 
D) Franklin Ruzvelt 
90. Plantatsiya - bu .... 
A) katta yer-mulk 
B) maxsus qishloq xo'jalik ekinlari yetishtiriladigan katta xo'jalik 
C) qullikka asoslangan xo'jalik 
D) harbiy urushlar maydoni

Download 250,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish