4.
Qaysi ish qog`ozi murojaat tarzida yoziladi?
Uyga vazifa
88.4-topshiriq.
Qayerda ta’lim olishingiz haqida ma’lumotnoma matni
tayyorlang.
89-dars
ASOSIY ATAMALAR USTIDA ISHLASH
89.1-topshiriq.
Yil davomida o`rgangan atamalaringiz ro`yxatini tuzing. Bu
ro`yxatni „Eng nuktadon o`quvchi“ tanlovida o`qib berishga tayyorlaning.
89.2-topshiriq.
Atamalarni guruhlashtiring hamda quyidagi jadvalga
joylashtirng.
Gap bo`laklari
Gap bilan aloqaga
kirishmaydigan bo`laklar
Sodda gap
89.3-topshiriq.
Atamaga mos ta’rifni belgilang.
1) ajratilgan bo’lak;
2) aniqlanmish;
3) atov gap;
4) bitishuv;
5) darak gap;
6) hol;
7) kiritmalar;
8) mantiqiy urg’u;
9) murakkab kesim;
10) ot kesim.
A.
Gapning mazmun va ohang jihatdan ajratilgan bo’lagi.
B.
Aniqlovchi tobe bo‘lgan hokim bo’lak.
C.
Gap bo‘laklari bilan shakliy-grammatik bog‘lanmagan, asosiy fikrga
qo‘shimcha fakt bayon qiluvchi, aniqlik kiritish va shu kabi maqsadlarda
qo‘llanuvchi so‘z, so‘z birikmasi, gaplar.
D.
Voqea-hodisa haqida tasdiq yoki inkor yo‘li bilan xabar beruvchi gap.
E.
Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilishi sababi, maqsadi,
o‘rni, payti va shu kabi belgilarini bildiradigan ikkinchi darajali bo’lak.
F.
Gapdagi biror so‘zning, bo‘lakning ma’nosini ta’kidlab ajratuvchi urg‘u,
gap urg’usi.
G.
Birdan ortiq so‘z bilan ifodalangan kesim.
H.
Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari, shuningdek, harakat nomi va otlashgan
sifatdosh shakllari bilan ifodalangan kesim.
I.
Bosh kelishikdagi so‘z yoki otli birikma bilan ifodalanadigan bir tarkibli
gap.
J.
Tobe so‘zning hokim so‘zga grammatik shakl yordamida emas, balki tartib
va ohang orqali bog‘lanishi.
89.1-mashq.
Atamalar ta’rifidagi mantiqiy xatolikni aniqlang.
1.
So‘z-gap
— so‘z yoki ibora bilan ifodalanadigan gap.
2.
So‘roq gap
— biror narsa-hodisani bilish uchun murojaatni ifodalovchi,
so‘roq mazmunli gap.
3.
Teng bog‘lanish
— qo‘shma gapning qismlari orasidagi sintaktik
bog‘lanish.
4.
Til birligi
— bir-biridan ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi o‘rni bilan
farqlanadigan til hodisasi.
5.
To‘liqsiz gap
— tarkibida bir necha bo‘laklari ishtirok etmagan, ammo bu
narsa matn yoki vaziyatdan aniq sezilib turadigan gap.
6.
Undalma
— so‘zlovchining nutqi qaratilgan boshqa bir shaxsni
bildiradigan so‘z yoki so‘z birikmasi.
7.
Undov gap
— so‘zlovchining voqelikka bo‘lgan turlicha his-hayajonini
ifodalovchi gap.
Uyga vazifa
89.4-topshiriq.
Matnni diqqat bilan o`qing.
EMAN DARAXTI VA QAMISH
Eman bilan Qamish: “Qay birimiz kuchliroqmiz?” — deb bahslasha
boshladilar. Bahs paytida kuchli shamol ko‘tarildi va Qamish bir seskanib ketib,
shamolga bosh egib ta’zim qildi; ammo Eman shamolga qarshi ko‘ksini qalqon
qilib turaverdi, oqibatda ildizi bilan qo‘porilib yerga quladi.
89.5-topshiriq.
Matnga mos keluvchi xulosa fikrni tanlang.
1.
Bahs-munozarada o`z fikringda dadil tur.
2.
Behuda zo‘riqish belni sindirar.
3.
Chumchuqdan qo`rqqan tariq ekmas.
89.2-mashq.
Yuqoridagi masal mavzusiga mos matn yarating. Fikringizni
hayotiy dalillar bilan asoslang.