Sanitariya-epidemiologiya stanciyalari
. Sanitariya-epidemologaya
stanciyalari Sog’liqni saqlash vazirligi, avtonom respublikalar, shaharlar va
nohiyalarning, ya’ni barcha sog’liqni saqlash idoralarining eng asosiy
bo’limlaridan hisoblanadi. Bu bo’limlar alohida muassasa bo’lib o’z
hududlarida sanitariya nazorati ishlarini olib boruvchi idoradir.
Sanitariya-epidemiologiya stanciyalari xodimlarining vazifasi
tarqalishi mumkin bo’lgan kasalliklardan aholini ogohlantirish, laboratoriya
va dezinfekciya ishlarini tashkil va nazorat qilish ya’ni sog’lomlashtirish,
epidemik holatni oldini olishdir.
Sanepidstrnciya xodimlarining asosiy vazifasi kasallik epidemiyasidan
aholini ogohlantirish va o’z hududida sanitariya nazoratini o’rnatish,
bundan maqsad, muassasalar, idoralar, vazirliklar, ishlab chiqarish
korxonalarida aholi tomonidan sanitariya normalari va qoidalarini
buzmasliklarini nazorat qilish. SHuningdek zavod va fabrikalarda, jamoat
ovqatlanish oshxonalarida, kolxoz va sovxozlarda, sanoat markazlarida
sanitariya holatini saqlash, kasallik tarqalishga yo’l qo’ymaslik, aholi
sog’lig’ini saqlash.
Sanitariya stanciyalari birinchi marotaba 1873-1887 yillarda
Rossiyaning ba’zi bir shaharlarida tashkil etildi, jumladan, hozirgi Moskva
viloyati sanepidstanciyasi - 1873 yilda, Pyerm shahridagi mahalliy tajriba
stancisi 1887 yili tashkil etildi. 1891 yilda Moskva shahar sanepidstaciyasi
ishga tushdi.
1901 yildan boshlab temir yo’l uchastkalarida ham
sanepidstanciyalarga o’xshash idoralar tashkil qilindi. Bular bilan bir
356
qatorda aholi turar joylarini sanitariya holatini saqlash maqsadida sanitariya
policiya uchastkalari tashkil etildi. 1886 yili Odessa shahrida N.F.
Gamaleya tomonidan baktyeriologiya stanciyasi tashkil qilindi va uning
taklifi bilan I.I. Mechnikov shu stanciyaning direktori qilib tayinlandi.
Quturishga qarshi emlashni birinchi bo’lib Gamaleya qo’llagan edi.
Tashkil qilingan sanepidstanciya birinchi bo’lib vaboning tarqalishini
o’rgana boshladi. Keyinchalik bu stanciya Odessa baktyeriologaya
institutiga aylantirildi.
Turkistonda 1869 yilda birinchi bo’lib baktyeriologiya labora-toriyasi
ishga tushdi, laboratoriya xodimlari avvaliga suv, tuproq va oziq-ovqat
namunalarini tekshirish ustida ish olib borishdi.
1876 yilda vrach Kushelevskiy tomonidan Farg’ona vodiysining
sanitariya va gidrogeologik holati haqidagi uch kitobi chop etildi.
Kushelevskiy bu kitoblarda Farg’ona vodiysining suv manbalariga,
tuprog’iga, oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya nuqtai nazardan baho
berishga harakat qilgan.
1909 yili Toshkentda sanitariya byurosi tashkil qilinib, bu idora
sanitariya-statistik ishlar sohasidagi sanitariya dalillarini tahlil qilish bilan
shug’ullangan.
1918 yilda sanitariya byurosi alohida muassasaga - Toshkent
kasalxonalar sovetiga aylantirildi. Bu idora obodonlashtirish va
sog’lomlashtirish ishlari bilan shug’ullanib quyidagi vazifalarni o’z
zimmasiga oladi:
1)
zavod va fabrikalarda ishchilarning mehnat sharoitlarini o’rganish
va yaxshilash, Toshkent hududidagi inshootlarning sanitariya holatini
o’rganish va uni nazorat qilish, muttasil ravishda tozalikni saqlash ishlarini
olib borish;
2)
sanitariya chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qarorlar chiqarash;
3)
kundalik sanitariya nazoratini olib borish;
4)
aholi o’rtasida gigiena ilmini targ’ib qilish va sanitariya nazoratini
kuchaytirish;
357
5) iloji boricha bemorlarni medicina qarovidan o’tkazish;
Keyinchalik Toshkent kasalxonalar soveti qoshida qo’shimcha
yordamchi muassasalar tashkil etila boshladi. Jumladan, sanitariya nazorat
instituti, kimyoviy va baktyeriologik tekshirish laboratoriyalari, aholini
emlash muassasalari, dezinsekciya va dezinfekciya qiluvchi muassasalar.
Turkiston Markaziy ijroiya Qo’mitasining 1918 yildagi dekretiga
binoan sanitariya baktyeriologaya laboratoriyasi 1920 yilda o’lka
sanitariya-baktyeriologiya institutiga aylantirildi.
1922 yili Turkistonda mehnatni muhofaza qilish maqsadida sa-nitariya
vrachlari inspekciyasi (nazorati) tashkil qilindi, 1934 yili Buxoroda rishta
kasalining tarqalishi sababli «Tropik medicina ilmiy tekshirish instituti»
ochilib, 1931 yili bu institut Samar-qand shahriga ko’chirildi va uning nomi
«Bezgak va medicina parazi-tologiya instituti» deb ataldi. 1927 yili o’lka
sanitariya-bakte-riologiya instituti tarkibida sanitariya-gigiena bo’limi
tashkil qilindi. 1930 yili Toshkent Davlat tibbiyot oliy bilimgohi qoshida
sanitariya-gigiena qulliyoti ochilib sanitariya, epidemiologiya,
mikrobiologiya sohalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlay boshladi.
1933 yildan boshlab Davlat sanitariya inspekciyasi va joylarda
sanitariya epidemiologiya stanciyasi tarmoqlari tashkil qilina boshlandi.
O’zbekistonda 1934 yilda sanitariya gigiena ilmiy-tekshirish instituti
ochildi.
Ilm-fan, texnika taraqqiyoti natijasida zavodlarni, katta-katta sanoat
korxonalarini avtomatlashtirish, mexanizaciyalash va boshqalar
ishchilarning ish sharoitini tubdan o’zgartirmoqda. Qishloq xo’jaligida juda
ko’p miqdorda zaharli ximikatlarni, minyeral’ o’g’itlarni ishlatilishi va
boshqalar tashqi muhitni zaharlovchi, kishi organizmiga zarar byeradigan
miqdorda turli kim-yoviy moddalarning toshshishi sanitariya
epidemiologiya stanciyasi xodimlari vazifalarini yanada qiyinlashtirib
yuboradi. Xo’jalik va sanoat chiqindi suvlari, kollektor drenaj suvlarini
ko’p miqdorda hosil bo’lishi, molxonalarda go’ng va go’ng sharbatlarining
358
paydo bo’lishi sanitariya epidemiologiya stanciya xodimlariga katta
mas’uliyat yuklamoqda.
Demak, sanepidstanciya tarkibida ishlaydigan bo’limlar sonini
oshirish, yangi bo’limlar tashkil qilish, ularni asbob-uskunalar, xodimlar
bilan ta’minlash hozirgi kunning dolzarb masalalardan biri bo’lib qoldi.
Hozirda katta sanepidstanciyalar qoshida radiologaya, virusologiya
laboratoriyalari, shovqin-suron va tebranishni, elektromaganit may-
donlarini o’lchaydigan bo’limlar, qoldiq zaharli kimyoviy moddalarni, azot
nitratlarni aniqlaydigan, tashqi muhitning ifloslanishini kuzatadigan va
nazorat qiladigan bo’limlar tashkil qilinmoqda.
Laboratoriyalar maxsus laboratoriya komplektlari bilan ta’min-
lanmoqda. Sanepidstanciyalarning shtati (odamlarning soni), texnik
xodimlar soni uning kategoriyasiga bog’liq. Jumladan, qishloq hududida
joylashgan nohiya sanepidstaciyalari uch kategoriyaga bo’linadi. Jumladan,
30 ming aholiga xizmat qiladigan sanepid-stanciyaga III kategoriyali, 30-
60 minggacha aholiga xizmat qiladigan sanepidstanciya II kategoriyali, 60
mingdan ziyod bo’lgan aholiga xizmat qiladigan sanepidstanciya I
kategoriyali hisoblanadi.
SHahar sanitariya epidemiologiya stanciyalari ham uch kategoriyaga
bo’linadi. 100 000-200000 aholisi bo’lgan shahar sanepidstanciyasi III
kategoriyali, 200 000-300 000 aholiga xizmat qiluvchi sanepid-stanciyalar
II kategoriyali, 300 000 dan ortiq aholisi bo’lgan shahar sanepidstanciyasi I
kategoriyali
bo’ladi.
SHaharning
nohiyalarga
bo’lin-gan
sanepidstanciyalari ham uch kategoriyaga bo’linadi. 400 000 aholiga
xizmat qiluvchi sanepidstanciyalar III kategoriyali, 400-600 000 aholiga -
II kategoriyali, 600 000-800 000 aholisi bo’lgan sanepid-stanciya I
kategoriyali bo’ladi. Viloyatlarga, avtonom respublikalarga bo’linmagan
respublika, o’lka, viloyatlar sanepidstanciyalarining ka-tegoriyalari 4 ga
bo’linadi. Jumladan 500000 gacha aholisi bo’lgan sanepidstanciyalar IV
359
kategoriyaga, 500 mingdan I mln gacha aholisi bo’lgan sanepidstanciyalar -
III kategoriyaga, 1-2 mln aholisi bo’lgan taqdirda sanepidstanciyalar II
kategoriyaga va aholisi 2 mln dan ortiq bo’lgan sanepidstanciyalar I
kategoriyali bo’ladilar.
Sanitariya-epidemiologiya stanciyasi uch bo’limdan iborat bo’lib, ular
sanitariya va gigiena, epidemiologaya va dezinfekciya bo’limlaridir. Bu
bo’limlar ham o’z navbatida bir qancha kichik bo’limlar va
laboratoriyalarga bo’linadi. Masalan: shahar sanepidstanciyasining
sanitariya gigiena bo’limi tarkibiga kommunal, mehnat, oziq-ovqat
gigienasi bo’limlari va ularga tegishli turli laboratoriyalar hamda bolalar va
o’smirlar gigienasi bo’limlari kiradi.
Sanitariya-epidemiologiya stanciyalarining vazifasi, aholini kasallik
epidemiologiyasidan ogohlantirish, kundalik sanitariya nazoratini olib
borish, sanitariya xulosasini yozish, infekcion kasalliklarga qarshi kurash
va ularning tarqalishini oldini olish.
Sanepidstanciyalarning hamma bo’limlari - laboratoriyalar, tajriba
o’tkazish uchun olib kelingan hayvonlarni saqlaydigan maxsus vivariyalar,
transport vositalari uchun alohida garajlar va boshqalar qurilish normasi
(535-81) ga asosan quriladi. Bu ish maxsus loyihalar asosida amalga
oshiriladi. Hujjatning nomi - «Sanitariya-epidemiologiya stanciyalarining
loyihalash qo’llanmasi». (SN 535-81).
Respublika, viloyat, o’lka avtonom rsspublika sanepidstanciyasining
yer maydoni 0,8 gektar, nohiyalarga bo’lingan SES maydonlari 0,5 gektar.
Agar dezinfekciya bo’limi shahar SES i tarkibida bo’lsa, uning yer
maydoni 1 gektar bo’ladi.
Vivariyalar bilan ma’muriy idora binolari oralig’vdagi masofa 50 metr
bo’lishi kerak. SES hududida avtotransportlar uchun maxsus maydon
ajratiladi. SES yer maydoni devor bilan o’ralgan bo’lib hududi
obodonlashtirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |