Kirxonalarda havo almashinishi
Xonalar
Havoning kirishi
Havoni chiqarish
Kirlarii qabul qilish xonasi
+3
-4,5
Kirlarni xillarga ajratish xonasi
+3,5
-4,5
Kirlarni yuvish bo’limi
+6
-7
Kirlarni quritish va dazmollash xonasi
+4
-5
Kirxonalarning tashqi muhit ob’yektlarini ifloslantirishini hisobga
olib, ularni ombor va kommunal xo’jalik ob’yektlari chegarasida
joylashtirish ma’quldir. Bir sutkada 1000 kg kirni yuvadigan kirxonalarga
0,5 gektar maydon ajratilsa etarli bo’ladi.
Kirxonalarning qo’shimcha yordamchi binolari ham bo’ladi. Bu
402
binolarda mexanika-remont xonalari, laboratoriya, asbobt-uskuna
saqlanadigan xona, dispetchyer xonasi, dam olish xonasi, xizmatchilar
uchun xona, dush va boshqalar joylashgan bo’ladi.
Bu ob’yektlar loyihasi tuzilayotganda sanitariya vrachlarining ham
fikrini inobatga olish kerak. Sanitariya vrachlari bu ob’yektlar loyihasini
atroflicha o’rganib, unda sanitariya normalarini buzilmaganligiga,
sanitariya-texnika asbob-uskunalarining kamu ko’stsiz to’g’ri
o’rnatilganligiga, yorug’lik bilan etarli ta’minlanganligiga va chiqindi
suvlarni o’z vaqtida olib chiqib ketish ko’zda tutilganligiga yozma
xulosalarini berishlari kerak. SHuningdek, qurilish jarayonida loyihadan
chetga chiqmaslikni va bitgan ob’yektlarni qabul qilganda kanalizaciya,
vodoprovod, elektr tarmoqlarini sinchkovlik bilan tekshirishlari kerak.
Bu ob’yektlarni toza tutishni, o’z vaqtida shamollatib turishni, toza
suv bilan ta’minlanishini va dezinfekciya eritmalari bilan ishlashlarini
nazorat qilish sanitariya vrachlarining kundalik vazifasiga kiradi.
CHO’MILISH BASSEYNLARI (HOVUZLARI)
CHo’milish hovuzlari usti yopiq, ya’ni qishda isitiladigan yoki ochiq
ko’rinishda bo’lishi mumkin. Masalan, Moskvadagi cho’milish basseyni
ochiq yerga qurilgan. Bunday basseynlarda aholi qishin-yozin cho’milishi
mumkin. Qish faslida bu basseynlar suvi 20-25°S gacha isitiladi.
CHo’milish basseynlarining inson sog’ligi uchun ahamiyati katta.
Sog’lomlashtirish maqsadida quriladigan basseynlar sport-fizkul’tura
o’yinlari o’tkaziladigan binolarda quriladi, shuningdek
maktablar xududida, stadion yon bag’irlarida va hammomlarda quriladi.
Basseynlar binoning o’rtasida qurilib, uning atrofida echinish uchun
alohida-alohida xonalar quriladi.
Basseynga tushishdan oldin albatta cho’miluvchi kishi dush qabul
qilishi kerak. Buning uchun basseynlarda dushlar quriladi.
403
Basseynlarda cho’milishda quyidagi normalarga rioya qilish kerak:
har 4,5-5 m
3
suvga 7 kishi, cho’milish maydoni har bir cho’miluvchiga
1,75 -2,5 m
2
, basseyn , chuqurligi 0,5 – 0,7 metrdan 2,25 metrgacha
bo’lishi kerak. Basseynning chuqur bo’lmagan joyi bolalar uchun, chuqur
joyi kattalarga mo’ljallanadi. YUqoridan sakraydigan sportchilar uchun
basseynning chuqurligi 3,25-4,5 metr bo’lishi mumkin Basseynda uzog’i
bilan 30 minut cho’milish tavsiya qilinadi.
Sanitariya va epidemiologak nuqtai nazardan basseynning suvi toza
bo’lishi kerak. SHuning uchun ham basseynlar vodoprovod suvlari bilan
to’ldiriladi. Basseyndagi suv sifatini yaxshi saqlash uchun quyidagi
gigienik talablar qo’yiladi.
1. Basseyndagi suvning hidi bo’lmasligi kerak, tiniq, harorati 20--25°
dan oshiq bo’lmasligi kerak.
2. Suv namunalarining 10% i da 1 sm
3
suvda 1000 ta baktyeriyalar
bo’lishi mumkin, ammo 1 sm
3
suvda ularning soni 5000 dan oshmasligi
kerak.
3. Suvning koli-titri 10 sm
3
bo’lishi ruxsat etiladi.
4. Suvning tempyeraturasi 23-25
S
S bo’lishi tavsiya qilinadi.
CHo’milish basseynlaridaga suvni vaqti-vaqti bnlan almashtirib turish
kerak.
Agar basseyndagi suv qayta ishlatilmoqchi bo’lsa, u holda suvni
tozalash inshootida koagulyaciyalanadi, tindiriladi, qum fil’tri orqali
fil’trlanib, keyin xlor bilan zararsizlantiriladi. SHundan so’ng bu suv
basseynga quyiladi. Basseyn suvidagi qoldiq xlor bir litr suvga 0,2-0,5 mg
dan kam bo’lmasligi kerak. Vaqti-vaqti bilan basseyn suviga vodoprovod
suvi qo’shib turiladi. Bulardan tashqari, basseyn tagiga cho’kkan cho’kma
loyqalarni cho’kma tortgichlar bilan tozalanib turiladi. Basseynni obdon
tozalash uchun uning suvn chiqarib tashlanib, keyin tozalanadi. Basseyn
suvi laboratoriya yor-damida analiz qilinib, uning tiniqligi, rangi, qoldiq
404
xlori va mikroblar soni aniqlanib turiladi.
Basseyn suvi tez ifloslanishining oldini olish maqsadida quyidagi
bajariladi.
1. Har bir cho’milish uchun kelgan kishi dush tagida sovun
cho’milishi kerak.
2.
Hojatxonadan chiqqandan so’ng qo’llarini sovunlar oyoqni
chayqashi va oyoq tagini sovunlab yuvishi shart.
3.
Basseynga tushmasdan oldin, kichik ariqchada oyoqni chayqab
so’ngra unga tushiladi, shundagina basseyn tez buzilishiga, yo’l
qo’yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |