19. Sotsiolingvistik tahlil metodologiyasi
Sotsiolingvistika (lot societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etn. fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiynazariy soha. Ushbu muammolarning ayrimlari (mas, "til va jamiyat") umumiy tilshunoslik doirasida ham oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlararo maqomi u foydalanadigan tushunchalar majmuida namoyon boʻladi. Chunonchi, sotsiolingvistik taxlilning asosiy tushunchasi deb karaladigan til jamoasi ham ijtimoiy, ham lisoniy belgilar asosida aniklanadi.
Sotsiolingvistikaning eng muhim tushunchalaridan biri lisoniy vaziyat tushunchasi boʻlib, u muayyan etnik birliklar yoki maʼmuriyhududiy birlashmalarda muomalaaloka izchilligini taʼminlaydigan tilning (tillar, mintaqaviy umumiy tillar, hududiy va ijtimoiy lahjalarning) yashash shakllari majmui sifatida taʼriflanadi. Lisoniy vaziyatning ekzogloss (turli tillar majmulari) va endogloss (muayyan bir tildagi kichik tizimlar majmulari) guruhlari farqlanadi.
Hozirgi Sotsiolingvistika eʼtibor qaratishi zarur boʻlgan eng muhim muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin: til va millatning oʻzaro taʼsirlashuvi; til va madaniyatning aloqasi va oʻzaro taʼsirlashuvi; bilingvizm (ikki tillilik) va diglossiya (bir tilning bir - biriga ijtimoiy qarshi qoʻyilgan turli xil kichik tizimlarining oʻzaro taʼsiri)ning ijtimoiy jihatlari muammosi; til siyosati muammosi (davlat, ijtimoiy guruhlar tomonidan tillarning yoki til tizimchalarining funksional taqsimlanishini oʻzgartirish yoki saklab qolish maqsadida, yangi lisoniy meʼyorlarni joriy qilish yoki eskilarini saqlab qolish maqsadida amalga oshiradigan choratadbirlar majmui) va boshqalar.
Oʻzbekistonda fan sifatida S. va sotsiolingvistik tadqikrtlar endigina rivojlanib kelmoqsa. Oʻtgan asrning 70— 80y.laridagi ayrim sotsiolingvistik izlanishlar bir tomonlama — oʻsha vaqtdagi til siyosati nuqtai nazari va talablari asosida olib borilgan.
Badiiy matnning lisoniy tahlili fanining metodologiyasi dialektik tafakkur qonuniyatlariga asoslanadi. Metodologiya so’zi yunon tilidan olingan bo’lib, metodos– yo’l, usul va logos–ta’limot demakdir. Boshqacha qilib aytganda, insonning nazariy va amaliy faoliyatini to’g’ri uyushtirish, tashkil etish haqidagi ta’limotdir. Dialektik tafakkur narsa va hodisalarning mohiyati ularning bir-biri bilan aloqadorligi va rivojlanishi falsafiy qonunlar, tushunchalar (kategoriyalar) tizimi yordamida ochib beradi. Dialektikaning qonun va tushunchalari voqelikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqasini aks ettirib, insonda narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borish va ongli tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Lekin mazkur qonuniyatlar muayyan badiiy asarga tatbiq qilinganida uning xususiy tomonlarini hisobga olish zarur.
20. Komponent tahlilning tamoyillari va usullari
Tilning strukturasi esa shu boғlanish va munosabatlarning qay tarzda ekanligini ifodalaydi. Ba`zan sistema va struktura tushunchalari farqlanmaydi. Aslida til sistemasi boshqa fanlar sistemasi kabi o‘z strakturasiga ega. Ko‘pincha "struktura" tushunchasini "tarkib" sifatida qaraladi. Lekin aslida tarkib tildagi bosqichlar, hodisa va jarayonlar tarkibi bilan chegaralanib qoladi. Struktura tushunchasi tarkibni ham qam-rab oladi va fonemalar, morfemalar, gap tarkibi kabilarni o‘z ichiga olib, ularning o‘rtasidagi boғlanishlarni va shu jumladan til bosqichlarining (sathlari) o‘zaro munosabatlari qanday tarzda tuzilganini izohlaydi. Sistema va struktura tushunchalari bir mavzuga - tilga qaratilgani birisiz ikkinchisi bo‘lmasligini ko‘rsatadi. SHu sababli til - sistemaviy – strukturaviy tuzilma sifatida qaraladi. Tilning har bir bosqichi (fonologiya, mor-fologiya, sintaksis, leksika, stilistika) ham o‘z sistemasiga, to‘ғriroғi "kichik sistema"siga ega.
Komponent tahlili metodi ko‘proq semantikada so‘zlarning ma`nolarini chuqurroq o‘rganishda qo‘llanadi. Bunda so‘zlarning ma`nolari ularning farqlanuvchi semantik belgilari - semalar yordamida tahlil qilinadi. Masalan, chelak va butilka so‘zlarining senia tarkibini tahlil qilsak, chelak - aylana shaklda, qo‘l ushlagichi bor, oyoғi yo‘q, qopqoғi bor yoki yo‘q, bo‘yni yo‘q idish bo‘lsa, butilka - oynadan qilingan, suyuqlik solinuvchi, chuqur, qo‘l ushlagichi va oyoғi yo‘q idish hisoblanadi. Komponent tahlil asosida tildagi so‘z turkumlarining va hatto gap tarkibida ishtirok etgan bo‘laklarning semantik belgilari aniqlanishi mumkin.
Maydon metodi. Bu metodni leksik-semantik maydon yoki grammatik-leksik maydon [Guliga E.V., SHendel’s E.N. Grammatiko-leksicheskie polya v nemetskom yazike. M., 1968, - s. 5-17] va ba`zan maydon nazariyasi [Our G.S. Teorii polya v lingvistike. M., 1974], deb yuritishadi. Albatta, uning qo‘llanishiga ko‘ra nomini atash mumkin. Jumladan, so‘zning barcha ma`nolarini aniqlashda semantik maydon metodi qo‘llanadi. Grammatikada turli so‘z turkumlarining ma`nolari o‘rganilsa, ularni grammatik-leksik maydon metodi yordamida o‘rganiladi. Bunda eng ko‘p qo‘llanuvchi leksik-grammatik birlikning ma`nosi uning, yadrosi, kam qo‘llanuvchilari pereferiyasi deb nomlanadi.
Tilshunoslikda hali noma`lum bo‘lgan tillarni ilmiy o‘rganishda qo‘llanuvchi "maydon tilshunosligiq"ni maydon metodi bilan aralashtirmaslik kerak. Maydon tilshunosligi o‘rganilayotgan til ona tili bo‘lgan shaxsni (uni odatda "informant" deyiladi) turli anketa va testlar yordamida savollarga javob olish yo‘li bilan material to‘playdi, fonetik transkriptsiya qo‘llaydi, tildagi asosiy fonologik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarni to‘plab tahlil qiladi, ba`zi taxminiy fikrlarini keltiradi va zarur bo‘lsa tarjimadan foydalanadi. Maydon tilshunosligida qo‘llanuvchi tamoyil va vositalar tillarni qadimiy o‘rganish yo‘llarini eslatadi. Bu usullar qalam va qoғoz yordamida tilni biluvchi shaxslarning talaffuziga quloq solib, ulardagi xususiyatlarni aniqlashni yodga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |