1-Seminar mashg`uloti.
Mavzu: Informatika o`qituvchisining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish.
Pedagogik faoliyat. Informatika o`qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo`yiladigan asosiy talablar. Talabalarga innavatsion pedogogik faoliyatining turli tasniflar haqida umumuiy tushuncha berish. Pedagogik mahorat o`qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta`lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o`qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo`lajak o`qituvchilar o`z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim:
Pedagogik faoliyat-falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mushkul. Demak, o`qituvchidan nafaqat pedagogik mahoratni mukammal egallash talab etiladi, balki, pedagogik amaliyotni to`g`ri va maqsadli tashkil qilish uchun chuqur ilmiy-nazariy ma`lumotlarga ham ega bo`lish lozim. Pedagogik faoliyatda muloqot-o`quvchilarga zamon talablar asosida ta `lim berish vazifalarini hal qilish vositasi, tarbiyaviy jarayonlarni ijtimoiy-pedagogik jihatdan ta`minlash tizimi sifatida namoyon bo `ladi.
O`qituvchining kasb faoliyati strukturasi muammosi bilan asosan Rossiya olimlaridan Н.В.Кузмина, A.И.Хербакова va В.A.Сластенинlar shug`ullangan. Pedagog, ya`ni o`qituvchi va tarbiyachining kasb faoliyati strukturasi ayni paytda pedagogik qobiliyatlar ham deyiladi.
O`qituvchi shaxsining faoliyatida kasbiy o`z-o`zini tarbiyalash ustivor ahamiyatga ega bo`lganligi uchun uning kasb faoliyati strukturasida birinchi o`rinda tarbiyachilik qobiliyati turadi.
O`qituvchining kasb faoliyati strukturasi quyidagi algoritm tartibida kelishi mumkin:
1. Tarbiyachilik. 7. Yunaltiruvchi.
2. Tashkilotchilik. 8. Safarbar etuvchi.
3. Kommunikativ. 9. Rivojlantiruvchi.
4. Pertseptiv. 10. Kreativ.
5. Informatsion 11. Gnostik (tadkikotchilik).
6. Didaktiv.
Topshiriqlar:
1.Pedagogik faoliyatning mohiyatini ochib bering.
2.Pedagogik faoliyat- yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta`lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o`qituvchilar mehnati faoliyatidir.
2.O`qituvchilar o `z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning qaysi tarkibiy qismlarini bilishi lozim: Ular uchtani tashkil etadi. Shu uchalasi bir-biri bilan uzviy bog`liq.
-pedagogik faoliyatning maqsadi;
- pedagogik faoliyatning obyekti va subyekti;
- pedagogik faoliyatning vositasi.
3. Innovatsiya so`ziga izoh bering.
- Innovatsiya keng ma`noda ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan yangilik ma`nosini anglatuvchi tushuncha sifatida yuzaga kelgan bo`lib, bugungi kunda u ko`proq yangiliklarni amaliyotga joriy etish ma`nosida qo`llanilmoqda.
Pedagogik va psixologik adabiyotlarda o`qituvchining kasb faoliyati strukturasi uning kasbiy sifatlari yoki kasb qobiliyatlari deb ham sanaladi. Bu struktura asosida o`qituvchining yuzlab kasb sifatlari va fazilatlari aniqlangan. Jumladan, 200 ga yaqin ijobiy sifatlar, ya`ni qobiliyatlar va 60 dan ortiq salbiy kasb sifatlari o`rganilgan.
O`qituvchining kasb faoliyati strukturasini quyidagicha tavsiflash mumkin.
1. Tarbiyachilik qobiliyati - tarbiyachilik - bu yuksak darajadagi san`at bo`lib, shaxsni ijtimoiy hayot talablariga javob bera olish qobiliyatini bildiradi. Tarbiyachilik qobiliyati shaxsni tarbiyalashga emas, o`z-o`zini tarbiyalay olishga yo`naltira bilishda qaror topadi. Bugungi tarbiyaning maqsadi ham aynan mustaqil fikrlay oladigan va o`zini-o`zi tarbiyalash qobiliyatiga ega bo`lgan shaxslarni shakllantirishga qaratilgan.
2. Tashkilotchipik qobiliyati - ta`lim-tarbiya ishini samarali yo`lga qo`yishda o`qituvchining tashkilotchilik qobiliyati alohida ahamiyatga ega bo`ladi. Bunda sinf yoki guruh jamoasini uyushtira olish, har bir o`quvchi yoki talaba bilan individual shug`ullanish uchun ularni yosh, jins hamda yakka tartibdagi xususiyatlarini bilish, o`quvchi-talabalarni xohish istaklari, muammolarini eshitish va ularning yechimini topishda ko`maklashish, qo`shimcha darslar, to`garaklar, tarbiyaviy darslar o`tkazishga oid tegishli shart-sharoitlar yaratish kabi ishlar kiradi.
3. Kommunikativ qobiliyat - "O`qituvchi-o`quvchi", ota-onalar, jamoatchilik, mahalla va boshqa tashkilotlar bilan to`g`ri munosabat hamda kasbiy-madaniy aloqalar o`rnatishga qaratilgan.
4. Pertseptiv qobiliyat - o`quvchi va talabaning qalbiga yo`l topa olish, o`z navbatida uni qalban his etib, o`zining o`rniga qo`yib ko`ra bilish, yoshlarni ruhiy-ma`naviy olamini o`rganish, unga ob`ektiv baho berish, bolani psixologik xususiyatini bilgan holda uning kayfiyati, hissiyoti, diqqati va boshqa psixik jarayonlarini o`rganib borish o`qituvchining pertseptiv qobiliyatini tashkil etadi.
5. Informatsion qobiliyat - o`quv-tarbiya jarayonining boshi, ya`ni boshlanishi hisoblanib, o`qituvchining qanchalik axborot ola bilish qobiliyati, uni atroflicha o`rganib, tahlil etib, o`quvchi va talabaning yoshi, ongi, dunyoqarashiga mos ravishda etkazib bera olishida o`z ifodasini topadi. Bunda qaytar aloqa va uning samaradorligi o`qituvchining informatsion qobiliyati darajasini belgilaydi.
b. Didaktiv qobiliyat - o`quvchi va talabani bilim olishga bo`lgan qiziqishlarini aniqlash, mustaqil fikri, mantiqiy va analitik tafakkuri asosida egallayotgan bilim, ko`nikma va malakalarini o`rganib borishi, bu jarayonda egallayotgan bilimlar qay darajada ko`nikma va malakalarga aylanayotganligi muhimdir. O`qituvchnning yana bir didaktiv qobiliyatiga uning dars jarayonini kuzata bilish va tahlil qila olishi kiradi. Didaktiv qobiliyatning yana bir o`ziga xos xususiyati o`qituvchining bilimdonligi, zehnining o`tkirligi, ijodkorlngida ko`rinadi. Didaktiv qobiliyat o`qituvchining informatsion qobiliyati asosida rivojlanib boradi.
7. Yo`naltiruvchi qobiliyat — motivlar va motivatsiya bilan bog`liq bo`lib, erkin fikr, qiziqish, havas, intilish va orzu bilan uyg`un holda bo`ladi.
8. Safarbar etuvchi qobiliyat — bugungi davr rivoji va talabidan kelib chiqib, o`qituvchini iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy va kasbiy-madaniy munosabatlarning naqadar dolzarbligi, yechimini kutayotgan muammolarni hal etishning zarurligi, nazariy-metodologik bilimlarni amaliyot darajasiga olib chiqishning o`ta muhimligini anglab etish bilan bog`liq ravishda hal etiladi.
9. Rivojlantiruvchi qobiliyat — ta`lim-tarbiya rivojining uyg`unligida amalga oshib, bunda o`qituvchi o`quvchini hissiy-irodaviy, didaktiv yo`naltiruvchi, safarbar etuvchi, yangilikka intiluvchanlik va ilmiy-ijodkorlik qobiliyatlarini aniq sistemada maqsadli ravishda rivojlantira olish qobiliyati bilan ifodalanadi.
10. Kreativ qobiliyat - bu o`qituvchining alohida o`ziga xos qobiliyati bo`lib, o`z ongida yangi tushunchalarni o`rganish, uni tahlil etishdan boshlanib, yangilikka intilish, o`z sohasi bo`yicha axborotlarni to`plash, uni alohida dastur holiga keltirib, ta`lim va tarbiya jarayoniga tatbiq eta olish bilan belgilanadi.
11. Gnostik (tadqiqotchilik) qobiliyat - o`qituvchining izlanishga, ijodiy mehnatga, ilm-fanga qiziqishga, muammolar yechimida maqsad va vazifalar qo`ya bilishga, ahamiyatiga qarab ilmiy-amaliy faktlarni to`shlay olishga, muayyan ilmiy faraz yechimini topishga, ilmiy tadqiqotchilik ishi bilan shug`ullanishga, ilm asosida bilim berish printsipi asosida faoliyat yuritishga undaydi.
Informatika fanini o`qitishda ta`lim samaradorligini oshirishda ta`lim mazmuni va sifati nazoratini olib borish muhim ahamiyatga ega. Bunda ta`lim muassasasi rahbariyati va pedagoglari quyidagilarni bilishi zarur:
- boshqaruv mexanizmini ilmiy asosda to`g`ri tashkil etish;
- ta`limda sifat tushunchasi;
- ta`limda sifat nazoratini tashkil etish;
- ta`lim sifatini belgilovchi omillar;
- sifatni baholash mezonlari;
- sifat nazoratini olib boruvchilar (sifat komissiyasi);
- nazorat monitoningi va uning yuritilishi;
- yakuniy natijalarni baholash va qo`shimcha tadbirlar belgilash.
Ta`limda sifat - qo`yilgan maqsadlarga yerishish uchun amalga oshirilayotgan ishlarning nazorati va baholash bo`yicha olingan natijalarning monitoringi. Qaysi ta`lim muassasisida boshqaruv mexanizmi ilmiy asosda to`g`ri tashkil etilgan bo`lsa, ta`lim muassasasi rahbariyatining bosh vazifalaridan biri bo`lgan ta`lim mazmuni va sifat ko`rsatgichlarini oshirishga qaratilgan rejalari aniq maqsadlarga yo`naltirilgan bo`lsa, shu ta`lim muassasasida ta`limning sifat nazoratini tashkil etish va uning monitoringini olib borish mexanizmlari ham ishlab chiqilishi lozim. Buning uchun ta`lim muassasasi rahbariyati ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan asosiy vazifalarni ishlab chiqish va ushbu vazifalarning bajarilishi monitoringini olib borish uchun sifat komissiyasi tuziladi.
Ta`lim sifatini belgilovchi omillardan kelib chiqqan holda ta`lim sifatini baholash mezonlarini ishlab chiqadi va shu mezonlar asosida ta`lim sifatini baholab boradi, duch kelinayotgan muammolar bo`yicha qo`shimcha tadbirlar belgilaydi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda ta`lim muassasasi rahbariyati va pedagogik jamoasi tomonidan ta`lim sifatini belgilovchi omillar aniqlab olinadi.
Ta`lim sifatini belgilovchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- DTS, o`vuv reja, o`quv dasturlar;
- darslik, o`quv qo`llanmalar, uslubiy ko`rsatmalar, ularning elektron ko`rinishlari, elektron darsliklar;
- o`qitishning texnik va multimedia vositalari;
- laboratoriya va multimedia jihozlari;
- fan bo`yicha nazariy darslar;
- fan bo`yicha didaktik materiallar;
- o`qituvchi-pedagoglar;
- o`quv va pedagogik amaliyoti va hokazo.
Ushbu omillarning bajarilishi yoki mavjud kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish uchun ta`lim muassasasi rahbariyati tomonidan ta`limda sifat nazoratini olib borish uchun ishchi guruhning mantiqiy tizimi ishlab chiqiladi.
Bunday asoslarning tarkibiy qismlari va ularning shakllanishini ta`minlovchi bilim, ko`nikma va malakalarning majmuasi professiogrammada o`z aksini topadi.
Professiogramma – bu mutaxassisning shaxsiy sifatlari va kasbiy faoliyat turlariga kiradigan kasbiy talablar va me`yorlarning ilmiy asoslangan holdagi tavsifi.
Professiogramma o`zida modelning tarkibiy qismlari va ularni shakllantirishga asos bo`ladigan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zida mujassamlashtiradi. Shu sababli professiogramma muayyan pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun o`qituvchidan – amaliy va nazariy fikr yuritishni, ushbu jarayonni amalga oshirish uchun muayyan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirishni talab etadi.
Nazariy fikr yuritish ta`lim-tarbiya jarayonidagi umumiy qonuniyatlar, ya`ni pedagogik vazifalarni hal etishning prinsiplari va usullarini ishlab chiqish, pedagogik jarayonlarni kuzatish, kuzatish natijalarini umumlashtirish, xulosa yasash, o`z faoliyati bilan taqqoslash va o`zi uchun zarur qoidalarning kelib chiqishiga zamin tayyorlaydi.
Amaliy fikr yuritish asosan biologiyani o`qitishning xususiy vazifalarini hal etishga qaratilgan. Ushbu fikr yuritish muayyan vaziyatlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish va muammoli vaziyatlardan chiqib ketish kabi ko`nikmalarni o`z ichiga oladi.
O`qituvchining pedagogik faoliyati va mahorati darajasini, amaliy pedagogik vazifalarni hal etish jarayonining ilmiy-nazariy jihatdan to`g`ri asoslanganligi bilan belgilash zarur.
O`qituvchi o`z pedagogik faoliyatini tahlil qilib, ilmiy-nazariy asoslab, o`ziga ma`lum pedagogik prinsiplarni va uni amalga oshirish qoidalarini ishlab chiqadi.
Pedagogning o`z faoliyatini tahlil qilish, umumlashtirish va pedagogik ta`sir ko`rsatishning mantiqiy ketma-ketligini ishlab chiqishi, uning pedagogik mahorat cho`qqisini egallaganligini ko`rsatadi.
Pedagogik vazifalarni hal etish, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, ya`ni o`qituvchilardan aqliy faoliyat usullari – tanqidiy-tahliliy, mantiqiy fikr yuritishni talab etadi.
Mazkur pedagogik faoliyat ta`lim-tarbiya jarayonini asosiy bo`g`inlarga ajratish va istiqboldagi vazifalarni loyihalash ko`nikmalariga asoslanadi.
O`qituvchining pedagogik nazariyalarni yaxshi o`zlashtirganligi, o`z kasb-doshlarining ish tajribalarini tinmay o`rganishi, o`z pedagogik faoliyati natijasini umumlashtirish va muntazam tahlil o`tkazish, ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga, ta`lim mazmuni xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali vosita, metod va shakllarini tanlashga imkon yaratadi.
O`qituvchisining modelining asosini o`qituvchi shaxsi tashkil etib, u barkamol shaxs sifatida davlat va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo`shadigan, yuksak huquqiy va umumiy madaniyatli, g`oyaviy-siyosiy jihatdan yetuk, ma`naviy-axloqiy yetuklikka ega, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarkib topgan, horijiy tillarni puxta o`zlashtirish orqali horijdagi hamkasblari bilan ijtimoiy hamkorlikka kirisha oladigan bo`lishi nazarda tutilmoqda.
Yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr sifatida kasbiy-pedagogik tayyorgarlik, ilmiy-ijodiy salohiyatli, ijodiy va ijtimoiy faol, huquqiy-me`yoriy va kompyuter savodxonligiga ega kadr nazarda tutilgan.
Yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr sifatida kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajasi pedagogning ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik tayyorgarligi darajasiga bevosita va bilvosita bog`liq.
O`qituvchilarining ilmiy-ijodiy salohiyatli bo`lishi natijasida ilmiy-pedagogik ijod metodologiyasini chuqur o`zlashtirgan, fundamental va o`qitish metodikasi fanlarining dolzarb muammolari yuzasidan tadqiqot o`tkazish tajribasiga ega bo`lishi, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, innovatsion loyihalarda faol qatnashishi e`tiborga olingan.
Shuni qayd etish lozimki, tadqiqot davomida shakllantirilgan mazkur professiogramma oliy o`quv yurtida pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda, pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarligi va layoqatini nazorat qilish va baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Nazorat uchun savollarlar:
1.Pedagogik faoliyat. Informatika o`qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo`yiladigan asosiy talablar haqida ma`lumot bering.
2.Inovatsion pedagogik faoliyatning turli tasniflari haqida ma`lumot bering.
3.Texnologiyalarni loyihalashtirishga hissa qo`shgan olimlar haqida ma`lumot bering.
4.Ta`lim jarayonida inovatsiyalar yaqida ma`lumot bering.
5.Mavzuga oid prezentasiyalar hosil qiling.
6.Ta`lim jarayonini tasnifi, samaradorlik me`zonlari haqida ma`lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |