15. Omonimlarning leksik-semantik xususiyatlari.
Tildagi barcha so‘zlarning yig’indisiga, so‘z jamg’armasiga vokabulyar deyiladi. Har bir tilning vokabulyaridan munosib o‘rin tutgan so‘zlar doimiy ravishda birbirlari bilan paradigmatik (o‘xshashlik) va sintagmatik (qo‘shnichilik) munosabatlarda bo‘lib turadi. SHunga ko‘ra ularni bir necha guruhga bo‘lib yuborish mumkin.
So‘zlar aytilishi, yozilishi va ma’nosi jihatidan turlicha guruhlarga birlashishi qonuniy sanaladi. SHulardan biri omonimiya (shakldoshlik) hodisasidir.
Aytilishi va yozilishi jihatidan bir xil, ammo ma’nosiga ko‘ra bir biridan keskin farqlanib turadigan so‘zlarga omonimlar deyiladi. Bu so‘z grekcha homos—bir xil, onuma—nom so‘zlaridan olingan. So‘zlardagi shakldoshlik hodisasiga omonimiya deyiladi. Omonimlarda tubandagi ikki jihat uni boshqa shakldoshlik hodisalaridan keskin farqlab turadi. 1.Akustik artikulyatsion tomondan omonim so‘zlar bir xil xossaga ega bo‘ladi, ya’ni o‘xshash talaffuz qilinadi va eshitiladi. Masalan: qirq (son) - qirq (harakat), uch (coat)—uch (harakat), ot (nom) —ot (hayvon) —ot (uloqtir) kabi. 2. Grafik jihatdan ham ular bir xil tizimga ega kul (ot) —kul (harakat), yon (tomon)—yon (yonmoq) fe’lining buyruqistak mayli) va hokazo. Bunday omonimlarga haqiqiy yoki to‘liq omonimlar deyiladi.
Lug’aviy omonimiya lug’aviy birliklarning ifoda planida o‘zaro birbiriga teng kelishi sanaladi. Ifoda plani teng leksemalar esa omoleksemalar atamasi bilan yuritiladi: o‘t (olov)—o‘t (maysa), tut (daraxt) —tut (ushla), quloq (organizm)—quloq (mushtumzo‘r) kabi. SHuningdek, grammatik omonimlar ham farqlanadi. Masalan chi (so‘z yasovchi qo‘shimcha), chi (yuklama), ma (ot yasovchi qo‘shimcha), ma (shakl yasovchi qo‘shimcha).
Leksik omonimiya hodisasini keltirib chiqaruvchi sabablar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
1. Ko‘p ma’noli so‘zning ayrim ma’nolari o‘rtasidagi aloqadorlik yo‘qolib, ular shakldosh so‘zlarga aylanib qolishi mumkin. Masalan: dam, tepki, suzmoq kabi.
2. Boshqa tillardan kirgan so‘zlar o‘zbek tilidagi so‘zga o‘xshash bo‘lib qolishi kuzatiladi. Masalan: bog’ (o‘zbekcha: tugilgan narsa, to‘plash)—bog’ (tojikcha: mevali daraxtlar o‘sgan joy), chor (tojikcha -o‘zbekcha: to‘rt) — chor (tsar) Rossiyasi kabi.
3. Substantivatsiya (otlashish), ad’ektivatsiya (sifatlashish) va adverbializatsiya (ravishlashish) hodisalari, ya’ni konversiya yordamida ham omonimlar hosil qilinadi.
Chaqmoq, quymoq, yigirma, qirq; shayton, tulki, qo‘y, erta, kech kabi.
Bulardan tashqari tarixan yasalgan optiq, opqa, qypt kabi leksemalarda ham omonimlik hodisasi kuzatiladi.
Sistem tilshunoslik nazaridan esa sintagmatik (qo‘shnichilik) va paradigmatik (o‘xshashlik) asosida yon, ot, uch, qirq, yuz so‘zlari tahlil qilinganda, ularning shakliy va ma’noviy xususiyatlari to‘liq namoyon bo‘ladi. Bu esa mazkur til birliklarini alohida nom bilan atash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |