31-dars
NAZORAT ISHI
31.1-topshiriq
.
Mavzulardan birini insho yozish uchun tanlang:
1.
“Vaqt – omad”.
2.
“Inson umri – daryo suvi”.
3.
“Qolgan ishga qor yog`ar”.
4.
“Ertalabgi vaqt – naqdgina baxt”.
31.2-topshiriq.
Mavzuga reja tuzib, matn tayyorlang. So‘zlarni tanlashda
ma’nodosh so‘zlar lug‘atidan foydalanishingiz mumkin.
31.3-topshiriq.
Maqol va hikmatlarni o`qing. Ulardan epigraf sifatida yoki
fikringizni dalillash uchun foydalaning.
1. Barvaqt qilingan harakat hosilga berar barakat. (Maqol)
2. Kech boshlagan kechikar. (Maqol)
3. Kechki ekinning xatari ko`p. (Maqol)
4.Vaqting ketdi – naqding ketdi. (Maqol)
5. Vaqt g`animat, o`tsa nadomat. (Maqol)
6. Vaqt tog`ni, suv toshni yemirar. (Maqol)
7. Vaqting kam bo‘lishini istasang, hech narsa qilma. (Anton Chexov)
8. “Shoshma-shosharlik yaxshi emas” degan naql burga tutishda qo‘l keladi,
hatto burgani tutishga erinadiganlar buni qo‘llab-quvvatlaydilar va rivojlantiradilar.
(Vitaliy Korotich)
Do'stlaringiz bilan baham: |