1. Seleksiya fani haqida tushuncha. Seleksiyaning tarmoqlari



Download 47,32 Kb.
bet3/3
Sana16.03.2022
Hajmi47,32 Kb.
#494476
1   2   3
Bog'liq
1-Maruza

3. Seleksiya bosqichlari. O‘simliklar seleksiyasi dehqonchilik bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. Ekinlarni etishtirish sharoitlarini yaxshilash ishlari foydasi ko‘p navlarni yaratish bilan birga davom etib borgan. Barcha madaniy o‘simliklar evolyusion jarayon mahsulidir. Seleksiya rivojlanishining tarixida to‘rt bosqichni ajratish mumkin; oddiy seleksiya, xalk seleksiyasi, sanoat seleksiyasi va ilmiy seleksiya.
Oddiy seleksiya -Inson o‘simliklarni ekib , etishtirishga kirishgach, eng yaxshi xillarini sun’iy ravishda tanlab olib, saqlaydigan va ko‘paytiradigan bo‘ldi. SHu tariqa oddiy seleksiya yuzaga keldi.Uning necha ming yillarni o‘z ichiga oladigan tarixi bor. Qadimgi zamon seleksionerlari mevali ekinlar, sabzavot poliz ekinlarining ajoyib navlarini yaratishgan. Xitoy, Qadimgi YUnoniston va Rum olimlarining miloddan 200 yil ilgari asarlarida seleksiya ishlari qay tariqa olib borish kerakligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berilgan. Miloddan bir necha asr ilgari Misrda hurmo palmasini sun’iy yo‘l bilan urug‘lantirish usuli qo‘llangan. Sabzavot ekinlaridan sun’iy tanlash o‘tkazishning shart-sharoitlari to‘g‘risida miloddan avvalgi III asrda yashagan Katon ma’lumotlari bor.
Xalk seleksiyasi – Dehqonchilik rivojlanib, insoniyat madaniyatining o‘sishi bilan ekiladigan turli xil o‘simliklar to‘g‘risidagi tushunchalar ham kengayib, sun’iy tanlash usul-amallari takomillashib bordi. Olinadigan mahsulotning miqdori va sifatiga qarab muntazam ravishda tanlash ishlarini olib borish sabzavot-poliz va boshqa ekinlarning talaygina jaydari, ya’ni mahalliy navlari yaratilishiga olib keldi. Xalk seleksiyasi ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Mamlakatimizda poliz ekinlari, ayniqsa qovunning ko‘pgina yaxshi navlari, turli sabzavotlarning talaygina navlari ham yaratilgan. Ko‘pgina navlar u yoki bu joydan o‘zoq vaqt davomida shakllanib kelgan va o‘zining qadimgi madaniyat o‘choqlari nomlarini olib, hozirgi kungacha saqlanib qolgan.
Ko‘pchilik jaydari navlar sun’iy tanlash bilan tabiiy tanlashning birgalikda ta’sir ettirish yo‘li bilan yaratilgan, shu sababli ularning talayginasi tashqi muhitning noqulay sharoitlariga yaxshi moslashgan. Ularning ko‘pchiligi yaxshilovchi tanlash orqali o‘tib, seleksiya kitobida qayd etilgan raqamlarni olgan va ayrim viloyatlar yoki umuman respublika bo‘yicha rayonlashtirilgan.
Sanoat seleksiyasi- Kapitalizm jadallik bilan rivojlanib seleksiya amallariga ham ta’sir o‘tkazib borgan davrda – XVIII asrning boshlarida seleksiya firmalari va yirik seleksiya-urug‘chilik korxonalari paydo bo‘ldi.
1774 yili Parij yaqinida asos solingan «Vilmoren» seleksiya firmasi seleksiyaning dastlabki rivojlanishi uchun ko‘p ishlarni amalga oshirdi va tanlab olinadigan o‘simliklarni birinchi bo‘lib, ularni nasliga qarab baholaydigan bo‘ldi. XVIII asrning 2 yarmida Rossiya Fanlar Akademiyasining a’zosi I.G.Kelreyter duragaylash yuzasida bir qancha tajribalarni o‘tkazib o‘simliklar belgilarini shakllanishi va avlodlarga o‘tkazilishida ota-ona o‘simliklarini ikkalasi ishtirok etishini isbotlab berdi. XIX asrni boshlarida Germaniyada F.K.Axard va Fransiyada “Vilmoren” tarkibida avvalgilardagiga qaraganda 3 barobar ko‘p qand bo‘ladigan qand lavlagi navini yaratdilar. O‘simliklar sistematikasi botanika va mikroskopiya texnikasida qo‘lga kiritgan yutuqlar shuningdek, o‘simliklarda jinsiy yo‘l bilan urug‘lar kelib chiqishi jarayoni, sun’iy yo‘l bilan chatishtirish va yalpi duragaylash usullarini o‘rganilishi seleksiyani rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Ilmiy seleksiya – Bunga XIX asrning 2 yarmida asos solingan. Ilmiy seleksiyaning rivojlanishida CH.Darvin (1809-1882) ta’limoti hal qiluvchi rolni o‘ynadi. U o‘zining «Turlarni tabiiy tanlanish yo‘li bilan kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashda ustun keladigan zotlarni saqlab qolish» (1859) va «Uy hayvonlari va madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi» (1868) degan asarlarida o‘simlik navlarini yaratish va hayvonlar zotlarini yaxshilash yuzasidan o‘tmishdagi chorvadorlar va o‘simlikshunoslarni olib borgan ishlarini umumlashtirib berdi. CH.Darvin tanlashni maqsadga muvofiqligini asoslab yangi formalar qay tariqa yaratilishini tushuntirib berdi. Uning organik dunyo evolyusiyasi tug‘risida oldinga surilgan ta’limoti seleksiyaga ilmiy asos berdi va uning poydevori bo‘lib qoldi.
Irsiyatning mohiyatini tushunib etishga Tregor Mendel (1822-1884) katta hissa qo‘shdi. U «O‘simlik durug‘aylari ustidagi tajribalar» degan asarida (1866) o‘zini no‘xotni juda sinchiklab changlantirish tajribalariga asoslanib, irsiyat qonunlariga ta’rif berdi, belgilarni ajralish hodisasi va buning miqdoriy qonuniyatlarini aniqladi, turli belgilarni ahamiyati bir xil emasligini isbotlab berdi, retsessiv va dominant belgilar to‘g‘risidagi tushunchalarni kiritdi. 1900 yili G.De Friz (Golllandiya), K.Korrene (Fransiya) va E.CHermak (Avstriya) lari Mendel tomonidan kashf etilgan qonunlar to‘g‘ri ekanligini bir birlaridan mustaqil holda isbotlab berdilar.
Irsiyat va o‘zgaruvchanlik nazariyasini ishlab chiqish uchun K.A. Timiryazev (1843-1920) ham ko‘p ishlarni amalga oshirdi, u irsiyat shakllariga birinchi tasnif berdi va geterozisdan foydalanish mumkinligini aniqladi.
Seleksiya nazariyasi va amaliyoti uchun I.V.Michurin (1855-1935) ishlarini katta ahamiyati bor. U o‘ziga hos bo‘lgan yangi metodlarni muvaffaqiyat bilan qo‘llashdan tashqari , inson kerakli belgi va hossalarga ega bo‘lgan yangi forma va navlarni ongli ravishda boshqara oladi degan qoidani birinchi bo‘lib oldinga surdi.
Atoqli Amerika seleksioneri L.Verbenk (1849-1926) ning seleksiya sohasidagi faoliyatining boshlanishi ham shu davrga tug‘ri keladi. Verbenk ishlarining asosiy metodi o‘simliklarni zo‘r sinchkovlik bilan chatishtirish va juda qattiqqo‘llik bilan nihoyatda katta e’tibor berib, tanlashdan iborat bo‘ldi. U turli tuman qishloq ho‘jalik ekinlarini ajoyib navlarini etishtirib chiqardi.
Seleksiyaning fan sifatida qaror topib borishida N.I.Vavilov (1887-1943) ning faoliyati muhim rolni o‘ynadi, u seleksiyaning zamonaviy ilmiy asoslarini, dastlabki material tug‘risidagi va ekiladigan o‘simliklar ekologiyasini jahonda kelib chiqqan hamda ularning geografik tarqalishi to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi.
Seleksiyaning ayrim tomonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar XVIII asrdagi bir qancha olimlarning asarlarida uchrasa ham, seleksiya, hozirgi asrning boshlarida, seleksiya muassasalari tashkil etilganidan keyin fan sifatida shakllandi.
Nazrorat savollari
1.Seleksiya qanday fan ?
2. Seleksiya fanining vazifalari nimalardan iborat ?
3.Navshunoslik nima ?
4. Urug‘shunoslik va urug‘chilik o‘rtasida qanday farq bor ?



Download 47,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish